Ergasheva Gulnozning "Gulning tuzilishi"


Ekranda mavzuga oid tushunchalar yoziladi



Yüklə 255,5 Kb.
səhifə4/5
tarix23.05.2022
ölçüsü255,5 Kb.
#116119
1   2   3   4   5
gulning tuzilishi

Ekranda mavzuga oid tushunchalar yoziladi:
GULKOSA-
GULTOJ-
CHANGCHI-
URUG’CHI-
GUL DIAGRAMMASI-
TUMSHUQCHA-
O’quvchilar yuqoridagi tushunchalarga ta’rif beradi. Javoblari eshitilgandan keyin to’g’ri javob ekranda namoyon bo’ladi va javoblar o’quvchilar ko’z o’ngida tekshiriladi.To’g’ri ta’rif bergan o’quvchilarga gul kartichkalari berib boriladi.
Mavzuni yanada mustahkamlash uchun sinf o’quvchilariga gulning qismlari yozilgan barglar tarqatiladi va yozuv taxtasiga yopishtirilgan “Gulqo’rg’on”, “Urug’chi”, “Changchi” so’zlariga tegishli qismlarni joylashtirish orqali gul hosil qilishadi.


Hosil qilingan gul qismlarini tekshirilib, o’quvchilar rag’batlantiriladi.
O’quvchilar uchun ekranda mavzu yuzasidan test savollari taqdim etiladi.
1.Gulqo’rg’on qanday qismlardan iborat?
a)changchi, urug’chi c)gulband, gulo’rni
b)gulkosa, gultoj d)changchi ipi, changdon
2.Urug’chining meva hosil bo’ladigan qismi bu …
a) tuguncha b)ustuncha s)tumshuqcha d)changchi
3.Gulqo’rg’oni qo’shilgan gullarni toping
a)olma, nok
b)lola boychechak
s)olcha , o’sma
d)qo’ypechak, karnaygul .
4.Juftlab yozing:
1.Lola 2.Olma 3.Chuchmoma
4.Nok 5.G’o’za 6.Gulsafsar .
I.Oddiy gulqo’rg’on.
II.Murakkab gulqo’rg’on .
5. Rasmda qaysi gul qismi tasvirlangan


a) urug’chi b)changchi s)gultoj d)gulkosa
O’quvchilar daftarlariga belgilab bo’lgach, javoblar ekranda namoyish etiladi va tekshiriladi.
Test savollariga noto’g’ri javob bergan o’quvchi bilan bilimidagi bo’shliqni to’ldirish uchun unga tabiiy gul beriladi va uning qismlarini sanab berishi so’raladi.Javoblarini o’rtoqlari yordamida to’ldiriladi.
V. O’quvchilarni baholash.
O’quvchilarni dars davomida olgan gul kartichkalari sanaladi. Yuqori natija ko’rsatgan 3 nafar o’quvchini darsning “ENG BILIMDON”, “ENG FAOL”, “ENG ZUKKO” naminatsiyasi yozilgan ko’krak nishoni bilan rag’batlantiriladi.Sinfdagi boshqa o’quvchilar ham shu naminatsiyaga erishish uchun keyingi darslarda yanada faolroq bo’lishga harakat qiladilar.

Yüklə 255,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin