240
Multimedia - texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish,
tashkil
tatbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-, vizual va virtual
kommunikasiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil etish
tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari.
Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega
bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori.
Firma belgilagan narx qabul
qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi, marketing-
miksning samarali vositasi.
Narx hosil bo‘lishi usullari - mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda
qo‘llanuvchi usullar.
Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va
raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx siyosati - narxni va narx hosil bo‘lishini boshqarish tadbir va strategiyalari,
tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor kon’yunkturasiga mos
keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash
san’ati.
Dostları ilə paylaş: