31
mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish bozor munosabatlarini
shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan tashqari
marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendensiya – e’tiborni tovar ishlab
chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi.
Birinchi davr -
«ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi» -
«mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab
chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori -
«imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz». Bu
konsepsiya sotuvchilarni xarakatga keltiradigan eng eski nazariyalardan biridir.
Bazi holatlarda ishlab chiqarish konsepsiyasi hali ham foydalidir. Masalan,
personal kompyuter ishlab chiqaruvchi “Lenovo” va uy jihozlarini yetkazib beruvchi
“Haier” arzon ishchi kuchi, yuqori ishlab chiqarish samaradorligi va massiv taqsimoti
orqali yuqori raqobatbardosh, narxga ta`sirchan Xitoy bozorida hukmronlik qiladi.
Biroq, bazi holatlarda foydali bo`lsa ham, ishlab chiqarish konsepsiyasi marketing
xatosiga olib keladi. Bu yondoshuvni qabul qiladigan kompaniyalar mijozlar ehtiyojini
qondirish va mijoz munosabatlarini qurish masalasiga e`tibor berishmaydi.
Dostları ilə paylaş: