4.1-rasm. Iste’molchi xulqiga ta’sir etuvchi omillar Inson hohishi va xulqiga ta’sir etuvchi bosh omil bu millatdir. Inson xulq- atvori
keng miqyosda o’rganilgan. Jamiyatda o’sgan bola, eng oddiy qadr-qiymatlarini,
hohish, xulq-atvorlarini, oilasi va ijtimoiy institulatlardan o’rganadi. Qo’shma
Shtatlarda katta bo’lgan bola atrof-muhitdan: yutuq va muvaffaqiyat, shaxsiyat,
ozodlik, mehnatkashlik, samaradorlik kabi tushunchalarni odatiy holda anglaydi. Har
bir jamiyat xarid xulqiga ta’sir etuvchi, o’lkadan-o’lkaga, mamlakatdan-mamlakatga
farqlanuvhi millatga ega.
Marketologlar doimo milliy o’zgarishlarni ilg’ashga intilishadi, jumladan xalqlar
orasida sog’liqni asrash, sog’lom turmush tarziga e’tibor kuchaygani sababli, jismoniy
mashq jixozlari, kiyimlari, organik ovqatlarni ishlab chiqarish ancha kuchaydi.
Har bir millat o’z ichiga dini, irqi, an’analari bilan farq qiluvchi guruhlar yoki
boshqacha qilib aytganda submillatlardan tashkil topadi. Ko’pgina submillatlar
bozorning ajralmas qismiga aylangan bo’lib, marketologlar o’z mahsulotlarini va
marketing siyosatlarini aynan shu guruhlarga moslashtiradi. Shunday submillatlarga
umumiy amerikan millatini tashkil etuvchi, Ispan-Amerikan, Afro-Amerikan, Osiyo-
Amerikan guruhlarini kiritishimiz mumkin.
Ispan-Amerikan iste’molchilar. Bu guruh katta hamda tez rivojlanayotgan
bozorni tashkil etadi. Mamlakatdagi 50 milliondan ko’p bo’lgan aholini o’z ichiga
Milliy Millat
Submillat
Ijtimoiy
tabaqa
Ijtimoiy Guruhlar va
ijtimoiy
tarmoqlar
Oila
O’rni va holati
Shaxsiy Yoshi va
yashash davri
Kasbi
Iqtisodiy holati
Yashash tarzi
Shaxsiyati va
o’z-o’zini
baholash
Ruhiy Motivatsiya
Maqsad
O’qish
Ishonch va
munosabat