Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   146
marketing

Afro-Amerikan iste’molchilar. Ushbu guruh vakillari 2013 yilda 40 millionni 
tashkil etgan bo’lib, umumiy 1.2 trillion AQSh dollariga teg xarid quvvatiga ega. 


72 
Boshqa millat vakillariga nisbatan narxga ko’proq e’tibor qaratishsada, ular uchun 
mahsulot sifati va brendi ham muhim hisoblanadi.
Ohirgi yillarda mamlakatdagi ko’p korxonalar o’z mahsulotlarini, marketing 
siyosatlarini oldingiga qaraganda ko’proq Afro-Amerikan guruh vakillariga 
e’tiborlarini qaratishoqda. Misol uchun, Procter & Gamble Afro-Amerikan millat 
vakillari uchun mo’ljallangan rek-lama ishlab chiqarishda uzoq tajribaga ega. P&G 
shuningdek, aynan qora tanli iste’molchilar uchun maxsulot taklif qiladi, “Mening 
rangim chiroyli” harakatiga katta ko’mak ko’rsatadi.
P&G ostida aynan qora tanlilar tomonidan tashkil etilgan “Mening rangim 
chiroyli” hara-kati, qora tanli ayollar o’ziga bo’lgan ishonchini orttirishga 
ko’maklashuvchi harakat hisoblanadi. P&G ning aniqlashicha, qora tanli ayollar 
boshqalarga nisbatan uch marta ko’proq pardoz-andoz uchun xarid qilishsada, baribir 
o’zlarini boshqalardan hunik deb bilishadi. Pantene, Crest, Cover Girl Queen 
Collection, Olay Definity kabi kompaniyalar tomonidan qo’llab quvvatlangan ushbu 
harakat, qora tanli ayollarning o’ziga bo’lgan ishonchini orttirishni o’ziga asosiy 
maqsad qilib olishgan.
Osiyo-Amerikan iste’molchilar.  16 millionni tashkil etuvchi, 2015 yilga kelib, 
yillik xarid quvvati 775 milliard dollarga yetgan guruh vakillari hisoblanadi. 
Osiyoliklar eng shiddatli rivojlanish bo’yicha Ispan-Amerikanlardan keyingi o’rinda 
turgan bozor segmenti hisoblanishadi. Shuningdek, ular Ispan-Amerikanlarga o’xshab 
turli guruhlardan tashkil topgan. Xitoyliklar eng katta qismni tashkil etsada, ulardan 
keyin Filippinlar, Hindlar, Vietnamlar, Koreyaliklar va Yaponlar guruxituradi. 
Faqatgina turli xilshevada gapiruvchi Ispanlardan farqli o’laroq, bu guruh vakillari tili 
bir birinikidan keskin farq qiladi.
Osiyolik iste’molchilar ko’p xarid qilishadi va boshqa millat vakillaridan farqli 
o’laroq, bitta brendga va bitta mahsulotga juda sodiq bo’lishadi. Shu sababdan, ko’p 
korxonalar shu guruh vakillariga o’z e’tiborlarini qaratmoqdalar. Misol uchun, Subaru 
kompaniyasining asosiy xaridorlari Osiyoliklar, aniqroq qilib aytganda Amerika 
Xitoyliklari bo’lganliklari sababli, korxona aynan shu guruhga bor e’tiborini qaratgan.


73 
Deyarli barcha millat ijtimoiy tabaqalardan tashkil topgan. Ijtimoiy tabaqa 
faqatgina daromad orqali shakllanmay, balki kasbi, ta’lim darajasi, boyligi kabi omillar 
jamlanmasidir. Ayrim jamiyatlarda, insonlar o’z tabaqasiga qat’iy biriktirilgan bo’lib, 
o’z tabaqasini o’zgartira olmaydi. Zero AQShda tabaqa qat’iy biriktirilmagan bo’lib, 
insonlar ijtimoiy tabaqada yuqorilashi, yoki tushib ketishi mumkin. Olimlar 7 ta AQSh 
ijtimoiy tabaqasini aniqlashgan. 
Marketologlarning ijtimoiy tabaqaga bo’lgan qiziqishining sababi shundaki, bir 
ijtimoiy tabaqada bo’lgan insonlar umumiy va o’xshash ehtiyojlarga ega. Jumladan, 
turli ijtimoiy tabaqa vakillari kiyim-kechak, uy jihozlari, sayohat, moliyaviy xizmatlar 
va avtomobil kabi mahsulot va xizmatlarning turlari, brendlariga bo’lgan qarashlari 
farq qiladi. 
Deyarli barcha millat ijtimoiy tabaqalardan tashkil topgan. Ijtimoiy tabaqa 
faqatgina daromadi orqali shakllanmay, balki kasbi, ta’lim darajasi, boyligi kabi 
omillar jamlanmasidir. Ayrim jamiyatlarda, insonlar o’z tabaqasiga qat’iy biriktirilgan 
bo’lib, o’z tabaqasini o’zgartira olmaydi. Zero AQShda tabaqa qat’iy biriktirilmagan 
bo’lib, insonlar ijtimoiy tabaqada yuqorilashi, yoki tushib ketishi mumkin. Olimlar 7 
ta AQSh ijtimoiy tabaqasini aniqlashgan. 
Marketologlarning ijtimoiy tabaqaga bo’lgan qiziqishlarining sababi shundaki, bir 
ijtimoiy tabaqada bo’lgan insonlar umumiy va o’xshash ehtiyojlarga ega. Jumladan, 
turli ijtimoiy tabaqa vakillari kiyim-kechak, uy jihozlari, sayohat, moliyaviy xizmatlar 
va avtomobil kabi mahsulot va xizmatlarning turlari, brendlariga bo’lgan qarashlari 
bilan farq qiladi.
Iste’molchi xulqiga guruhlar, ijtimoiy tarmoqlar, oila, ijtimoiy o’rin, martaba 
kabi omillar ham ta’sir o’tkazadi. 
Inson xulqiga ko’pgina kichik guruhlar ta’sir etadi. O’ziga tegishli bo’lgan inson 
qaroriga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir o’tkazuvchi guruhlar a’zolik guruhlari deb ataladi.
Bundan farqli o’laroq, iqtibos guruhlari inson munosabati va xulqiga to’g’ridan-to’g’ri 
yoki boshqa yo’llar orqali ta’sir o’tkazuvchi guruhlar hisoblanadi. Hohish guruhlari 
o’ziga a’zo bo’lmagan insonlar istagi, xulqi va hohishiga ta’sir o’tkazuvchi guruh 
hisoblanadi. Hohish guruhiga misol qilib, insonlar istagi, hohishi tegishli bo’lgan 


74 
guruh, yosh basketbol ishqibozi, basketbol yulduzi Lebron Jamesdek bo’lishga va 
Milliy basketbol assotsiatsiyasida o’ynashni orzu qiladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin