107
6-BOB. TOVAR VA XIZMATLAR: ISTE’MOL QIYMATINI OSHIRISH
6.1. Tovar nima? Tovarlar, xizmatlar va ularning tasnifi
Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish,
sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Bular fizik ob’ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi
mumkin.
Xizmat –
bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish
usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir.
Tovarlar, Xizmatlar va Tajribalar.
Tovarlar bozorga kiritilgan umumiy
taklifning asosiy elementi hisoblanadi. Marketingni (mix)
rejalashtirish xaridorlar
uchun qiymatga ega bo’lgan taklif yaratishdan boshlanadi. Bu taklif kompaniya uchun
foydali xaridor munosabatlarini qurish uchun asos bo’ladi.
Kompaniyaning bozorga chiqargan taklifi odatda moddiy tovar va xizmatdan
tahskil topadi. Ba’zi holatlarda, taklif sof moddiy tovardan tashkil topishi mumkin va
bunda xech qanday xizmatlar taklif qilinmaydi. Boshqa holatlarda esa, sof xizmatlar
bo’lishi mumkin va bunda faqatgina xizmatlar taklif qilinadi. Bunga moliyaviy
xizmatlar yoki shifokor ko’riki kiritsh mumkin. Shu ikki holatning o’rtasida, ko’pgina
tovar-xizmat aralashmalari( kombinatsiyalari) bo’lishi mumkin.
Bugungi kunda, tovarlar va xizmatlar o’xshash bo’lib
borgani sari, ko’pgina
kompaniyalar xaridorlar orasida qiymatga ega bo’lishning yangicha yo’llarini topib
bormoqdalar. O’z takliflarini ajratib turishi uchun, shunchaki tovar ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish bilan cheklanib qolmay, ular mijozlar uchun alohida taasurot yaratish
va boshqarishga urinmoqdalar.
Taasurot kompaniyalar uchun doim marketiningning muhim qismi bo’lib kelgan.
“Disney” yillar davomida o’z filmlari va parklari orqali orzular va xotiralar yaratib
kelgan. “Nike” esa uzoq vaqtdan buyon ‘Oyoq kiyimning o’zi emas u sizni qayerga
olib borishi muhimroqdir’ shiori ostida ish olib boradi. Bugungi kunda esa, ko’pchilik
kompaniyalr o’zlarining tovarlarini va xizmatlarini
yangi taassurotlar yaratish
maqsadida o’zgartirib bormoqdalar. ●Masalan, “Starbucks”ning xizmatlari shunchaki
108
qahvadan anchagina qiymatliroqdir:
30 yil burun, Howar Schultsga Amerikaga Yevropa uslubidagi qahvaxona olib
kelish fikri keldi. Uning fikricha, shaxslar biroz to’xtab,‘qahvaning hididan bahra olib’
hayotdan zavqlanishlari kerak edi. Natijada, “Starbucks” dunyoga keldi. Bu qahvaxona
shunchaki
qahva emas, mijozlarning hayotini boyituvchi “Starbucks” taassurotini
taklif qiladi. Qahva hidi, bug’ning tovushi va qulay o’rindiqlarning barchasi Starbucks
muhitin yaratishga hissa qo’shadi. “Starbucks” mijozlarga ‘uchinchi manzil’ – uydan
ham, ishdan ham ham uzoq va suxbat va jamoa hissi uchun imkoniyat beradigan joyni
– taklif qiladi. Natijada, oddiy qahvani 4 dollarlik shoxona
tovarga aylantirdi va
kompaniyaning foydasi qahvadan chiqayotgan bug’ kabi ko’tarilib kelmoqda.
Taasurotlarni bozorga taklif qiluvchi kompaniyalar mijozlar shunchaki tovar yoki
xizmatni sotib olmayotganliklarini yaxshi tushunadilar. Ular bu takliflar ularga
beradigan taassurotni sotib olmoqdalar. “BMW” reklamasi buni shunday tushuntiradi:
‘Biz uzoq vaqt avval shaxslar maxulotdan oladigan xissiyot tovarning o’zidek
muhimdir.’
Tovar loyihachilari tovar va xizmat haqida uch darajada fikrlashlari kerak.(6.1-
rasm). Har bir daraja tovar qiymatini oshiradi. Birinchi daraja
tub qiymat deb ataladi
va ‘Xaridor nimani sotib olmoqda?’ degan savolga javob beradi. Tovarni ishlab chiqish
jarayonida, marketologlar avvalo xaridorlarga talab qiladigan asosiy,
muammo xal
qiluvchi foydalar va xizmatlarni hisobga olishlari lozim. Lab bo’yog’i sotib olayotgan
ayol shunchaki lab uchun rang sotib olmayapti. Revlonda ish olib boruvchi Charles
Revson buni erta anglagan: ‘Zavodda biz kosmetika ishlab chiqaramiz; Do’konlarda
esa umid sotamiz’. Apple iPad sotib olayotgan shaxslar ham shunchaki planshet sotib
olmayaptilar. Ular o’yin-kulgu,o’z-o’zini ifoda qilish, va oila va do’stlar bilan aloqa -
ya’ni dunyoga shaxsiy va mobil ko’zgu sotib olmoqdalar.
Ikkinchi darajada, Tovar loyihachilari yuqorida aytilgan asosiy foydalarni
xaqiqiy
tovarga joylashtirishlari lozim. Ular tovar va xizmatning xususiyatlari, dizayni,
sifat
darajasi, brend nomi va qadoqini yaratishlari kerak. Masalan, “iPad” xaqiqiy tovar.
Uning nomi, qismlari, uslubi, funksiyalari va tashqi ko’rinish va boshqa xususiyatlari
aloqda bo’lish tub qiymatini yaratish maqsadida birlashtirilgan.