Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   146
marketing

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Tovarning uch bosqichini izohlang? 
2. Iste’mol tovarlariga nimalar kiradi? 
3. Iste`mol tovarlari uchun marketing mulohazalarini yoriting? 
4. Joy marketing deganda nimani tushunasiz? 
5. Alohida tovar bo`yicha qarorlarni asoslang? 
6. Umumiy sifat boshqaruvi deganda nimani tushunasiz? 
7. Tovari uslubi va dizaynining marketingdagi ahamiyatini yoriting? 
8. Qadoqlash haqida fikrlaringizni bayon eting? 
9. Xizmatlar marketingi va ularning xususiyatlarini izohlang? 
10. Xizmatlar marketingining uch turini asoslang? 
 
 


134 
7-MAVZU. REKLAMA FAOLIYATI 
 
7.1. Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari 
 
Reklama – marketingning eng muhim elementi ekanligi borasidagi asosiy fikrlar 
shunga asoslanadiki, marketing sohasi rivojlangan mamlakatlar zamonaviy 
iqtisodiyotining barcha jabhalarini qamrab oladi va bunda firmalar marketing 
faoliyatining har qanday bosqichi ularning reklama faoliyati bilan bevosita yoki 
bilvosita aloqaga ega bo’ladi. 
Marketing to’plamining elementi sifatida reklamaning muvaffaqiyati hozirgi 
paytda ikkita holat – maqsadli yo’naltirilganlik va sistematik xarakter bilan, 
shuningdek, tovarni rejalashtirish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoni, unga 
talab, narx shakllanishi va sotuv bilan qalin aloqalar bilan asoslanadi. 
Reklamani tovar va xizmatlar sifatini, shuningdek, g’oyalarni iste’molchilarning 
ehtiyoj va so’rovlari tiliga o’tkazishga harakat qiladigan kommunikatsiyalar shakli 
sifatida ko’rib chiqish mumkin. 
Reklama sohasidagi mashhur olim D.Ogilvi har qanday reklama tovarlar imidji 
shunday hisoblangan simvollar majmuini yaratishi nuqtai nazaridan ko’rib chiqilishi 
lozim degan nazariyani ifodalab berdi. Obraz loyihasini ishlash (imidj-bilding) – 
zaonaviy reklamaning eng samarali usullaridan biridir. Agar sanoatchilar o’z 
reklamasini o’z tovarlari uchun eng aniq belgilangan individuallik bilan eng ijobiy 
imidj yaratishga qaratadigan bo’lsa, pirovardida bozorning kattaroq qismini va eng 
katta foydani qo’lga kiritadi. Masalan, butun dunyoda mashhur «Adidas» firmasining 
mahsulotlari sog’lom turmush tarzi va sportdagi muvaffaqiyatlar bilan bog’lanadi; 
«Roleks» soatlari va «Kross» avtoruchkalari esa – muvaffaqiyatga erishgan 
ishbilarmonlarning atributlari hisoblanadi. 
D.Ogilvi aytganidek: «O’z reklamasini eng qulay obraz yaratishga 
bag’ishlaydigan, o’z brendini raqobatchi brendlardan farqli ravishda yaqqolroq 
ifodalydigan ishlab chiqaruvchi eng katta bozor ulushini egallab oladi va uzoq vaqt 
davomida maksimal foyda oladi». AQSh bozorida yetakchilik qiladigan brendlarga 


135 
misollar: kiyim-kechaklar – «Livane», sport tovarlari – «Nayk», mayishiy elektronika 
– «Djeneral Elektrik», avtomobillar – «Ford», alkogolsiz ichimliklar – «Koka-Kola». 
Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari doimiy ravishda 
murakkablashib, talab omillari sifatida tovarning iste’mol xususiyatlaridan ko’ra 
ko’proq uning imidj-bilding, sifat, yetkazib berish va xizmat ko’rsatish qulayligi
kafolatli ta’mirlash shartlari kabi tavsifnomalari birinchi o’ringa chiqmoqda. Bugungi 
kunda xorijiy bozorlarda tovarlar jalb etuvchanligining eng muhim elementi tovarlarga 
sotudvan keyingi xizmat ko’rsatish bo’yicha xizmatlar darajasi hisoblanadi. 
Shunday qilib, bir tomondan, reklama moliyalashtirish sotuvini narx bilan bog’liq 
bo’lmagan holda rag’batlantirish tizimida tobora moslashuvchan vositaga aylanmoqda, 
boshqa tomondan esa - integrasiyalangan reklama-axborot kommunikatsiyalarining 
yangi turiga aylanmoqda. 
Reklamani tarixan ishlab chiqaruvchining (sotuvchining) iste’molchiga tovarlarni 
xarid qilishi uchun ta’sir ko’rsatishga intilishida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir 
ko’rsatish vositasi sifatida ta’riflash mumkin. Marketing bo’yicha adabiyotlarda 
reklamaga berilgan ko’plab ta’riflar mavjud. Reklama so’zining kelib chiqishi latin tili 
bilan bog’liq: italyan tilidagi «reclamare» so’zi qichqirish ma’nosini anglatadi. 
Reklama ingliz tilida «advertising» atamasi bilan belgilanadi, bu bildirish, xabar qilish 
ma’nosini anglatadi hamda iste’molchining e’tiborini mahsulotga (tovarga, xizmatga) 
jalb qilish va ushbu tovar yoki xizmatni xarid qilish borasida tavsiyalar, takliflar, 
maslahat va chaqiriqlar tarqatish sifatida talqin etiladi. 
Reklama bo’yicha ko’p sonli nashrlarda uning turlicha ta’riflari keltiriladi: 
iste’molchini ushbu ishlab chiqarish korxonasi, savdo korxonasi yoki boshqa turdagi 
korxona taklif etayotgan tovar yoki xizmat bilan tanishtirish; ommaviy axborot 
vositalari va boshqa aloqa turlari orqali biron-bir tovar yoki xizmat foydasiga amalga 
oshiriladigan pullik, bir yo’nalishli va shaxssiz murojaat; manbasi ko’rsatilgan holda 
axborot tarqatishning pullik vositalari orqali amalga oshiriladigan gaxssiz 
kommunikatsiya shakllari; tovar va xizmatlarni sotish, ularga talab shakllantirish 
maqsadida turli xildagi tovar va xizmatlarning iste’mol xususiyatlari haqida axborot 
berish; ma’lum bir homiy tomonidan g’oyalar, tovarlar va xizmatlarni shaxssiz tarzda 


136 
taqdim etish va ilgari surishning har qanday puli to’langan shakli; reklama beruvchidan 
ochiq kelib chiqadigan va u tomonidan sotuvni oshirish, mijozlar doirasini 
kengaytirish, ovozlar olish yoki shaxsan ma’qullashni qo’lga kiritish maqsadida puli 
to’langan, shaxs, tovar, xizmatlar yoki jamoatchilik harakati haqidagi bosma, 
qo’lyozma, og’zaki yoki tasvir shaklidagi xabarlar berish; g’oyalar yoki xizmatlarni 
ma’lum bir homiy nomidan shaxssiz taqdim etish va ilgari surishning har qanday pullik 
shakli (Amerika marketing assosiasiyasi ta’rifi) va b. 
O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan 723-I-son 
«Reklama to’g’risida»gi Qonunida quyidagi asosiy tushunchalar keltiriladi. 
Reklama – bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki 
jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi va 
texnologiyalar to’g’risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun 
hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot. 
Noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo’rttirib yuborishi, yashirib ketishi 
oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo’yilgan talablarni va 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan 
foydalanuvchilarni chalg’ituvchi yoki chalg’itishi mumkin bo’lgan, shaxslarga
shuningdek davlatga zarar va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo’lgan reklama 
noto’g’ri (insofsiz, bilaturib yolg’on) reklama hisoblanadi 
Mutaxassislar tomonidan berilgan barcha ta’riflarda reklamaning quyidagi 
tavsifnomalari alohida ajratib ko’rsatiladi. 
1. Shaxssiz xarakter. Kommunikativ signal potensial xaridorga reklama 
qilinayotgan tovar sotuvchisidan emas, balki har xil turdagi vositachilardan kelib 
tushadi (ommaviy axborot vositalari, turli xildagi reklama vositalari). 
2. 
Reklama 
murojaatining 
sotuvchidan 
xaridorga 
bir 
tomonlama 
yo’naltirilganligi. Oluvchining javob tariqasidagi reaksiyasi sezilarli vaqt oralig’iga 
kechikishi mumkin. 
3. 
Reklama 
samarasini 
o’lchash 
nuqtai-nazaridan 
noaniqlik. 
Kommunikatsiyalarda qaytuvchan aloqa ehtimoliy va noaniq xarakterga ega. Xarid 


137 
fakti (sotuvchi, tabiiyki, xaridordan xarid haqida qaror kutadi) sub’ektiv xarakterga ega 
bo’lgan ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. 
4. Jamoatchilik xarakteri. Reklama qilinayotgan tovar qonuniy va umum e’tirof 
etilgan ekanligi taxmin qilinadi. Reklama e’lonida homiy, reklama beruvchi, reklama 
uning hisobidan va uning nomidan amalga oshiriladigan sub’ekt aniq belgilangan 
bo’ladi.
5. Ko’zga yaqqol tashlanib turishlik va nasihat qilishga moyillik. Reklama 
dalillarining ko’p marta takrorlanishi iste’molchiga psixologik ta’sir ko’rsatadi va uni 
xaridga undaydi. 
Reklamaning maqsadlari belgilangan vaqt davomida maqsadli doiraga axborot 
ta’siri ko’rsatish natijasida hal etiladi. Ular asosiy va ikkinchi darajali, yakuniy va 
oraliq, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot va kommunikativ va h.k. bo’lishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining «Reklama to’g’risida»gi Qonunida reklamaning 
maqsadlari sifatida birinchi o’rinda, reklama auditoriyasining yuridik va jismoniy 
shaxslarga, tovarlar, g’oyalar va tashabbuslarga qiziqishini shakllantirish va qo’llab-
quvvatlash, ikkinchidan esa – ularning amalga oshirilishini qo’llab-quvvatlash belgilab 
berilgan. Bu esa, o’z navbatida, marketing va reklama faoliyati yo’nalishlarini 
tanlashni anglatadi. Bu yerda birinchi navbatda quyidagi savollarga javob berish kerak: 
kim reklama iste’molchisi hisoblanadi, bozorda qaysi reklama xizmatlarini taklif etish 
kerak, ularni kim, qaerda, qachon va qanday narxda ko’rsatadi? Bu savollarga javoblar 
reklama faoliyati yo’nalishini: reklama xizmatlari assortimentini shakllantirish; 
bunday xizmatlarga talab va taklif kon’yunktura ko’rsatkichlarini aniqlash; reklama 
harakatini tashkil qilish va boshqarish; reklama xizmatlari harakatlanishini (reklama 
vositalari, kanallari, medirejalashtirish uchun ko’rsatkichlar tanlashni) belgilab beradi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin