138
sodiqlikni kuchaytirish va b.). Reklamaning bosh maqsadi – mijozga shunday ta’sir
ko’rsatish kerakki, u xarid paytida aynan reklama qilinayotgan mahsulotni xarid qilsin.
Reklama maqsadlari aniq belgilangan va bajarish mumkin bo’lgan marketing
rejalariga bog’liq yud, agarda ular reklama samaradorligini
oshirishni nazarda
tutadigan bo’lsa – miqdoriy ko’rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan, reklama
kommunikativligini oshirish uchun markaning 80% maqsadli
doirada taniqliligini
ta’minlash yoki 55% iste’molchilarda markaga munosabatni o’zgartirish maqsadi
qo’yiladi. Iqtisodiy samaradorlik kattaroq bo’lishi uchun reklama qilinayotgan 138ovar
sotuvini 30%, tovarning hayotiylik davri 1,5 yilga teng bo’lgan
muddatda sotuv
suratining 15% o’sishi maqsad qilib qo’yiladi.
Reklamaning iqtisodiy maqsadi quyidagi yechimlarni ko’zda tutadi:
➢ tovar sotuvini qo’llab-quvvatlash va kengaytirish yoki savdo aylanmasini
oshirish;
➢ ushbu tovar yoki xizmat turiga ehtiyoj shakllantirish;
➢ aynan ushbu tovarni aynan ushbu firmadan xarid qilishga undash;
➢ muayyan markali tovarga talabni rag’batlantirish va sotuvni rag’batlantirish;
➢
imtiyozli bitimlar, sotib yuborish, narxlarni arzonlashtirish haqida e’lonlar
berish;
➢ yangi tovar yoki xizmatni bozorga chiqarish muddatini qisqartirish;
➢ potensial xaridorlarni tovar va ko’rgazmalarga tashrif buyurishga undash;
➢ tovarni yangi o’rovda taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: