Chegirma do`konlari. Chegirma do`konlari (Target, Kmart va Walmart)
pastroq foyda va ko`proq sotuv hajmini qabul qilib, standard bo`lgan mollarni pastroq
narxlarda sotadi. Boshlang`ich chegirma do`konlari xarajatlarni kamaytirish uchun oz
xizmatlarni taklif qiladiganva omborxonaga o`xshash kam soliq oluvchi aholi ko`p
162
boradigan joylarda faoliyat yuritganlar. Bugungi kunning chegirmachilari samarali
harakatlari tufayli narxlarni hamon past ushlab turgan holatda do`konlaridagi sharoitni
ancha yaxshiladilar va xizmatlarni ham oshirdilar.
“Walmart”, “Costco” va “Target” kabi “big-box” eng ilg`or chegirmachilar
hozirda sotuv sahnasida hukmronlik qilmoqdalar. Biroq, bugungi kunning iqtisodiy
sharoitida hattoki “small-box” chegirmachilari ham faoliyat yuritishni
uddalamoqdalar. Misol uchun, dollar rastalari bugungi kunning eng tez o`sib
borayotgan savdo shakli hisoblanadi. Avallari dollar rastalari sifati buzilagan
assortmentlarni, ortiqcha bo`lgan, fabrikalardagi tezroq sotish maqsadida narxi
pasaytirilgan, muddati eskirgan mahsulotlarni (eng qimmati $ 1) sotgan. ●Lekin hozir
emas. Millatning eng katta “small-box” chegirma sotuvchisi bo`lmish “DollarGeneral”
vaqt uchun judayam kuchli vada beradi: “Vaqtingizni tejang. Pulingizni tejang. Har
kuni.”
Past narxli chakanachilar. Katta chegirmachilar sotib olishi kabi past narxli
chakanachilarning yangi to`lqini katta hajmli bo`shliqni va ultrapast narxni qoplash
uchun kirib keldilar. Odatiy chegirmachilar narxlarni past ushlab turish maqsadida
odatiy ulgurji narxlarda sotib oladilarva kam foydani qabul qiladilar. Qiyosiy ravishda,
past narxli chakanachilar mahsulotlarniodatiy ulgurji narxdan ham pastroq bo`lgan
narxlarda sotib oladilar va xaridorlardan do`konlardan ko`ra arzonroq narx undiradilar.
past narxli chakanachilar barcha joylarda (sohalarda)- oziq-ovqat, kiyim-kechak va
elektronik dan tortib to hashamatli bo`lmagan bank va chegirma brokerlik sohalarida
ham topilishi mumkin.
Past narxli chakanachilarning 3 ta asosiy turlari: Mustaqil, fabrika do`konlari va
omborxona klublaridir. Mustaqil past narxli chakanachilar mustaqil ravishda
boshqariladi va egalik qilinadi yoki ular kattaroq korporatsiyalarning bo`laklari ham
bo`lishlari mumkin. Ko`pkina past narxli do`konlarning faoliyatlari kichik
mustaqilchilar tomonidan boshqarilsada, katta past narxli do`konlari kattaroq bo`lgan
do`konlar tarmoqlari tomonidan boshqariladi. Misol uchun, “TJ Maxx” va “Marshalls”
“TJX” kompaniyalari tomonidan egalik qilinadi, va yana bir misol sifatida
“Overstock.com”ni ham keltirish mumkin.
163
Fabrika do`konlari ishlab chiqaruvchi tomonidan egalik qilinadi va “J. Crew”,
“Gap”, “Levi Strauss” kabi firmalar tomonidan boshqariladi yoki bazida fabrika
do`konlari rastalarida va “Qiymatli-chakan savdo markazlarida birgalikda guruh bo`lib
tashkil topadilar. Bu markazlarda, o`nlab fabrika do`konlari ko`pincha ortiqcha
bo`lgan, chegirma belgilangan va kam talab bo`ladigan mahsulotlarni keng ko`lamda
va odatiy do`konlarga nisbatan 50% gacha arzon bo`lgan narxlarda taklif qiladi.
Holbuki, fabrika do`konlari majmualari aslida ishlab chiqruvchilarning do`konlaridan
iborat bo`lsada, Qiymatli-chakan savdo markazlari ishlab chiqaruvchilarning
do`konlari bilan past narxli do`konlarni va bo`lim rastasi rasmiylashtiruvchi
do`konlarini birlashtiradi.
Katta sotuv majmualari hozirda alo darajada o`sib bormoqda va hatto fabrikalarni
ham o`z tasviridan chiqarib yubormoqda. Hozirda son jihatdan o`sib borayotgan
fabrika do`konlari majmualari qatoriga “Coach”, “Polo Ralph Lauren”,
“Dolce&Gabbana”, “Giorgio Armani”, “Burberry va Versace” kabi yuqori brendlar
kiradi.
Xaridorlar borgan sari o`z qadrlari haqida o`ylaydigan bo`lib qolayotganlari sari,
“UPPER-END” sotuvchilar (do`konlar) ham o`zlarining fabrika do`konlari
strategiyalari kuchaytirmoqdalar va Nordstorm Rack, Neiman Marcus Last Call,
Bloomingdale`s Outlets va Saks Off 5
th
kabi do`konlariga urg`u bermoqdalar.Hozirda
ko`pgina kompaniyalar fabrika do`konlarini faqat mahsulot (tovar) muammosini
yechishning oddiy yo` li deb baholabgina qolmayaptilar, aksincha uni yangi mahsulot
uchun biznesga erishishning qo`shimcha yo`li sifatida qaramoqdalar. Yuqori brendlar
va arzon narxlar birlashmasining fabrika do`konlarida mavjudligi hattoki iqtisodiy
tanqis paytlarda ham xaridolarning kuchli talabiga erishishni taminlaydi.
“Costco”, “Sam`s Club” va “BJ`s” kabi omborxona guruhlari katta, tom osti
ochiq bo`lgan joylar va omborxonaga o`xshash majmualarda faoliyat yuritadilar va
kam miqdorda ortiqcha (qo`shimcha) narsalarni taklif qiladilar. Biroq ular saralangan
brenddagi mahsulotlar uchun ultra past narxlarni va kutilmagan kelishuvlarni taklif
qiladilar. So`ngi yillarda omborxona guruhlari tez suratlarda o`sdi (rivojlandi). Bu
do`konlar faqatgina arzon mahsulotlarni izlab yurgan kam ish haqqi oluvchi
164
xaridorlarni o`ziga jalb qilibgina qolmay, barcha turdagi xaridorlar uchun keng
ko`lamdagi mahsulotlarni- eng keraklisidan tortib unchalik muhim bo`lmagan
(qo`shimcha) larigacha bo`lganlarini taklif qiladi va, bu turdagi harid qiluvchilarni ham
o`ziga jalb qiladi. Mamlakatda kattaligi bo`yicha “Walmart” va “Kroger”dan keyin 3-
o`rinni egallagan savdo do`koni “Costco”ni o`ylab ko`ring. Arzon narx “Costco”
uchun muhim qism hisoblanadi, lekin, “Costco”ni aslida boshqalardan farqlovchi narsa
bu-u yetkazib beradigan mahsulotlar va “Costco”da xarid qiluvchilar uchun tezkor
xizmat taassurotini qoldirish.
“Costco” bo`lgan o`rinlarga qiziqish-zavq olib keladi. Bir banka shaftoli
vareniyasi va 2250 donali quloq tozalagichlar bilan birgalikda Costco har doim
o`zgarib turuvchi yuqori sifatli mahsulotlar assortmentini (hattoki hashamatli
bo`lganlarini, hattoki ular judayam past foyda keltiruvchi (kompaniyaga) bo`lsada)
taklif qiladi. Sanoat analitiki Costco shunday darajaladi: “Costco” chakana savdo
tarmog`i xazina ovchisi deb ataladi. U yerda eng sifatli mahsulotlarni judayam katta
chegirmali narxlarda uchratish mumkin. O`tgan yili “Costco” 69 milliondan ziyod
hotdog va makaron mahsulotlari birlashmasini sotdi. Xuddi o`sha yili “Costco”
100,000 lab karat olmoslarni har birini 100,000 dollargacha bo`lgan narxlarda sotdi. U
mamlakatning eng katta parranda sotuvchisi lekin, shuning bilan u mamlakatda eng
katta bo`lgan eng yaxshi vino sotuvchisihamdir.
Costco ning har bir sotuv rastasi harid jarayonini tezkor va qiziqarli qiluvchi sotuv
teatri hisoblanadi. Costco odatiy eng kerakli bo`lgan narsalar bilan birgalikda yana,
yorqin lampalarni, Prada sumkalari, Calloway golf klublari yoki Kenneth Cole
sumklari kabi har doim o`zgarib turuvchi, qisqa muddat ichida azron narxda sotiluvchi
va siz boshqa hech qayerda topa olmaydigan arzon narxli mahsulotlarni o`z ichiga
oladi. Bunga isbot tariqasida, Costco taklif qilayotgan 4000 mahsulotdan 1000 tasi
“treasure items” (Cosco ning so`zi) dek tayinlangan. O`zgaruvchi assotmentlar va
ajoyib narxlar xaridorlarni qo`llarida hamyonlari bilan yana qaytib kelishlarini
taminlaydi. Costco ning o`rtacha savdosi 1 foot kv sotuv rastasi joyi uchun 1000
dollarni tashkil etadi. Xuddi shu o`lchovdagi savdo Sam`s da 586 dollarni va BJs
Wholesale da esa 500 dollarni tashkil etadi. Past narxli do`konlarda faqat nochor va
165
yuvinmagan oddiy odamlar savdo qilgan paytlar ham bo`lgan va “Costco” buning
hammasini o`zgartirdi. Hozirda, u yerda pulni tejab ishlatishga muhtoj bo`lmagan
odamlar ham savdo qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |