CHAPTER 9. PRICE POLICY ..................................................................... 177
9.1. The concept of price, its essence and types of prices................. 177
9.2. Formation of pricing policy and methods for calculating price
level.......................................................................................... 180
9.3. Variability of prices during the "life cycle" of goods................. 184
Questions for control and discussion........................................ 186
TEST
QUESTIONS
ON
THE
DISCIPLINE
"MARKETING".................................................................... 187
GLOSSARY............................................................................ 227
REFERENCES ...................................................................... 245
9
K I R I SH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport
qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni
takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan
qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy
marketing usullaridan faol foydalanish...”
1
alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy –
iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama,
chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud.
Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p
qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi
juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.
Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan
ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor
muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash
yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek,
boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat
zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar,
texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil
etish”
2
bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan.
Bugungi kunda korxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini
amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va
kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Маҳаллий экспорт қилувчи
ташкилотларни янада қўллаб – қувватлаш ва ташқи иқтисодий фаолиятни такомиллаштириш чора – тадбирлари
тўғрисида”ги қарори Халқ сўзи, 2017 йил 22 июнь, №123
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz.
10
etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil
etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab
chiqish muhim o‘ringa egadir.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi barcha
ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol sohasini yaxlit tadqiqot
qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi sharoitida,
korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni muhtojligini
qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo etadi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli
echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz
qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygandir. «Marketing asoslari» fani korxonalar (firmalar)ni bozorda
iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar hissasiga
erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.
Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o‘tgan asrning
oltmishinchi yillari o‘rtalarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, u paytdagi barcha maqolalar
tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o‘rganish XX asrning
saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta-
sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan bu
yo‘nalishda faol harakat qilishni talab etdi. Shu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun
mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida «Marketing
asoslari» fanini o‘rganishga kirishishdi.
«Marketing asoslari»ni o‘rganish hamda o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish
bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing asoslari»
fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o‘rganilayotgan bo‘lsa, shunday qabul
etishga urinamiz. Tabiiyki u holda, biz turli to‘siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat,
iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada qabul
11
ham eta olmaydi. Chunki, O‘zbekistonda bozor munosabatlari so‘nggi davrlarda
rivojlana boshladi. Shuning uchun ham biz «Marketing asoslari» fani rivojlanishining
boshlang‘ich bosqichlariga ko‘proq e’tiborni qaratib, uning shunday bosqichlarini
topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiyoti faoliyati darjasiga ko‘proq javob
bersin.
Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko‘pgina mutaxassislar marketingdan faqat bozor
tovarlarga mo‘l-ko‘l bo‘lgandagina unumli foydalanish mumkin, deb hisoblaydilar.
Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo‘lganda samaralidir. Lekin, «Marketing asoslari»
fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi ahamiyati juda katta.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar
uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o‘rgatadigan asosiy fan.
Marketing eng avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U
korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. «Marketing asoslari» - bu faol
assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar
bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilarni o‘rganadigan
fandir.
Iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovar yoki xizmatni vujudga keltirish va mijozni
unga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bugungi kun marketingi nazariyasi hamda
amaliyotining mohiyatini tashkil etadi. Zamonaviy marketingni maqsadi, mijozlar
ehtiyojini qondirishdan iborat.
Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va
ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir.
Hozirgi kunda, oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga bozor
iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni «Marketing» fani orqali
singdiriladi.
«Marketing asoslari» fani shu bilan bir qatorda iste’molchi xulqini
modellashtirish, tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‘batlantirishni,
reklamani va bozorni chuqur o‘rganadi.
«Marketing asoslari» fani bozorni xo‘jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya’ni
ularni u erda namoyon bo‘lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. Shu tufayli
12
barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u
erda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak.
Shuni qayd etish lozimki, «Marketing asoslari» bo‘yicha xorijiy tajribani
korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish juda
cheklangan. Bizning korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‘liq holda, ya’ni
bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati
o‘rtasidagi prinsipial farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada masalaga
milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos xusiyatlarini, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga
olgan holda yondashish zarur.
«Marketing asoslari» fani keng qirradagi oliy ma’lumotli zamonaviy
raqobatbardosh
iqtisodchilarni
(marketologlarni)
shakllantiradigan
asosiy
mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi talabalarga
marketingni asosiy uslublarini va tamoyillarini o‘rgatishdan iboratdir.
Mazkur darslik birinchi marta nashr etilmoqda. Ushbu darslik 9 ta bobdan iborat
bo‘lib, unda marketing tushunchasi va marketing jarayoni, marketing konsepsiyasi,
marketing muhiti, iste’molchi va biznes - xaridorlar xulq-atvorini o‘rganish, marketing
axboroti, tovar va xizmatlar: iste’mol qiymatini oshirish, reklama faoliyati, chakana
savdo va ulgurji savdo hamda narx siyosati kabi mavzular tubdan takomillashtirilgan.
|