Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Alternativ reklama vositalari (alternative, ambient media)



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146
marketing

Alternativ reklama vositalari (alternative, ambient media) - bu reklamalar 
joylashtiriladigan nostandart jihozlar va materiallardir, masalan: magazinlar 
aravachalaridagi reklama, aeroportlardagi, binolarning chiqish pog‘onalaridagi 
reklama, ovqatlanadigan idishlar yopqichlaridagi reklama, paketlar va chiqindi 
korzinalaridagi reklama, avtobuslar va yuk tashuvchi mashinalaridagi reklama, 
biletlardagi reklama, kitoblardagi reklama va hokazolar. 
Ambassador - boshqa shaxslarga tovar yoki xizmatlarni faol tavsiya etuvchi 
mijoz. 
Anketa - bu marketing tadqiqoti-so‘rovi vositasidir. Zamonaviy talablarga 
ko‘ra, anketa eng kamida uch qismdan iborat bo‘lishi kerak: 
- uning kirish kismida, respondentlarga tushunalarli bo‘lgan va anketada 
keltirilgan savollarga undovchi (turtki beruvchi) so‘rovning maqsadlari va vazifalari 
tushuntiriladi; 
- keyingi qismida, savollarning o‘zi keltiriladi; 


228 
- uning xulosa qismida, so‘rovda ishtrok etganlar (respondentlar) haqida 
ma’lumotlar (agar uning iloji bo‘lsa) va shuningdek, so‘rovda ishtrok etganlik uchun 
tashakkur aytiladi. 
O‘zbekiston amaliyotida anketani ba’zida so‘rovnoma ham deb ataydilar. 
Ansoff matritsasi– bu matritsa bozorni va tovarni rivojlantirishni tahlil qilish 
uchun foydalaniladi. Tahlil predmeti bo‘lib quyidagi strategiyalar qo‘llaniladi: mavjud 
tovarlarni eski bozorlarga moslashtirish, barqaror qilish yoki ushbu bozorlarda ularni 
ulushini oshirish bo‘yicha ish olib borish; bozorni rivojlantirish – bu eski tovarlar bilan 
yangi tovarlarni sotish va rivojlantirish (innovatsiya) hamda diversifikatsiya (bozordan 
ketish). 
Assortiment chuqurligi - bu bir kategoriyadagi tovarlar doirasida taklif 
etilayotgan, turli sondagi tovarlar (artikullar) nomlari. Korxona, masalan, turli xildagi 
terilar uchun mo‘ljallangan turli varintdagi soqol olish ustaralarini taklif etadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin