229
iste’molchiga, reklama bo‘yicha xabardor bo‘lish, qiziqish, xohlash va xarakat (sotib
olish) ketma-ketligi bo‘yicha ta’sir etadi.
Benchmarking– bu inglizcha so‘z «benchmark»dan olingan bo‘lib, o‘zbek
tiliga
tarjima qilinganda «nazorat nuqtasi» yoki «taqqoslash belgisi», degan ma’noni anglatadi. Bu
atama 1972 yilda Kembridj strategik rejalashtirish instituti xodimlari tomonidan taklif etilgan.
Ularning fikricha, korxona rahbariyati raqobatbardoshlik sohasida samarali qarorlarni qidirib
topishi uchun o‘xshash sharoitlarda yuqori yutuqlarga erishgan ilg‘or korxonalarning
tajribasini bilishi lozim.
Benchmarkingning asosiy tamoyili – «ilg‘orlikdan yanada ilg‘orlikka».
Benchmarking – quyidagi faoliyatni o‘z ichiga oladi:
– taqdimot asosida, boshqa korxonalar yaxshi amalga
oshiradigan tomonlarini
aniqlash;
– boshqa korxonalar yaxshi amalga oshiradigan tomonlarni o‘rganish;
– ilg‘or korxonalarning ishlash uslublarini o‘z faoliyatida qo‘llash va yanada
takomillashtirish.
Benchmarkingni qo‘llayotgan korxona quyidagi savollarga javob olishi zarur.
Qaysi firma shu sohada ilg‘or hisoblanadi?
Qanday sabablarga ko‘ra bizning firmamiz ilg‘or hisoblanmaydi?
Bizning firmamiz ilg‘orlikka erishish uchun nimalarni o‘zlashtirishi zarur?
Ilg‘or firma erishgan yutuqlarga erishish uchun qanday strategiyalarni amaliyotga
tatbiq etishi zarur?
Benchmarkingni marketing tadqiqotlarining alohida yo‘nalishi sifatida ko‘rish zarur.
BKG matritsasi– Boston Konsalting Guruhi yoki 1960
yillardagi kompaniya
mahsulotining portfel tahlili “ bozor ulushi- bozorning o‘sishi” matritsasi. Kompaniya
mahsulotini shartli ravishda quyidagilarga ajratiladi: “savollar belgilari” (Question
marks) – mahsulotlarning boshlang‘ich hayot davri; “yulduzlar” (Stars) – o‘sish
davrida turgan mahsulotlar; “sog‘in sigirlar” (Cash cows) –
bular etilgan, pishgan
davrga etgan mahsulotlar bo‘lib, ular bozorning katta ulushiga ega va yuqori foyda
olishni ta’minlaydi; “cho‘loq o‘rdaklar (itlar)” (Dogs) – talabni pasayib borish davrida
turgan mahsulotlar.