Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146
marketing

Virusli marketing - bu reklama axborotini yashirin (to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bo‘lmagan) ravishda tarqatishga yo‘naltirlgan, siljitishning barcha uslublari va 
kanallarining yig‘indisidir. Virusli marketing uslublariga: virusli video, blogging 
(bloglar va forumlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan siljitishlar), virusli onlayn 
o‘yinlar, PR-tryuklar, blyudjeking (bluetooth orqali axborotni tarqatish), to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bo‘lmagan SMS – tarqatmalar va xokazolar kiradi.
Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini 
uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish. 
Demping - tovarni o‘rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o‘z tannarxidan 
arzon narxda sotish. Ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida milliy ishlab chiqaruvchilar 
foydasini himoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan raqobatning 
kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’qiqlovchi antidemping 
qonunlar amal qiladi. 
Diversifikatsiya - 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish va 
qo‘shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog‘liq 
bo‘lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‘zida kengaytirish va 
rivojlantirish. 
Imij - tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o‘xshashi va aks ettirishi, tovar 
bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat. Tovar 
imiji tovarning reputatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona va 
mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi. 


234 
Iste’molchining mustaqilligi (suvereniteti) - iste’mol huquqining mustaqilligi, 
qaram emasligi, huquqning mustaqil yo‘nalishi bo‘lib, tovar va xizmatlar bozorida 
iste’molchining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qoida va yo‘riqnomalar 
majmuidan iborat. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin