Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
marketing

Tovar variatsiyasi - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo‘lgan tovarni 
uning ayrim xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish yo‘li bilan 
modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati), estetik (dizayni, rangi, shakli), 
simvolik (tovar markasining nomi) xususiyatlari va firmaning bo‘linmalari faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlari o‘zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, 
uning foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar 
modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo‘lishi mumkin. 


243 
Tovar innovatsiyasi - 1) mahsulotni takomillashtirishning original, sifati 
yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri uzunligini va korxonaning rentabelligini 
ta’minlovchi choora-tadbirlar ichida alohida o‘ringa ega. O‘z ichiga mahsulotni 
differensiyalash va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki 
mahsulotlar guruhini olib kirish. 
Tovar siyosati - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga 
yo‘naltirilgan tadbir va strategiyalar majmui, yangi tovar yoki tovarlar guruhini 
bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud bo‘lgan tovarlarni 
zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab chiqarish dasturidan tovar ishlab 
chiqarishni chiqarib tashlash (eliminatsiya), shuningdek, assortiment siyosatidan 
iborat. 
Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik 
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining barqaror bo‘lishini 
ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy prinsipial yo‘nalishlari. Tovar strategiyasining 
asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar 
nomenklaturasini optimallashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning 
samarali faoliyat ko‘rsatishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar 
yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin