Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146
marketing

 
Marketing konsepsiyasi 


30 
Ko‘rsatib o‘tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun standart
norma yoki qoida sifatida ko‘rilmasligi kerak. 
2.2-jadval 
Marketing konsepsiyasi evolyusiyasi
4
 
 
Yillar 
 
Konsepsiya 
Asosiy g‘oya 
Asosiy vosita 
Asosiy maqsadi 
1860-1920 Ishlab chiqarishni 
takomillashtirish 
Imkoniyati boricha 
ishlab chiqarish 
Tannarx, mehnat 
unumdorligi 
Ishlab chiqarishni 
takomillashtirish, 
sotish hajmini 
ustirish 
1920-1930 
Tovarni 
takomillashtirish 
konsepsiyasi 
Sifatli tovarlarni 
ishlab chiqarish 
Tovar siyosati 
Iste’mol tovarlari 
xossalarini 
takomillashtirish 
1930-1950 Sotishni (tijoratni) 
takomillashtirish 
konsepsiyasi 
Sotish tarmoqlari 
va kanalini 
rivojlantirish 
Sotish siyosati 
Tovarlar sotish 
intensifikatsiyasi 
1960-1980 
Sof marketing 
konsepsiyasi 
Iste’molchiga nima 
kerak bo‘lsa 
o‘shani ishlab 
chiqarish 
Marketing miks 
kompleksi, 
iste’molchini tadqiq 
qilish 
Maqsadli bozorni 
xohish-
ehtiyojlarini tadqiq 
etish 
1980-1995 
Ijtimoiy 
yo‘naltirilgan 
marketing 
konsepsiyasi 
Jamiyat talablarini 
hisobga olgan 
holda 
iste’molchiga 
kerak bo‘lgan 
tavrlarni ishlab 
chiqarish 
Marketing miks 
kompleksi, ishlab 
chiqariladigan tovar va 
xizmat ishlab 
chiqarish, iste’molchi 
bilan bog‘liq bulgan 
ijtimoiy va ekologik 
oqibatlarni tadqiq etish 
Maqsadli bozorni 
xohish-ehtiyojlari-
ni qondirish 
1995 
yildan shu 
davrgacha 
Marketingni 
o‘zaro aloqaviy 
konsepsiyasi 
Biznes bo‘yicha 
sheriklar va 
iste’molchilarni 
qondiradigan 
tovarlar ishlab 
chiqarish 
Marketing miks 
kompleksi, 
integratsiya va 
tarmoqli taxlil, 
koordinatsiya uslubi 
Maqsadli bozorni 
xohish-
ehtiyojlarini 
qondirish 
Marketing evolyusiyasi har qaysi mamlakatda o‘zini xususiyatlari va bozor 
munosabatlari rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq marketingni paydo bo‘lishi 
bilan bog‘liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq 
4
Юсупов М.А., Абдурахмонова М.М. Маркетинг. – Т.: Иқтисодиёт, 2019.-190 б. 


31 
mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tatbiq etish bozor munosabatlarini 
shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan tashqari 
marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendensiya – e’tiborni tovar ishlab 
chiqarishdan iste’molchiga, uning xohish va ehtiyojlariga qaratish talab etiladi. 
Birinchi davr - «ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi»
«mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar ishlab 
chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi. Konsepsiya shiori - 
«imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz». Bu 
konsepsiya sotuvchilarni xarakatga keltiradigan eng eski nazariyalardan biridir.
Bazi holatlarda ishlab chiqarish konsepsiyasi hali ham foydalidir. Masalan, 
personal kompyuter ishlab chiqaruvchi “Lenovo” va uy jihozlarini yetkazib beruvchi 
“Haier” arzon ishchi kuchi, yuqori ishlab chiqarish samaradorligi va massiv taqsimoti 
orqali yuqori raqobatbardosh, narxga ta`sirchan Xitoy bozorida hukmronlik qiladi.
Biroq, bazi holatlarda foydali bo`lsa ham, ishlab chiqarish konsepsiyasi marketing 
xatosiga olib keladi. Bu yondoshuvni qabul qiladigan kompaniyalar mijozlar ehtiyojini 
qondirish va mijoz munosabatlarini qurish masalasiga e`tibor berishmaydi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin