38
boshqalar) bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish maqsadidagi
amaliyot jarayonidir. O‘zaro munosabatlar marketingi hamkorlar
bilan tor doiradagi
iqtisodiy, texnik va ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishga yo‘naltirilgandir. Bu hamkor
guruhlari bilan zarur bo‘lgan munosabatlarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Jami
uchta hamkor guruhi: ishchilar, marketing hamkorlari (taqsimot kanallari,
ta’minotchilar, dilerlar) va moliyaviy hamjamiyatlar (aksionerlar,
investorlar,
tahlilchilar) mavjud. Bu marketing turida asosiy tamoyil oddiy: bir–biriga qiziquvchi
tayanch qiziquvchi guruhlarning foydali munosabatlar tizimini yaratish – bu biznes
muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Munosabatlar marketingining tarkibiy o‘qini «mijoz bilan o‘zaro munosabatlarni
boshqarish» (yoki Customer Relationship Management) tushunchasi ifodalaydi. CRM
– axborot texnologiyalaridan faol foydalaniladigan marketing strategiyasi bo‘lib, keng
ma’lumotlar to‘plami yaratish va qo‘llashni o‘z ichiga oladi hamda kompaniyalarga
shaxsiy yondoshuvga asoslangan o‘zaro manfaatli munosabatlar yaratish maqsadida
mijozlar haqida axborot to‘plash va qayta ishlashga imkon beradi. CRM yondashuvi
ommaviyligining o‘sishi 1990 yillar oxirida internet texnologiyalari paydo bo‘lishi
bilan ta’minlangan.
Xolistik
marketingda, munosabatlar marketingining maqsadi –
korxona va mijoz uchun o‘zaro manfaatli foydani
ifodalaydigan uzoq muddatli
munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Tahlil,
mijozning (korxona, xaridor, iste’molchi) individuallashuviga yo‘naltiriladi hamda
ishonchli mijozlar va ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni
boshqarishga qaratiladi. Keyingi maqsad esa ushbu mijoz uchun tovar va xizmatlarni
to‘g‘ri tanlashdan iborat. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, one-to-one marketing (yoki
munosabatlar marketingi) maqsadi – har bir mijoz bilan munosabatlar o‘rnatish,
rivojlantirish va aynan unga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, bunda mijozni ehtiyojini
qondirish uchun axborot texnologiyalari va ma’lumotlar to‘plamlaridan foydalaniladi.
Integratsiyalashgan marketingda faol bozor sub’ektining vazifasi – iste’molchilar
uchun to‘liq integratsiyalashgan marketing dasturini tuzish, siljitish va qadriyatlarni
ko‘rsata bilishni hamda marketing chora–tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
39
Kompaniyalarda
talabni boshqarish, resurslarni boshqarish va sherik hamkorlar
tarmoqlarini boshqarish tizimi integratsiyalashgan bo‘lishi lozim.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida yana bir tarkibiy qismi bo‘lgan
ichki marketing turida tashkilotning barcha xodimlari, eng muhimi uning rahbariyati
tomonidan kompaniyada marketing tamoyillarini tatbiq etishni ta’minlash muhim
bo‘lib hisoblanadi. Agar korxona ishchilari uni ta’minlashga tayyor bo‘lmasa, ularga
a’lo darajagi xizmat ko‘rsatishni va’da berishning ma’nosi yo‘qdir. Ichki marketingda
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda
mijozlarga ta’sir ko‘rsatishi zarur bo‘ladi.
Xolistik marketingning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy
javobgar marketingda
ekologiya, ahloqiy, huquqiy va ijtimoiy mazmundagi marketing chora–tadbirlari va
dasturlari inobatga olinadi. Ijtimoiy javobgar marketing konsepsiyasi, marketing
amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olishni talab etadi. Bu o‘rinda
marketologlar korxonaning foyda olishini, iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishni
va jamiyat qiziqishlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liklikni topishi zarur bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy marketing iste’molchilar va ushbu tovar o‘rtasida ayirboshlashga ijobiy ta’sir
etadigan va oqibatda korxona oladigan foydaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan notijorat
harakatlarini o‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish
jarayonidan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy marketingdan oldin ijtimoiy-axloqiy marketingi
mavjud bo‘lgan bo‘lib, uning uchun birlamchi vazifa uzoq muddatli istiqbolda
iste’molchi uchun qulaylik izlab topish va korxona uchun foyda topishdan iborat
bo‘lgan. Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv – jamoatchilik marketingi va
ekologiya marketingi bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa sifatida, korxonalar faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash
quyidagilarga imkon beradi:
Yuqorida bayon etilganlardan shunday
xulosaga kelish mumkinki, korxonalar
faoliyatida xolistik marketing konsepsiyasini qo‘llash quyidagilarga imkon beradi
7
:
7
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 76-79 бетлар.
40
- firmaning rahbariyati tomonidan marketing tamoyillarini tatbiq etishda
faqatgina marketing bo‘limi emas, balki boshqa bo‘limlar ham o‘zaro bog‘liq holda
mijozlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi;
- integratsiyalashgan marketingda iste’molchilar uchun marketing dasturi ishlab
chiqiladi, shuningdek kompaniya ichida va tashqarisida marketologlar hamkorlar bilan
o‘zaro sherikchilik asosida harakat qilishi zarur bo‘lib hisoblanadi;
- ijtimoiy marketingda iste’molchilar tovar sotib olishga va foyda olishga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan notijorat harakatlarni o‘z ichiga oluvchi
marketing faoliyatini
rivojlantirishga e’tibor qaratadi;
- mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar marketingida tahlil ishonchli mijozlar bilan
ta’minotchilar o‘rtasida uzoq muddatli munosabatlarni boshqarishga qaratiladi.
Hozirda asosiy o‘zgarishlar mijozlar bilan munosabatlarda kuzatilmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda iqtisodiy islohotlarini yanada
chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda marketing innovatsiyalarini tatbiq etish,
ayniqsa marketingda xolistik marketing konsepsiyalaridan samarali foylanish mijozlar
uchun o‘zaro manfaatli, foyda hajmini ko‘paytirishga olib
keladigan uzoq muddatli
munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: