Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146
marketing

3.1-rasm. Xaridorlar bozori turlari 
Aloqa(kontakt) auditoriyalariga – korxona faoliyatiga qiziqish bildiradigan va 
uning maqsadlariga erishish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish bo‘yicha 
imkoniyatlariga ta’sir o‘tkazuvchi har qanday insonlar guruhidir. 
Korxonaning tadbirkorlik faoliyati yuritishiga imkoniyatlar yaratuvchi va unga 
xavf – xatarlar etkazuvchi makromuhit omillar ta’sir qiladi. 
 
3.2. Mikromuhit: kompaniyalar, ta’minotchilar, mijozlar, vositachilar va 
raqobatchilar 
Marketing boshqaruvining asosiy vazifasi iste`mol qiymatini yaratish va mijozlar 
Marketing
Iste'mol bozorlari, 
B2C
Sanoat bozorlari, 
B2B
Savdo - vositachi 
bozorlar
Ijtimoiy(sosial) ta'minot 
bozorlari
Davlat tuzilishi
bozorlari
Xalqaro bozorlar


50 
qoniqishini yaratgan holda, ular bilan munosabatlarni o’rnatish hisoblanadi. Ammo 
marketing menejerlar buni bir o’zlari qila olmaydilar. 3.2-rasmda marketologlar 
mikromuhitining asosiy ishtirok etuvchi shaxslari ko’rsatilgan. Marketing 
muvaffaqiyatiga erishish uchun kompaniyaning boshqa bo’limlari, ta`minotchilar, 
marketing vositachilari, raqobatchilar, turli jamoatchilik va kompaniyaning 
boyliklarini yetkazib berish tarmog’ini yaratish uchun birlashadigan mijozlar bilan 
munosabatlar o’rnatilishini taqozo etadi. 
3.2-rasm. Mikromuhitda ishtirok etuvchi shaxslar 
 
Kompaniya. Marketing boshqaruvi marketing rejalarni tuzishda oliy rahbariyat, 
moliyaviy guruh, tadqiqotlar va ishlanmalar bo’yicha guruh, xaridlar, bitimlar va 
hisobga olish bo’yicha guruhlar kabi kompaniyaning boshqa guruhlarini hisobga oladi. 
Ushbu barcha o’zaro bog’langan guruhlar ichki muhitni tashkil qiladi. Oliy rahbariyat 
kompaniyaning missiyasi, maqsadlari, umumiy strategik yo’nalishlar va siyosatlarni 
belgilaydi. Marketing bo’yicha menejerlar oliy rahbariyat tomonidan tuzilgan yanada 
umumiy strategik yo’nalishlar va rejalar doirasida qarorlarni qabul qiladi. Marketing 
bo’yicha menejerlar kompaniyaning boshqa bo’limlari bilan yaqindan hamkorlikda ish 
olib boradilar. Marketing bo’limi boshchiligida ishlab chiqarish va moliya 
bo’limlaridan yuridik va xodimlar bo’limlarigacha barcha bo’limlar mijozlar ehtiyojini 
anglab yetish va iste’mol boyliklarni yaratish uchun umumiy javobgar bo’ladilar. 
Ta`minotchilar kompaniyaning iste’mol boyliklarini yetkazib berishning umumiy 


51 
tizimida muhim bo’g’inni tashkil qiladi. Ular kompaniya tomonidan tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan resurslarni taqdim qiladi. Yetkazib 
beruvchining muammolari marketingga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Marketing 
bo’yicha menejerlar tovar mavjudligi va uning qiymatini o’rganib borishlari kerak. 
Yetarlicha miqdorda yetkazib bermaslik yoki yetkazib berishni kechiktirish, ish 
tashlashlar, tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar qisqa muddatli istiqbolda sotuvlar 
qiymatini oshirishi, va uzoq muddatli istiqbolda mijozlar qoniqishiga zarar yetkazishi 
mumkin. Yetkazib berish xarajatlarni oshirish narxlar oshishiga olib kelishi va natijada 
kompaniyaning sotuvlar hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
Mijozlar kompaniyaning mikromuhitida eng muhim ishtirok etuvchi shaxslar deb 
hisoblanadi. Boylikni butun yetkazib berish tizimining maqsadi maqsadli mijozlarga 
xizmat ko’rsatish va ular bilan mustahkam munosabatlarni o’rnatish hisoblanadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin