Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   146
marketing

Mijozlar.
 
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, kompaniya mikromuhitida xaridorlar 
eng muxim ishtirokchilar hisoblanadi. Qiymat yetkazib beruvchi tarmoqningning 
maqsadi maqsadli mijozlarga xizmat ko`rsatish va ular bilan kuchli munosabatlar 
qurishdir. Kompaniya barcha turdagi yoki besh turdagi mijozlar bozori maqsad qilishi 
mumkin. Iste`molchi bozorlari o’z ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlar sotib oladigan 
alohida shaxs va xo`jaliklardan iborat bo`ladi. Biznes bozorlari tovar va xizmatlarni 
kelgusida qayta ishlash yoki o’z ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatish uchun sotib 
oladilar, vaholanki, tijorat vositachilari bozorlari tovar va xizmatlarni foyda olish 
maqsadida qayta sotish uchun sotib oladilar. Davlat bozorlari tovar va xizmatlarni 
ommaviy xizmatlar ishlab chiqarish yoki tovar va xizmatlarni ehtiyojmand boshqa 
shaxslarga berish maqsadida sotib oluvchi davlat muassalaridan iborat. Nihoyat, 
xalqaro bozorlar boshqa davlatlardagi xaridorlar, shu jumladan, iste’molchi, ishlab 
chiqaruvchi, tijorat vositachilari va hukumatdan iborat. Har bir bozor sub’ekti sotuvchi 
tomonidan puxta o’rganilishi talab etiladigan alohida xususiyatlarga ega.
3.3. Makromuhit: demografik muhit, iqtisodiy muhit,
tabiy muhit va texnologik muhit 
Kompaniya va boshqa sub’ektlari yirik makromuhitda kompaniya uchun 
imkoniyatlar ko’rinishida bo’lgan tahdidli kuchlarni boshqaradilar. 3.3-rasmda 
kompaniya makromuhitining oltita asosiy kuchi ko’rsatilgan. Hattoki, eng hukmron 
kompaniyalar ham marketing muhitida tez-tez sodir bo’ladigan bo’ronli va 
o’zgaruvchan kuchlarga nisbatan himoyasiz bo’lishi mumkin. Ushbu kuchlarning 
ayrimlarini oldindan ko’rib bo’lmaydi va nazorat qilib bo’lmaydi. Boshqalari bashorat 
qilinishi va mohir boshqaruv yordamida nazorat qilinishi mumkin. Tashqi muhitni 
tushunuvchi va unga yaxshi moslashuvchi kompaniyalar gullab-yashnashi mumkin. 
Ular qiyin holatlarga duch kelishi mumkin bo’lmaganlardir.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin