Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146
marketing

Sabab-bog’liq marketing. Xozirgi kunda ko’plab kompaniyalar ijtimoiy 
ma’suliyatni amalga oshiriib ko’rish va o’zlariga nisbatan ijobiy tasavvurni xosil qilish 
maqsadida o’zlarini munosib sabablar bilan bog’lashmoqda. Xozirgi kunda, xar bir 
mahsulot biror bir sababga bog’liqdek ko’rinadi. Misol uchun Toyota yaqinad 
“yaxshilik uchun 100 moshin” dasturini amalga oshirda, bunda o’zining 
“Facebook”dagi sahifasi orqali iste’molchilar ovozidan kelib chiqib notijorat 
tashkilotlariga 100 kun davomida yangi moshina taqdim qildi. “P&G”ning Tide 
Umidni yuklaydi dasturi tabiiy ofat xududlarida yashovchi oilalarni mobil kir yuvish 
shaxobchalari bilan ta’minladi, ushbu oilalarga P & G ning kir yuvish moshinalari, 
kiyim quritish uskunalarini bepul berdi. Bundan tashqari, muxtoj odamlar extimol 
“P&G”ning Duracell quvvat berish treylerlarini uchratishgan va u yerda bepul 
batareyalar va chiroqlar olish, shuningdek telefonlar va noutbuklarni zaryadlash 
imkoniyatiga ega bo’lishgan. Walgreens “Walgreens bilan yuring” dasturiga xomiylik 
qiladi – oddiy narsalarni xuddi yurgandek qil, maqsadlaringa erish, yoki veb 
saytimizda boshqa walkers lar postida komment qoldir va sen kuponlar bilan 
mukofotlanasan yoki Bayer, Vaseline, Degree, Slimfast, Dr. Scholls larning eksklyuziv 
takliflariga ega bo’lasan va boshqa hamkorlik dasturlari.
Ba’zi kompaniyalar butunlay sabab-bog’liq missiya asosida tashkil topgan. 
“Qadriyatlar asosidagi biznes” yoki “g’amho’r kapitalizm” kontseptsiyasi ostida 
ularning maqsadi dunyoni yaxshiroq joyga aylantirishga qaratilgan. Misol uchun
TOMS Shoes notijorat kompaniya sifatida tashkil etilgan - oyoq kiyimini sotishorqali 
daromad ko’radi. Lekin kompaniya bir xil darajada nodaromad maqsadni amalga 


62 
oshiradi - butun dunyo bo’ylab muxtoj bolalarga oyoq kiyimini taqdim etadi. TOMS 
dan sotib olgan xar bir poyafzalga, kompaniya sizni nomizdan muxtoj bolalarga bir juft 
oyoq kiyimi beradi. 
Sabab bilan bog’liq marketing korporativ xayriyaning asosiy shakli bo’lib qoldi. 
Bu kompaniyalarga “yaxshi bajar va yaxshilik qil” tamoyili orqali ularning masulotlari 
va xizmatlarini sotib olishni xayriya qilish yoki xayriya tashkilotlariga aloqador 
bo’lishlik imkoniyatini berdi. TOMS da “yaxshi qilbajar” va “yaxshilik qil” tamoyli 
yonma-yon amalga oshiriladi. Shuningdek bitta xarid qil-bitta xadya qil kontseptsiyasi 
juda yaxshi biznes strategiya deydi TOMS asoschisi Bleyk Mycoskie. “Biznes va 
xayriya hamda ijtimoiy xizmat bir-birini istisno qiluvchi bo’lishi shart emas. Aslida, 
ular birgalikda kelganda, ular juda kuchli bo’lishlari mumkin.”
35
Ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar bir qator qarama-qarshiliklarni vujudga 
keltirdi. Tanqidchilarning qo’rquvlar ijtimoiy ahamiyatli muammolar marketingi qayta 
aloqa emas, balki savdo strategiyasi bo’lib – o’z ahamiyatini xaqiqatda sababli 
foydalanish marketingiga bo’shatibb bergan. Shuning bilan ijtimoiy ahamiyatli 
muammolar marketingini qo’llaydigan kompaniyalar o’zlarini savdoni rivojlantirish 
yoki obro’sini oshirish orasidagi tig’ ustida yurgandek sezadilar va natijada 
foydalanishdagi ayblanishlari mumkin. Misol uchun 2011 yildagi yapon tsunamidan 
so’ng Microsoft ning Bing qidiruv dasturi Twitter dagi xabarnoma orqali Yaponiyaga 
moddiy yordam ko’rsatish uchun 1 dollarni exson sifatida so’ragan va bu holat xar bir 
xabar yuborilganida qaytarilaverganligi odamlarga salbiy ta’sir o’tkazgan. Ushbu holat 
Twit orqali Bing tomonidan Yaponiyadagi noxushlikdan foydalanib, marketing 
imkoniyati yaratganligidan Twitter foydalanuvchilarining juda ko’p shikoyatlariga 
asos bo’lgan. Microsoft zudlik bilan kechirim so’ragan
36
.
Binobarin, agarda ushbu marketingdan oqilona foydalanilsa ham kompaniyaga 
ham muammoning o’ziga ijobiy ta’sir olib keladi. Kompaniya o’z nufuzini oshirishda 
marketing orqali samarali vositaga ega bo’ladi. Saxovat tashkiloti yoki muammo 
tezroq atrof e’tiboriga sazovor bo’ladi va sezilarli moliyalanish, qo’llab quvvatlanish 
manbasiga ega bo’ladi. Ushbu turdagi marketinga AQShda 1990 yilda 120 mln dollar 
sarflangan bo’lsa 2012 yilga kelib 1.73 mlrd dollar sarflangan
37
.


63 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin