Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Insonlarning o’zlari to’g’risida qarashlari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146
marketing

Insonlarning o’zlari to’g’risida qarashlari. Insonlar o’zlariga yoki o’zgalarga 
xizmat qilishga bo’lgan tasavvurlariga asosan farqlanadilar. Ba’zi insonlar shaxsiy 
lazzat, quvnoqlik, o’zgarishlar yoki erkinlikka intiladilar. Boshqalari o’zlarini din, 
o’zgarishlar, nufuzlarini oshish yo’lidagi mashaqqatlari yoki boshqa xayotiy 
maqsadlari orqali namoyon qilishga intiladilar. Ba’zi odamlar o’zlarini aktsiyadorlar 
yoki qatnashchilar, boshqalari yakkaxon sifatida tasavvur etadilar. Insonlar 
maxsulotlarni, brendlarni va xizmatlarni o’zliklarini ko’rsatish usuli sifatida 
qo’llaydilar va o’zlariga bo’lgan tasavvurlariga ko’ra maxsulot va xizmatlarni xarid 
qiladilar.
Misol uchun Sherwin Williams paint ning “Sizning rangingiz uchun eng yaxshi 
rang orqali eng yaxshi ish qilish” deb nomlangan reklamasi kattaroq yoshdagi yoki 
tajribali insonlarga qaratilgandek tuyuladi. Bunga qarama –qarshi sifatida Benjamin 
Moore ning Facebook va boshqa media brendlar bilan birgalikdagi reklamasi 
individual modaga extiyojmand yoshlarga qaratilgan. Benjamin Moore ning bir 
bosmadagi reklamasi xar xil shriftlardan tashkil topgan uzun matndan iborat bo’lib, u 
Benjamin Moore ning lab bo’yoqlarini – “Dekabr oyida ko’chaga chiqqan 
vaqtingizdagi labingiz rangi va nam sochlaringiz hamda uzumli eskimoning erishidan 
xosil bo’lgan va yo’tal siropi rangi bilan qorishgan meni jim turishga majburlagan 
ko’lmak rangi orasidagi rang orasidagi rangdir. Qaynoq lablar. Ajoyib.” – deb 
ta’riflagan.
Insonlarni boshqa boshqalar xaqidagi tasavvuri. Odamlarni o’zaro va boshqalar 
bilan aloqasi vaqt o’tishi bilan o’zgargan. Taxlilchilar insonlarni intenetga sho’ng’ib 
ketganlari, ularni o’z kompyuterlari bilan aloqalari odamlar o’rtsaidagi munosbatlarga 
salbiy ta’siridan xavotirdalar. Ular elektron pochta orqali aloqa qilishlari va xat 
yozishlari o’zaro aloqaga putur etkazmoqda. Zamonaviy raqamli texnologiyalar 
“umumiy qorishish” erasini boshlab berdi deb ta’kidlaydilar trend taxlilchilar. Bir 
birlari bilan uchrashishni qisqartirish uchun munosabatlarda insonlar internet orqali 
ijtimoiy tarmoqlardan va mobil aloqadan foydalanadilar. Shuning uchun onlayn 
aloqalar ofllayn yoki jonli aloqani chegaralab bormoqda
38
.


65 
Bogan sari ko’pchilik intenetdagi xayotlarini uzaytirib bormoqdalar. Shu yo’sinda 
shu odamlarning o’zlari ko’proq boshqa “yaqin odamlar” bilan qo’shiladilar, 
uchrashadilar va yig’iladilar. Ijtimoy tarmoqlar va mobil aoqa umumiy qorishishni 
kuchaytirib, insonlarning “onlayn davrimizdagi” o’zaro bog’lanishlari to’g’risidagi 
mavjud me’yorlarga zid bo’lmoqda.
Ajablisi shundaki, bir necha avlodlarni mobil o’yin (zombi)manqurtlariga va 
avatarlarga aylantirganligi sababli e’tirozlarga sabab bo’lgan ushbu texnologiya 
bugungi kunda insonlarni uyidan chiqarishga ishlatilmoqda. Umuman olganda, 
insonlar qancha ko’p internetda muloqotda bo’lsa, ularning real hayotda uchrashish 
ehtimolligi kattadir. Ijtimoiy tarmoqlar xizmatlar yordamida Facebook (700 milliardan 
minut ortiq vaqtni bir oyda sarflaydigan milliardan ortiq foydalanuvchilar) kabilarda, 
insonlar turlicha ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirib, texnologiyalar insonlarning ijtimoiy 
faolligini pasaytiradi degan fikrni o’zgartirishga xizmat qiladi. Insonlar ijtimoiy 
chegaralangan bo’lishidan, bugungi kunda ko’proq o’zaro muloqot qilishni afzal 
ko’rishadi. 
Muloqotning yangi turlari kompaniyalarning o’z brendlarini sotilishiga va 
mijozlari bilan aloqalariga ta’sir ko’rsatadi. Tahlilchilarning biri aytishicha, 
“Iste’molchilar ko’p hollarda o’z tarmoqlariga do’stlarini, muhlislarini va izdoshlarini
ko’shib, qaysi turdagi tovarlar va xizmatlarni harid qilishni muhoqama qilishadilar”. 
“Natijada, brenlarning tarmoqlarda mavjud bo’lishidan jiddiy masala yo’qdir”. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin