71
oluvchi bu guruh, 2015 yilga kelib 1.5 trillion AQSh dollariga teng xarid quvvatiga ega
bo’lgan bo’lib, bu umumiy xarid quvvatining 11 foizini tashkil etadi.
Ispan-Amerikanlar boshqalar bilan bir qancha umumiy xususiyatlarga ega bo’lsa
ham, ularda katta tafovutlar ham mavjud. Ular boshqalarga qaraganda ko’proq
oilaparvar bo’lib, xarid jarayonida ham oila a’zolarining fikri katta ta’sir kuchiga ega.
Katta yoshdagi Ispan millatiga mansub a’zolar aynan
ularga nisbatan qiziqishini
ko’rsatgan brendlarga o’z sodiqligini ko’rsatishgan. Ispan millatiga mansub yosh
avlod uchun esa, ko’proq brend va mahsulot narxi muhimroqdir.
Ispan bozorining o’zida ham yoshi, millati, daromadi darajasi bilan farq qiluvchi
kichik segmentlar mavjud bo’lib, ayrim korxonalarning
mahsuloti Meksikan, Kosta
Rikan,
Argentina, Kubin kabi ayni bir millatga nisbatan boshqa bir ispan millat
vakillariga ko’proq mos kelishi mumkin.
Nestle, McDonald’s, Walmart, Tayota, Verizon, Google kabi kompaniyalar ushbu
tez rivojlanayotgan bozor segmentiga katta e’tibor qaratmoqda.
Misol uchun,
Googlening aniq-lashicha, 78 foiz Ispan-Amerikanlar asosiy axbo-rot vositasi sifatida
internetdan foydalanishini, shuningdek ular 58 foiz ehtimoli bilan internet saytlaridagi
reklamalarning ustiga kursorni bosib internet provayderlar uchun foyda keltirishini
hisobga olsak, bu ancha daromad keltiruvchiligiga guvoh bo’lamiz. Bunga javoban,
Google, mamlakat bo’ylab turli kompaniyalarga shu millat vakillari bo’lgan
is’temolchilar uchun
reklama roliklarini tayyorlab, internetga joylashtirishga
ko’maklashuvchi “maxsus guruh” ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, ushbu millat vakillari boshqalarga nisbatan uch marta ko’proq
do’konlarga
chiqishini hisobga olsak, Nestle, General Mill va boshqa oziq-ovqat
kompaniyalar o’z mahulotlarini aynan ispan millatiga mansub aholi ko’p
yashovchi
joylardagi do’konlarga yetkazishga raqobatchi hisoblanadi. Jumladan,
Nestle ikki
tomonlama marketing siyosatini olib boradi. Misol uchun 2 ta tilli veb sayt
(
www.elmejornido.com
), Facebook sahifasi va television
reklamalarni keltirishimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: