Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Marketing tadqiqotlari orqali axborot to‘plash usullari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146
marketing

 
5.3. Marketing tadqiqotlari orqali axborot to‘plash usullari 
So’nggi paytlardagi axborot texnologiyalari sohasidagi inqilob, kompaniyalar 
uchun ulkan miqdordagi axborotni to’plashlariga imkon bermoqda. Bundan tashqari 
iste’molchilarning o’zlari ham cheksiz marketing axborotini hosil qilishmoqda. 
Elektron pochta, “SMS”, “Facebook”, “Twitter” va boshqa raqamli kanallar orqali 
iste’molchila rbir-birlari va kompaniyalar uchun pastdan yuqoriga xarakatlanuvchi 
axborot oqimini o’zlari bilmagan holda yuzaga keltirmoqdalar. Bunday axborot 
oqimiga kira olgan kompaniyalar mijozlarni tez va kam xarajat bilan yanada yaxshi 
tushunadilar. 
Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish, muayyan davr 
mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini 
o‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda 


102 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va undan 
qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan 
bo‘ladi.
Chunki, bozorda ro’y berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va 
ta’sirchanligi yuqoridir. Shu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida 
auditlik bilan axborot olish, uning imkoni boricha to‘laligini, ishonchliligini ta’minlash 
talab etadi, bunday tarzda axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi hisoblanadi. 
Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p qo‘llaniladigan 
axborot yig‘ish uslubi sanaladi. Kuzatish o‘z navbatida bir qator turkumlash belgilariga 
ko‘ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalarida etarli ma’lumotlar berilgan. 
5.4-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari 
Kuzatish asosida o‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonga xos bo‘lgan axborotni 
yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish muayyan 
majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday 
kuzatish odatda ko‘p vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo 
ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish, tegishli 
hududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro‘yxatga olish va h.k. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin