Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146
marketing

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 
2. Marketing axborotini asosini nimalar tashkil etadi? 
3. Amaliyotda axborot to‘plashni qanday uslublari qo‘llaniladi? 
4. Axborot to‘plashni imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz? 
5. Axborotlarni tahlil qilish qanday olib boriladi? 
6. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan 
foydalaniladi? 
7. Axborot manbalari nimalardan iborat? 
8. Dala tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz? 
9. Marketing axborotlarini to‘plash uslublariga nimalar kiradi? 
10. Marketing axborotlari turlarini asoslang? 


107 
6-BOB. TOVAR VA XIZMATLAR: ISTE’MOL QIYMATINI OSHIRISH 
6.1. Tovar nima? Tovarlar, xizmatlar va ularning tasnifi 
Tovar – bu ehtiyojni yoki hohishni qondira oladigan va bozorga e’tiborni tortish, 
sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. 
Bular fizik ob’ektlar, xizmatlar, shaxslar, joylar, korxonalar va g‘oyalar bo‘lishi 
mumkin. 
Xizmat – bu sotuvga taklif etiladigan, foydalilik yoki ehtiyojlarni qondirish 
usullari bo‘lib, u har qanday turdagi foydali faoliyatdir. 
Tovarlar, Xizmatlar va Tajribalar.
 
Tovarlar bozorga kiritilgan umumiy 
taklifning asosiy elementi hisoblanadi. Marketingni (mix) rejalashtirish xaridorlar 
uchun qiymatga ega bo’lgan taklif yaratishdan boshlanadi. Bu taklif kompaniya uchun 
foydali xaridor munosabatlarini qurish uchun asos bo’ladi. 
Kompaniyaning bozorga chiqargan taklifi odatda moddiy tovar va xizmatdan 
tahskil topadi. Ba’zi holatlarda, taklif sof moddiy tovardan tashkil topishi mumkin va 
bunda xech qanday xizmatlar taklif qilinmaydi. Boshqa holatlarda esa, sof xizmatlar 
bo’lishi mumkin va bunda faqatgina xizmatlar taklif qilinadi. Bunga moliyaviy 
xizmatlar yoki shifokor ko’riki kiritsh mumkin. Shu ikki holatning o’rtasida, ko’pgina 
tovar-xizmat aralashmalari( kombinatsiyalari) bo’lishi mumkin. 
Bugungi kunda, tovarlar va xizmatlar o’xshash bo’lib borgani sari, ko’pgina 
kompaniyalar xaridorlar orasida qiymatga ega bo’lishning yangicha yo’llarini topib 
bormoqdalar. O’z takliflarini ajratib turishi uchun, shunchaki tovar ishlab chiqarish va 
xizmat ko’rsatish bilan cheklanib qolmay, ular mijozlar uchun alohida taasurot yaratish 
va boshqarishga urinmoqdalar. 
Taasurot kompaniyalar uchun doim marketiningning muhim qismi bo’lib kelgan. 
“Disney” yillar davomida o’z filmlari va parklari orqali orzular va xotiralar yaratib 
kelgan. “Nike” esa uzoq vaqtdan buyon ‘Oyoq kiyimning o’zi emas u sizni qayerga 
olib borishi muhimroqdir’ shiori ostida ish olib boradi. Bugungi kunda esa, ko’pchilik 
kompaniyalr o’zlarining tovarlarini va xizmatlarini yangi taassurotlar yaratish 
maqsadida o’zgartirib bormoqdalar. ●Masalan, “Starbucks”ning xizmatlari shunchaki 


108 
qahvadan anchagina qiymatliroqdir: 
30 yil burun, Howar Schultsga Amerikaga Yevropa uslubidagi qahvaxona olib 
kelish fikri keldi. Uning fikricha, shaxslar biroz to’xtab,‘qahvaning hididan bahra olib’
hayotdan zavqlanishlari kerak edi. Natijada, “Starbucks” dunyoga keldi. Bu qahvaxona 
shunchaki qahva emas, mijozlarning hayotini boyituvchi “Starbucks” taassurotini 
taklif qiladi. Qahva hidi, bug’ning tovushi va qulay o’rindiqlarning barchasi Starbucks 
muhitin yaratishga hissa qo’shadi. “Starbucks” mijozlarga ‘uchinchi manzil’ – uydan
ham, ishdan ham ham uzoq va suxbat va jamoa hissi uchun imkoniyat beradigan joyni 
– taklif qiladi. Natijada, oddiy qahvani 4 dollarlik shoxona tovarga aylantirdi va 
kompaniyaning foydasi qahvadan chiqayotgan bug’ kabi ko’tarilib kelmoqda. 
Taasurotlarni bozorga taklif qiluvchi kompaniyalar mijozlar shunchaki tovar yoki 
xizmatni sotib olmayotganliklarini yaxshi tushunadilar. Ular bu takliflar ularga 
beradigan taassurotni sotib olmoqdalar. “BMW” reklamasi buni shunday tushuntiradi: 
‘Biz uzoq vaqt avval shaxslar maxulotdan oladigan xissiyot tovarning o’zidek 
muhimdir.’ 
Tovar loyihachilari tovar va xizmat haqida uch darajada fikrlashlari kerak.(6.1-
rasm). Har bir daraja tovar qiymatini oshiradi. Birinchi daraja tub qiymat deb ataladi 
va ‘Xaridor nimani sotib olmoqda?’ degan savolga javob beradi. Tovarni ishlab chiqish 
jarayonida, marketologlar avvalo xaridorlarga talab qiladigan asosiy, muammo xal 
qiluvchi foydalar va xizmatlarni hisobga olishlari lozim. Lab bo’yog’i sotib olayotgan 
ayol shunchaki lab uchun rang sotib olmayapti. Revlonda ish olib boruvchi Charles 
Revson buni erta anglagan: ‘Zavodda biz kosmetika ishlab chiqaramiz; Do’konlarda 
esa umid sotamiz’. Apple iPad sotib olayotgan shaxslar ham shunchaki planshet sotib 
olmayaptilar. Ular o’yin-kulgu,o’z-o’zini ifoda qilish, va oila va do’stlar bilan aloqa - 
ya’ni dunyoga shaxsiy va mobil ko’zgu sotib olmoqdalar.
Ikkinchi darajada, Tovar loyihachilari yuqorida aytilgan asosiy foydalarni xaqiqiy 
tovarga joylashtirishlari lozim. Ular tovar va xizmatning xususiyatlari, dizayni, sifat 
darajasi, brend nomi va qadoqini yaratishlari kerak. Masalan, “iPad” xaqiqiy tovar. 
Uning nomi, qismlari, uslubi, funksiyalari va tashqi ko’rinish va boshqa xususiyatlari 
aloqda bo’lish tub qiymatini yaratish maqsadida birlashtirilgan. 


109 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin