Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Tovarlarning o‘ziga xosligi va xizmatlar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146
marketing

 
6.2. Tovarlarning o‘ziga xosligi va xizmatlar
uchun qaror qabul qilish 
 
Marketologlar uch bosqaichda tovar va servis qarorlarini qabul qiladilar: yagona 
tovar qarorlari, tovar guruhi qarorlari va tovar miksi qarorlari. 
6.2 –rasm alohida tovar va servisni yaratish va bozorga olib chiqish jarayonida 
muhim bo’lgan qarorlarni ko’rsatadi. Biz tovar xususiyatlari, brendlash, qadoqlash, 
yorliqlash va tovarqo’llab-quvvatlash xizmati bilan bog’liq qarorlar haqida so’z 
yuritamiz. 
6.2 –rasm. Alohida tovar bo`yicha qarorlar 


116 
Tovar yoki xizmat yaratish uning mijozlarga keltiradigan foydasini aniqlashni o’z 
ichiga oladi. Ushbu foydalar sifat, funksiyalarvauslub va dizayn kabi xususiyatlarda 
o’zini namoyon etadi. 
Tovar sifati marketologlarning asosiy pozisiyalash vositalaridan biridir. Sifat 
tovar va servisning ishlash darajasiga ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun u mijozlarning 
qoniqishiga to’g’ridan to’g’ri bog’liqdir. Eng tor ma’noda, sifat ‘kamchiliklardan 
holilik’ deb ta’riflanishi mumkin. Lekin ko’pgina marketologlar bu tor doirali ta’rif 
bilan cheklanmaydilar. Buning o’rniga ular sifatni mijozlarning qoniqishi darajasiga 
bog’laydilar. Amerika Sifat Jamiyati sifatni tovar toki xizmatning o’zida belgilanga 
mijoz ehtiyojlarini qoniqtira olish xususiyati deb ta’riflaydi. Shunga o’xshash tarzda, 
Siemens sifatga ‘Xaridorlarning qaytib kelish va tovarlarning qaytmasligi’ deya ta’rif 
bergan. 
Umumiy sifat boshqaruvi(USB) shunday yondashuvki, unda kompaniyaning 
barcha ishchilari tovar, xizmat va biznes jarayoni sifatini ko’tarishga doimiy tarzda 
harakat qiladilar.
Ko’pgina muvaffaqqiyatli kompaniyalar uchun, mijozlar tomonidan belgilangan 
sifat darajasi bizness amalga oshirishni asosiy tamoyili bo’lib qolgan. Bugungi kunda, 
kompaniyalar sifatdan daromad yo’sinida ish olib bormoqdalar va bunda sifatni 
natijaga eltuvchi asosiy kuch sifatida qaramoqdalar. 
Tovar sifati ikki o’lchamga ega: daraja va doimiylik. Tovar yaratish jarayonida, 
marketolog tovarga mos keluvchi sifat darajasini tanlashi lozim. Bu holatda, tovar 
sifati ijro sifati- ya’ni tovarning o’z funksiyalarini amalga oshira olish qobiliyati- ga 
teng bo’ladi. Masalan, Rolls-Royce Chevroletdan ko’ra yuqoriroq ijro sifatiga ega:U 
ravonroq, shoxonaroq ruhga va ko’proq qulayliklarga ega va uzoqroq yashaydi. 
Kompaniyalar kamdan kam eng yuqori ijro sifatini taqdim etadilar, chunki kamdan 
kam xaridorlarning Rolls-Royce avtomobili, Viking plitalari yoki Rolex soatlari kabi 
yuqori sifatli tovarlarni sotib olishga qurbi yetadi. Shuning uchun, kompaniyalar 
belgilangan bozorga va ushbu bozordagi raqobatchilarning sifat darajasiga mos 
keluvchi sifat darajasini tanlaydilar. 


117 
Sifat darajasidan tashqari, yuqori sifat sifatning doimiyligini ham bildiradi. Bu 
holatda, tovar sifati sifat doimiyligi – ya’ni kamchiliklardan holilik va belgilangan sifat 
darajasininig o’zgarmasligi – ni bildiradi. Barcha kompaniyalar yuqori sifat 
doimiyligiga erishishga harakat qilishlari lozim. Shu ma’noda, Chevrolet Rolls-Royce 
bilan teng sifatga ega bo’lishi mumkin. Garchi ijro sifati teng darajada bo’lmasada, 
Chevrolet mijozlarlar pul to’laydigan va kutadiga sifat darajasini doimiy va o’zgarmas 
ravishdar yetkazib beradi va bu Chevroletning sifat darajasini oshiradi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin