Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
marketing

Xizmatning daromad zanjiri. Xizmat ko’rsatish biznesida, mijoz va ishchi 
muloqotga kirishgan holda birga xizmatni yaratadilar. Muloqot samaradorligi esa, 
ushbu ishchilarning qobiliyatlari va ularni qo’llab turgan qo’llab –quvvatlash 
xizmatiga bog’liq. Shuning uchun muvaffaqqiyatli xizmat ko’rsatish kompaniyalari 
ham mijozlarga ham ishchilarga e’tibor berishlari shartdir. Ular daromadni ishchilar va 
nijoz qoniqishi bilan bog’lab turuvchi Xizmat daromad zanjirini yaxshi yushunadilar. 
Ushbu zanjir 5 qismdan iborat: 
Ichki xizmat sifati: yuqori sifati ishchilar tanlash va tayyorlash, sifatli ish 
muhiti, va mijozlar bilan muloqotga kirishuvchi ishhilarni qo’llab-quvvatlash va bu 
quyidagiga olib keladi.. 
Qoniqqan va samarali xizmat ishchilari: sodiq, mehnatkash va qoniqqan 
ishchilar va bu quyidagiga olib keladi.. 
Yuqori xizmat qiymati: xizmat qiymati va qadrini samarali oshirish va xizmatni 
yetkazib berish va bu quyidagiga olib keladi 


129 
Qoniqqan va sodiq mijozlar: sodiq mijozlar qayta-qayta harid qiladilar va 
boshqa mijozlarga taklif qiladilar va bu quyidagiga olib keladi.. 
Xizmatdan yuqori daromad va o’sish: yuqori darajadagi daromad va ish sifati.. 
Xizmat ko`rsatish marketing “4 P”lardan foydalanib, oddiy tashqi marketingdan 
ko`ra ko`proq narsani talab qiladi. 6.4-rasm shuni ko`rsatadiki, xizmat ko`rsaish 
marketingi shu bilan birga ichki va interaktive marketingni talab qiladi. Ichki 
marketingda xizmat ko`rsatuvchi firma o`zining xaridorlar bilan aloqada bo`ladigan 
ishchilarini ruhlantirib, xizmat ko`rsatuvchilarni xaridorlar talablarini qondirishlari 
uchun bir jamoa bo`lib ishlashlariga e`tibor qaratadi. Marketologlar tashkilotdagi har 
bir ishchini bor etiborini xaridorlarga qaratishini taminlashi kerak. Bunga isbot, ichki 
marketing tashqi marketingdan oldinda turishidir. Misol uchun, “Zappos” ishchilarni 
ishga olishda ularni faqat munosib bo`lganlarini olib, ularni xaridorlarga parallel 
bo`lmagan ravishda xizmat ko`rsatishlari haqida ruhlantirib boradi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin