Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146
marketing

Reklamaning vazifalari tovarlar va xizmatlar haqida, ularning xususiyatlari va 
sotish shartlari, ishlab chiqaruvchi firmalar haqida xabardor qilishdan iborat. Ular 
muayyan reklama maqsadlarini bajarish davomida bosqichma-bosqich hal etiladi. 
Reklamaning asosiy vazifalari uch guruhga ajratiladi: 
➢ tijorat vazifalari – sotuvni rag’batlantirish, savdoning o’sishi, foydaning 
ortishi, tovar aylanmasining tezlashuvi, foyda keltiradigan hamkorlar izlab topish; 
➢ notijorat vazifalari – siyosiy maqsadlarni amalga oshirish, ma’naviy 
negizlarni mustahkamlash, tabiatni asrash, kasallanishlarni pasaytirish, diniy 
tadbirlarni qo’llab-quvvatlash va b.; 


139 
➢ imidj bilan bog’liq vazifalar – tovar va firma obrazini, firma va uning 
mahsulotlari nufuzliligini shakllantirish. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, asosiy vazifalar tijorat vazifalari, ya’ni 
reklamaning iqtisodiy vazifalari hisoblanadi, notijorat vazifalari esa ikkilamchi rol 
o’ynaydi. Boshqalar esa reklama jamoatchilik missiyasini birinchi navbatda takror 
ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini oshirishni rag’batlantirish, odamlarni oqilona 
iste’mol qilishga yo’naltirish, ularning madaniy va ta’lim darajasini oshirishga 
ko’maklashish yo’li bilan bajaradi. 
Reklama vazifalarini qo’yishda tovar markasining tovar toifasidagi pozisiyasini, 
tovarning hayotiylik davri bosqichi va uzunligini, iste’molchilarning tovar haqida 
xabardorlik darajasini, tovar bozori kon’yunkturasini hisobga olish zarur. 
Umuman olganda, reklama bozorda quyidagi vazifalarni hal etadi: tovar yoki 
xizmatning taniqli bo’lishiga xizmat qilish va unga nisbatan ishonchni mustahkamlash; 
tovarning ulgurji va chakana savdogarlar tomonidan qabul qilinishini ta’minlash va 
uning tarqatilishiga ko’maklashish; muayyan markali tovarga talabni rag’batlantirish; 
raqobatchilarning markali tovarlari bilan qarshi kurash; yangi tovarni (xizmatni) 
bozorga chiqarish muddatlarini qisqartirish; yangi g’oya, hodisa, bayramni 
ommaviylashtirish; so’rovlarni rag’batlantirish yo’li bilan sotuvning o’sishini 
ta’minlash; sotuvchining ishonchi komilligini mustahkamlash; tovarni yangi o’rovda 
taqdim etish; imtiyozli bitimlar yoki takliflar haqida e’lon qilish; yangi tovar (izmat) 
mohiyatini tushuntirib berish; imidjni takomillashtirish yoki nufuzni o’zgartirish; 
potensial xaridorlarni, ko’rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurishga undash. 
Reklamaning asosiy vazifalari sotuvchi bozorining rivojlanish bosqichiga qarab 
o’zgaradi (7.1-jadval). 
Tovar savdosini rag’batlantirish maqsadida tarqatiladigan tovar haqidagi 
axborotlardan tashqari, reklama boshqa muhim vazifalarni ham bajaradi, chunonchi: 
ishlab chiqaruvchi korxona, uning tarixi, nufuzi, ishlab chiqaradigan mahsulotlari, 
yutuqlari va mijozlari haqida bilimlarni tarqatish; reklama beruvchi korxona foydasiga 
qaror qabul qilishga ta’sir etuvchi shaxslarga ta’sir ko’rsatish; mijozlar bilan 
muzokaralar paytida xizmat xodimlariga yordam berish; jamoatchilik tomonidan 


140 
korxonaga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirish; reklama beruvchining 
mahsulotlariga nisbatan noto’g’ri tushuncha mavjud bo’lgan hollarda uni bartaraf 
qilish; mahsulot sotib olgan kishilarda ijobiy hissiyotlarni qo’llab-quvvatlash, ularda 
to’g’ri tanlovni amalga oshirgani haqida ishonchni qo’llab-quvvatlash; servis haqida, 
ya’ni korxona xaridorlar haqida ular mahsulotni xarid qili bo’lganidan so’ng ham 
qayg’urishi haqida ma’lumotlar tarqatish; ishlab chiqaruvchi korxona mustahkam va 
ishonchli ekanligi, zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni aniq va shubhasiz 
bajarishini ko’rsatish; mahsulot sinovlari va xaridorlarda ijobiy taassurot qoldirish 
uchun uning sifatlari yaxshilangani haqida hikoya qilish. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin