Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146
marketing

Tashkiliy Yondashuv. Ko`pgina sotuv rastalari mustaqil ravishda egalik 
qilinishlariga qaramay, boshqalar bazi korporatsiya shakli yoki shartnomaviy tashkilot 
asosida bir brendga birlashadilar. 8.2-jadval 4 ta asosiy bo`lgan sotuv tashkilotlari 
turlarini tasvirlaydi: korporativ tarmoqlar, ixtiyoriy tarmoqlar, sotuv kooperativlari va 
imtiyozli tashkilotlar. 
Korporativ tarmoqlar odatiy egalik qilingan va boshqarilgan ikki yoki undan 
ko`proq fabrika do`konlaridir. Mustaqil tarmoqlarga qaraganda ularning imtiyozlari 
ancha ko`p. Ularning hajmi ularga katta miqdordagi arzonroq narxlarda sotib olish va 
reklama iqtisodini to`plashga imkon beradi. Ular narxlash, targ`ibot, savdo, hom-ashyo 
boshqaruvi va savdo ehtimolliklarini hal qilish uchun mutaxasislarni ishga olishlari 
mumkin.
Korporativ tarmoqlarning eng katta yutug`i ko`pkina mustaqil ravishda faoliyat 
yurituvchilarni 2 turli bo`lgan shartnomaviy tashkilotlar shaklining biri ostida 
birlashishlariga sabab bo`ldi. Bu turlarning biri ixtiyoriy tarmoq- ulgurji 
savdogarlarning mustaqil guruhlaridir va ular guruh bo`lib sotib olish va odatiy 
savdoda guruh bo`lib ishtirok etadilar. “Independent Grocers Alliance”, “Western Auto 
va Do-It Best” apparatlari bunga misol bo`lishlari mumkin. Shartnomaviy 
tashkilotlarning yana bir turi sotuv kooperativi- mustaqil savdogarlarning guruhi 
bo`lib, birgalikda egalik qilish, markaziy ulgurji savdo jarayonlarini amalga oshirish, 
birgalikdagi savdo va reklama sayi-harakatlarini amalga oshirish uchun 
birlashadilar.Bunga misol: “Associated Grocers” va “Ace Hardware”. Bu tashkilotlar 
mustaqil faoliyat yurutuvchilar uchun ular erishishni istagan korporatsiya tarmoqlari 
narxlariga erishib sotib olish va reklama qilish iqtisodiga erishishlarini taminlaydi.
Shartnoma asosida tuziluvchi tashkilotning yana bir shakli bu imtiyozli tashkilot 
franchayz hisoblanadi. Franchayz va boshqa shartnoma asosida tuziluvchi tizimlar 
orasidagi asosiy farq shuki, franchayzinglar odatda yagona mahsulot yoki xizmatga 
asoslanadi; biznes yuritishning metodikasi; savdo nomi, iltifotlilik darajasi yoki 


166 
imtiyoz beruvchi rivojlantirilgan patenti. Franchayzing fastfud restoranlarida, kichik 
mehmonxonlarda, fitness sport markazlarida, avtomobil savdosida, xizmat ko`rsatish 
dillerliklarida va haqiqiy mullk agentliklarida mashhur bo`lib qoldi. Biroq, imtiyoz 
berish shunchaki burger qo`shilmalari va sport markazlardan ko`ra ko`proq narsalar 
bilan ish ko`radi. Imtiyozlar har qanday ehtiyojni qondirish uchun yaratiladi. Misol 
uchun, “Mad Science Group” imtiyoz oluvchilari (filiali) maktablar, ko`cha zobitlari 
guruhlari va tug`ilgan kun bazmlari uchun ilmiy dasturlarni ishlab chiqadilar. “Merry 
Maid” uyni tartibga keltirayotgan paytda janob Handyman uy-joymulklarini 
tamirlaydi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin