Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Ulgurji savdo va ularning fuknsiyalari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146
marketing

8.3. Ulgurji savdo va ularning fuknsiyalari 
Ulgurji savdo mahsulotlarni va xizmatlarini qayta sotishga yoki biznesda yo’lida 
ishlatish uchun sotishdagi jaroyonni o’z ichiga oladi. Birinchi navbatda ulgurji savdo 
qiluvchi firmalar ulgurji sotuvchilar deyiladi. 
Ulgurji sotuvchilar ko’pincha ishlab chiqaruvchidan sotib olishadi va chakana 
sotuvchilar, sanoat is’temolchilar va boshqa ulgurji sotuvchilarga sotishadi. Natijada 
millatning katta va eng muhim ulgurji sotuvchilarining ko’pi so’ngi is’temolchilarga 
tanish emas. Misol uchun siz hech qachon Grainger haqida eshitmagansiz, garchi u 
juda ham mashhur va 157 davlatdagi 2 milliondan ortiq biznesi va institutsional 
is’temolchilar tomonidan juda qadrlanadi. 
Grainger siz hozirgacha eshitgan eng ulkan bozor yetakchi deyish munkin. U $81 
billionlik biznes qaysiki 30 ta davlatdagi 3500 ishlab chiqaruvchilardan 1 million ichki, 
ta’mirlash va ishlovchi mahsulotlarni 2 million aktiv is’temolchilarga yetkazib beradi. 
Uning tarmog’i, servis markazlari, sotuv vakillari, katalogi va onlayn saytlari orqali 
Grainger is’temolchilarini fabrikalarini bir tekisda yurushi uchun ta’minot – yoriqich 
lampochkalari, tozalovchilardan tortib bolitlar, motorlar, klapanlar, elektr uskunalar, 
tekshiruvchi asboblar va havfsizlik xizmatlarigacha bo’lgan har qanday narsa – bilan 
bog’laydi. Graingerning 711 filiali, 28 rejalangan holda joylashtirilgan tarqatuvchi 
markazlari, 21500ga yaqin ishchisi va zamonaviy saytlari 11500 dan ortiq 
operatsiyalarni olib boradi. Graingerning is’temolchilari fabrikalar, garajlar va 
sabzavot do’konlaridan tortib maktablar va harbiy bazalar kabi tashkilotlardan 
iboratdir. Grainger oddiy g’oyalarga asosan ish yuritadi: is’temolchilar MRO 
ta’minotini topib va sotib olishlarida osonroq va orzonroq bo’lishi uchun. U 
fabrikalarni ishlashiga kerak bo’ladigan mahsulotlar uchun bir qadamlik do’kon 
sifatida hizmat qilmoqda.Kengroq olganda u MRO muammolarga javob topishga 


168 
yordam berish orqali is’temolchilar bilan uzoq muddatli aloqa tuzmoqda. Maslahatchi 
sifatida ishlab Grainger sotuvchi vakillari haridorlarga ta’minotlari zanjirini 
boshqarishni rivojlantirishdan tortib zaxirani va bug’ga ishlovchi omborxonalar 
ishlashini kamaytirishgacha bo’lgan har narsada harid qiliuvchilarga yordam berishadi. 
Ho’sh qanday qilib siz Grainger haqida hech ham eshitmagansiz?Balki buning sababi 
kompaniya har bir biznesga muhim lekin oddiy is’temolchilarga unchalik muhim 
bo’lmagan MRO ta’minotchilikning mashhur bo’lmagan dunyoda ish olib 
borganligidir.To’lig’roq aytganda Grainger ulgurji sotuvchi ekanligi sababli.Va 
ko’plab ulgurji sotuvchilar kabi u ko’pincha boshqa bizneslarga sotib sahna ortida ish 
olib boradi.
Nima sababdan ulgurji sotuvchilar chakana sotuvchilar uchun juda muhim 
hisoblanadi? Misol uchun nima sababdan ishlab chiqaruvchilar to’gridan to’g’ri 
chakana sotuvchilarga o’zlari sotishning o’rniga ulgurji sotuvchilarning xizmatidan 
foydalanishadi. Oddiygina qilib aytganda ulgurji sotuvchilar quyidagi jarayonlarni 
bajarish orqali foyda qo’shishadi:
Sotish va yordam berish: Ulgurji sotuvchilarning sotuv kuchlari ishlab 
chiqaruvchilarga ko’plab kichik is’temolchilar bilan kam harajat qilib bo’g’lanishiga 
yordam beradi. Ulgurji sotuvchilar ko’plab aloqaga ega va is’temolchilar tomonidan 
ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko’proq ishoniladi.
Sotib olish va saralash binolari: Ulgurji sotuvchilar buyumlarni tanlashadi va 
is’temolchilarning o’rniga, ularning vaqtini saqlash uchun, saralash jarayonini olib 
borishadi.
Qismlarga ajratish: Ulgurji sotuvchilar katta holatda sotib olib va keyin kichik 
qismlarga mahsulotni bo’lish orqali haridorlarini pulini saqlab qolishadi. 
Zaxirada saqlash: Ulgurji sotuvchilar zaxira ushlab turishadi va bu orqali zaxira 
saqlash va ta’minotchi yoki is’temolchining xavfini kamaytiradi. 
Tashish xizmati: Ulgurji sotuvchilar oluvchilarga tezlik bilan yatkazib borish 
xizmatini berisha olishadi chunki ular ishlab chiqaruvchilardan ko’ra sotib 
oluvchilarga yaqinroq joylashishgan. 


169 
Moliyaviy ta’minot: Ulgurji sotuvchilar is’temolchilarini kredit berish orqali 
moliyaviy yordam berishadi va ular erta buyurtma berish va to’lovni o’z vaqtida 
bajarish orqali ta’minotchilarga ham moliyaviy ko’maklashishadi. 
Xavfni o’ziga olish: Ulgurji sotuvchilar o’g’rilik, ziyon yetishlik, buzilish va 
eskirib qolish kabi xavflarni o’z zimmalariga olishadi. 
Bozor ma’lumoti: Ulgurji sotuvchilar ta’minotchilar va is’temolchilarga 
raqobatchilar, yangi mahsulotlar va narx o’zgarishlari haqida ma’lumot berib turishadi. 
Boshqaruv xizmatlari va maslahatlari: Ulgurji sotuvchilar chakana sotuvchilarga 
yangi sotuvchilarini o’rgatmoqlariga, do’kon ko’rinishini va joylashuvini 
o’zgartirishga va buxgalteriya va zaxira sistemalirini yo’lga qo’yishga ko’pincha 
yordam beradi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin