Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash



Yüklə 22,08 Kb.
tarix25.11.2023
ölçüsü22,08 Kb.
#134848
Eritmadagi temir 2


Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash
Temir (II) ioni elektronlar bilan to‘liq to`lmaganligi uchun xromofor xossasiga ega. Shuning uchun uni aniqlashda sulfosalitsil kislota kabi rangsiz reagentlardan ham foydalanish mumkin. Temir (II) ning sulfosalitsilat bilan hosil qilgan kompleksi rangli bo`lib , rang ligandning orbitalida lokallangan elektronning metall atomidagi bo‘sh orbitalga o‘tishi hisobiga paydo bo`lad i. Eritmaning kislotaliligiga qarab temir (II) sulfosalitsil kislota (2—gidroksi-5— sulfobenzoy) bilan tarkibi har xil bo`lgan komplekslar hosil qiladi.
Keys topshiriqlari:
1. Sulfosalitsil kislota yordamida temir (II)ni aniqlang.
2. Ishni bajarish tartibini yozing.
Keys javoblari:
Sulfosalitsil kislota yordamida temir (II)ni aniqlash. Eritmaning pH qiymati 1,8 dan 2,5 gacha bo`lsa, qizil-binafsha rangli (λmax=510nm va ε= 1800) monosulfosalitsilat, pH=4,0-8,0 bo`lganda disulfosalitsilat va pH=8,0—11,5 bo`lganda sariq rangli (λmax-416 nm va ε=5800) trisulfosalitsilatli komplekslar hosil bo`ladi. Kislotali muhitda mis va aluminiyning sulfosalitsilatli komplekslari temir (II) nikiga qaraganda beqarorroqdir. Shu bois bu ionlar temirni aniqlashga xalaqit bermaydi. Temirning trisulfosalitsilatli kompleksi yetarli darajada barqaror bo`lganligi uchun eritmada atsetat, borat, fosfat va ftorid ionlari bo`lgan vaqtda ham temirni aniqlash mumkin.
Ishni bajarish tartibi. Asosiy standart eritma tayyorlash uchun kimyoviy toza NH4Fe(SO4)2 · 12H2O temir achchiqtoshidan tarozida 0,5190 g tortib olib, u hajmi 100 ml bo`lgan kolbaga solinadi.
Eritmani nordonlashtirish uchun kolbaga 10 ml suyultirilgan (1:1) sulfat kislota va belgisigacha distillangan suv quyiladi. Bunda standart eritmaning konsentratsiyasi 0,06 mg/ml bo`ladi. So‘ngra sulfosalitsil kislota va ammiakning 10 % li eritmalari tayyorlanadi. Keyin beshta standart ishchi eritma quyidagicha tayyorlanadi: beshta 100 ml hajmli kolbaga asosiy standart eritmadan 1,2, 3,4 va 5 ml o`lchab quyiladi.
Har bir kolbaga sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan ham 10 ml dan qo‘shiladi. Kolbalarga belgisigacha distillangan suv quyilib, eritmalar yaxshilab aralashtiriladi. Standart eritmalarning erituvchiga nisbatan optik zichliklari λ=416 nm to`lqin uzunligida besh martadan o`lchanadi. Ishlatiladigan erituvchini tayyorlashda 100 ml hajmli kolbaga 10 ml sulfosalitsil kislota, 10 ml ammiak eritmalari quyiladi va kolba belgisigacha distillangan suv bilan to`ldiriladi. O`lchash natijalarining o‘rtachasi topilib, eritmaning optik zichligi va konsentratsiyasi orasidagi bog`lanishni ifodalovchi darajalash chizmasi tuziladi.
Tarkibida 0,1 dan 0,6 mg gacha temir bo`lgan namuna 100 ml sigimli kolbaga o`tkaziladi. Unga 10 % sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan 10 ml dan quyiladi, hamda distillangan suv qo‘shib eritma sathi kolbaning belgisiga qadar yetkaziladi. Shundan so‘ng tekshiriladigan eritmaning optik zichligi o`lchanadi va uning konsentratsiyasi topiladi. Olingan natijalar yordamida namunadagi temirning umumiy miqdori hisoblanadi.

Po'lat tarkibidagi nikel miqdorini fotometrik aniqlash
Analizning fotoelektrokolorimetrik metodlari juda ko`p kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini aniqlashda qo`llaniladi. Bu metodlar yordamida tog` jinslari, rudalar, neft, tabiiy, biologik, ekologik obyektlar, sanoat mahsulotlari va boshqa obyektlar namunalari tarkibini aniqlashda foydalanish mumkin. Fotoelektrokolorimetrik analiz sanoatining turli tarmoqlarida, qishloq xo`jaligida, tibbiyotda, farmatseftikada, atrof-muhitni muhofaza qilishda va boshqa sohalarda keng qo`llaniladi. Hozirgi paytda fotoelektrokolorimetriya katta muvaffaqiyatlar bilan rivojlanib, takomillashib bormoqda. Fotoelektrokolorimetrik analizning yangi aniqlash usullari ishlab chiqilmoqda, qo`llanish sohalari kengaymoqda, yangi takomillashgan, kompyuterlashtirilgan fotoelektrokolorimetrlar yaratilmoqda.
Keys savollari:
Nikel(II) ni fotometrik, atom-absorbsion va boshqa fizik-kimyoviy metodlar yordamida aniqlash


Keys javoblari:
Ni ni (5-nitropiridilazo)-rezortsin bilan va 2-(5-nitro-2- piridilazo) dietilaminofenol (xromagen) reagentlari bilan spektrofotometrik aniqlash metodikasini ishlab chiqishgan .Kompleks hosil qilish jarayoni o’rganilgan va pH muhit,nur yutilish maksimumi va boshqalar kabi optimal sharoitlari topilgan. Xloridli,nitratli va rodanidli eritmalardan olingan xloroformdagi oktadetsilamin (AT) ning mis(II) va nikel(II) piridilazorezortsin eritmalari bilan ekstraksiyasi o’rganilgan. Nisbatlari 1:1:1 (pH=3,5), nisbatlari 1:2:1 (pH=4,5) ga teng.(piridilazorezortsin).Mis va nikelning xilma-xil ligandli komplekslarining ekstraksiya konstantalari aniqlangan. pH=3.5-4.5 sohalarda ekstraktsiyalanuvchi birikmalar tarkibini tasdiqlash uchun ,,Muvozanat siljishi’’ metodi qo’llanilgan.
Taqsimlanish koeffitsienti va ekstraksiyaning konsentratsion konstantasi hisoblangan. Ni ni xromazurol B(I), xinolin (II) va tsetiltrimetilammoniy bromid (III) bilan pH=10,0-11,5 da yashil kompleks hosil qilishiga asoslangan Ni ning mikromiqdorini spektrofotometrik aniqlash metodi ishlab chiqilgan.Kompleksning nur yutilish maksimumi 635nm da kuzatiladi 35*105ga teng. Darajalangan grafik chiziqliligi 0.320-5.0 mkg/ml Ni(II) intervalida bajariladi.Komponentlarning kompleksdagi nisbati Ni:I:II:III=1:2:2:4.Xalal beruvchi bir qator ionlar ta’siri va ularni bartaraf etish usullari o’rnatilgan .Ruda tarkibidagi Ni (II) ni aniqlash uchun bu metodika qo’llaniladi. Ni2+ ga fotometrik reagent sifatida, natriy izoamil ksantogenanti (IAK) ni qo’llanilgan. Ishda pH=6,8-8,0 optimal , MCK 1,2*104 .Kompleksning maksimal nur yutishi 360 nm da kuzatiladi.Me :R=1:2 kompleks tarkibining nisbati.
Yüklə 22,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin