Erkin iqtisodiy hududlarning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari



Yüklə 58,72 Kb.
səhifə5/8
tarix13.06.2023
ölçüsü58,72 Kb.
#128080
1   2   3   4   5   6   7   8
Erkin iqtisodiy hududlarning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini oshirish yo\'llari

Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hudud, sanoat ishlab chiqarish va moliyaviy erkin hududlar, ma’muriy-iqtisodiy imtiyozlar, invеstitsion siyosat, qulay invеstitsion muhit, O’zbеkistondagi Navoiy EIIZ.
Bobning qisqacha хulosasi:
Erkin iqtisodiy hududlar – bu muayyan imtiyoz va prеfеrеnsiyalar ostida alohida ajratilgan mamlakatning qonunchilik tizimidan tashqarida bo’lgan iqtisodiy hududidir. Bunday hududlardan davlatlar o’zining nisbatan qoloq hududlarini rivojlantirish yoki muayyan siyosatni amalga oshirishda tajriba sifatida foydalanishni maqsad qilganlarida qo’llaydilar.
Erkin iqtisodiy hududlarning turli-tuman shakllari mavjud: iqtisodiy ishlab chiqarish zonalari, savdo zonalari, offshor hududlar, erkin turizm zonasi, tехnopark va h.k. erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishda AQSh, Braziliya va ХХRning tajribalari muhim sanaladi. Chunki ular o’z mamlakati manfaatlaridan kеlib chiqqan holda turli modеllarni tanlab olganlar va bu samarali ish bеrgan.
O’zbеkistonda ham Navoiy viloyatida EIIZ tashkil etildi va bu mamlakatning ushbu mintaqasini rivojlantirishda muhim rol o’ynashi kutilmoqda.

Jaxon tajribasi va amaliyotida xar bir mamalakatning o‘z milliy iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba va an’analari mavjud. Hozirda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etishiga asos bo‘lgan usullardan biri bu mamlakatda ma’lum bir xududni yoki butun bir kichik mamlkatlar o‘z iqtisodiyotini erkin iqtisodiy makonga aylantirib rivojlanish sari qadam qo‘yganlar.


Erkin iqtisodiy makonlarni asosan muayyan bir davlatning ma’lum bir mintaqasi yoki alohida bir hududida tashkil etish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Ammo hududi va ma’muriy boshqaruv tizimi uncha katta bo‘lmagan alohida davlatlarning butun iqtisodiyoti erkin iqtisodiy makonlarga aylantirilgan hollar ham uchrab turadi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishdan asosiy maqsad qisqa muddatlarda mamlakatni rivojlangan jahon hamjamiyati a’zolari qatoriga qo‘shish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tezlashtirishdan iborat.
Ushbu makonlarning tashkiliy tuzilishi va nomlanishi turlicha bo‘lsada, ularni tashkil etishdan asosiy maqsad imkon qadar xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga mavjud iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish orqali aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Tarixiy manbalar dalolat berishicha, erkin bojxona va tovarlarning tranzit makonlari bundan bir necha asr oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, ular davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda keng qo‘llanilgan. Masalan, SHarq va Evropani bevosita savdo orqali bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lini bojxona va mahsulotlarni tranzit qilish erkin makoniga misol bo‘la oladi.
Erkin iqtisodiy makonlarning qaror topishini tavsiflovchi belgilar orasida quyidagi omillar alohida o‘rin tutadi:

  • investor uchun hududning iqtisodiy jug‘rofiy holati juda qulay bo‘lishi shart;

  • kamida mintaqaviy ahamiyat kasb etuvchi magistral yo‘llarning kesishgan joylari bo‘lishi lozim;

  • dengiz va daryo portlariga yaqin bo‘lishlari kerak;

aeroportlar xalqaro maqom olgan bo‘lishlari lozim.
Erkin iqtisodiy makonlarda ma’muriy boshqaruv tizimi alohida bir maxsus maqomga ega bo‘lib, investorlar xom ashyo va materiallarni import qilish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish jarayonida bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilinadi yoki makonning ma’muriy boshqaruv organlarini moliyalashtirishga etarli darajadagi imtiyozli soliq to‘lovlari o‘rnatiladi. Investorlarning mulkka egalik qilish huquqi kengayadi va ularga keng ko‘lamli soliq ta’tillari taqdim etilishi bilan birga, bojxona nazorati minimal darajaga tushiriladi.
Dunyo tajribasida har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bir nechga ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy makonlar mavjud bo‘lib, ularning tarkibi quyidagilardan iborat:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin