Estetikaning zamonaviy muammolari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/6
tarix18.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#127111
1   2   3   4   5   6
Dilmurod Falsafsa estetik muammo

Estetik tarbiyaning asosiy vositalari. San’at — estetik tarbiyaning muhim vositasi. Ma’lumki, hissiyotlar, tuyg‘ular, kechinmalar insonning tirikligidan dalolat beradi. Chunonchi, ijobiy fazilatlar, badiiy-estetik ideallar inson hayotining mazmuniga ko‘rk bag‘ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, estetik tarbiyada hayotning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo zid bo‘lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson bunday maqsadlarning ta’siridan zarar ko‘radi. San’at shu ma’noda zamonaviy insonni estetik jihatdan tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u insonning estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltiradi, uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko‘mak beradi. Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko'rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag‘ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi.

  • Estetik tarbiyaning asosiy vositalari. San’at — estetik tarbiyaning muhim vositasi. Ma’lumki, hissiyotlar, tuyg‘ular, kechinmalar insonning tirikligidan dalolat beradi. Chunonchi, ijobiy fazilatlar, badiiy-estetik ideallar inson hayotining mazmuniga ko‘rk bag‘ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, estetik tarbiyada hayotning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo zid bo‘lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson bunday maqsadlarning ta’siridan zarar ko‘radi. San’at shu ma’noda zamonaviy insonni estetik jihatdan tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u insonning estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltiradi, uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko‘mak beradi. Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko'rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag‘ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi.
  • Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Ma’lumki, 0 ‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi — ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi. Ommaviy axborot vositalari estetik tarbiyaning ta’sirchan vositasi. Bu vosita insonga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televideniya shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang mavzulardagi ko‘rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy358 ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani maqsadli yo‘naltirishda, insonlar tafakkurida go‘zallikka bolgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin