Sport — estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Sport va sport musobaqalari mohiyatan inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Estetik tarbiya omillari.

Mahalla - estetik tarbiyaning muhim omili. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta’siri nihoyatda katta. Chunki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo‘lib, u bugun shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko‘mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko‘rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Mahalla o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla: — o‘ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko‘rkamligini hamda fuqarolarning hamjihatligini ta’minlashi; — turmush nafosati va muomala estetikasini shakllantirib, insonlar qalbida ijobiy tuyg‘ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi; — mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi hamda qo‘shnichilik madaniyatini kamol toptirishi; — san’at, madaniyat, ma’rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida bo‘ladigan rang-barang mavzulardagi ma’ruzalarni, suhbatlarni uyushtira olishi; — isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo‘l qo‘ymagan holda urf-odatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli, chiroyli o‘tishini ta’minlashi va hokazo shu kabilar bilan inson estetik tafakkurini shakllantirishda muhim maskan bo‘lib hisoblanadi.