Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Tabiatning estetik jihatlari.
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida yana boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha kabi atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin tabiatni yoki sportni estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika sohasi deyish ham qiyin. CHunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning
«katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz.
Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab turadi53. Ulardan qutulish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi
san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik nazariyalar tashkil etadi. Ular – tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha nazardan o‘tkazamiz.
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni tez- tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir- oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining) o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir. Biz esa, tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz.
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda «Ona-tabiat» deb ataymiz. Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo‘ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim «onamiz» qo‘yniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, go‘zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so‘ng yana hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni tushunmaymiz, uni bilmaymiz. SHu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun «falonchining tabiati o‘zi shunaqa», yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat olami kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni, odammi, u – sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligi orqali erishish mumkin. CHunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, «biz uchun ham» deb tushunishimiz lozim.
Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyati mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.54 Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo‘ydik. Hozirgi kunda shu narsa aniq bo‘ldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas.
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri idrok eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun insondan keyin eng boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan tabiat estetik qadriyat sifatida ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’atda aks etgan tabiat o‘zining g‘oyaviy-badiiyligi, abadiylikning o‘chmas lahzasi, takrorlanmas go‘zallik yoki ulug‘vorlik, ba’zan esa, fojiaviylik sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat faqat go‘zallik va ulug‘vorlikni ifodalaydi, g‘oyaviy-badiiy urg‘uga ega emas, hissiyotlarimizga san’atdagidek kuchli ta’sir ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning butun go‘zalligini aks ettirish imkoni yo‘q. Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom bo‘yog‘i bosa olmaydi, ranglarning barchasini aks ettiraman desa, rassomning rangtasviri bir-biri bilan nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga aylanmaydi. Rassom bizga faqat o‘tloqning bir parchasini, o‘zi «tanlab olgan” qisminigina, «tanlangan» ranglarnigina ko‘rsatishi mumkin. Yoki musiqa san’atiga aylangan tabiatni, deylik, Sayfi Jalilning dutorda ijro etilgan «To‘rg‘ay» kuyini bir-ikki, boringki, o‘n-o‘n besh marta eshitsangiz, huzur qilasiz, estetik zavq olasiz, biroq uni har kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik buyuk san’at asari bo‘lmasin, joningizga tegadi. Jonli to‘rg‘ayning sayraganini esa, yillar davomida har kuni eshitsangiz ham, har gal zavq olasiz. SHu sababli estetikada tabiatni ham nosan’at, ham san’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va janrlarida o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni
«o‘rganish», «tushunish» barcha san’at turlariga xos. Masalan, badiiy adabiyotda hikoyadan – romangacha, she’rdan – dostongacha tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish mumkin emas. O‘rik daraxtining to‘rt fasldagi holati, ko‘klamdagi gullagan, yozda barg yozib, meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga kirgan, qishda yalang‘och, shoxlari nayzaga o‘xshagan ko‘rinishlari badiiy adabiyotda ham, rassomlikda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbek xalq kuyi
«CHo‘li iroq»da fojiaviylikni, Betxovenning «Oydin sonati»sida inson qalbi evrilishlarining, xayolga cho‘mgan quvonchning ifodasini ilg‘aymiz. Me’morlikda yaproqlarning peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, haykaltaroshlikdagi go‘zal kiyikning tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy asarni go‘zallashtirib, ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini «ekologik estetika» doirasiga tiqib qo‘yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, degan gaplar asossiz. U bugungi kunda san’atdan keyingi eng qamrovli tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan, muhimlardan muhimroq estetik nazariya turidir, uning «hurmatini joyiga qo‘yish” vaqti allaqachon kelgan.
Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgi davrlarga qaraganda ancha olisdan o‘rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni «tabiiylashtirish» vositasi sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam «insoniylashtirib» borish muammolarini o‘rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya’ni, tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb atalsa-da, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga ko‘tarilgan, jismonan esa, – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. Shu o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: «Yaratilgan yaratganiga o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda inson tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. Chunki tafakkur, vujud va axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan tafakkur tinimsiz ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa, o‘z navbatida yana yangi narsani yaratadi va shu tarzda tafakkur olg‘a qarab boraveradi. Bu, biz, odatda, hisobga olmaydigan qonuniyat. Chunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum, vaholanki u biologik hodisa emas. «Tafakkur energiya shakli emas, – deydi akademik V.I.Vernadskiy. – Qanday qilib u moddiy jarayonlarni o‘zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan emas»55. Nima bo‘lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu
ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib, go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning roli katta.
Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida «xunuk buyum yaxshi sotilmaydi» degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga kirib keldi. Gap shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi endilikda yaxshi samara bermay qo‘ygan edi. Unda inson texnologik rejimga moslashgan holda, tezlik, aniqlik, mustahkamlik kabi texnologik mezonlar asosida ishlaydigan ishchi sifatida baholanardi. Bu nafaqat insonparvarlik, balki texnikaviy ravnaq nuqtai nazaridan ham nomaqbul edi. Shu bois texnikani insoniylashtirish zaruriyati tug‘ildi. Endi ishchi yo xizmatchining shaxsiy qiziqishi, ijodiylik kasb etgani holda, faqat mehnat natijasi bilan cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning mazmuniga ko‘chib o‘tishi lozim bo‘lib qoldi. Bu – mehnatning estetik tabiat kasb etishi va insoniylashuvi demakdir. SHunday qilib, texnikani va ishlab chiqarish muhitini insoniylashtirish mehnatni faqat zaruriyat deb emas, balki ehtiyoj darajasida tushunishga olib keldi; texnikani insoniylashtirish muhitni insonga moslashtirishi barobarida, uni estetik tarzda tashkil etishni ham o‘z ichiga oladigan bo‘ldi.
Dizaynning zaruriyatga aylanishi nafaqat zamonaviy ilmiy-texnikaviy ravnaqqa, balki ommaviy ishlab chiqarish va umummadaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liq. Bunday sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. Ya’ni, xaridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni «boriga baraka» tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor ko‘rinishga ega narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. SHunda tovarning umummezonga javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va u ishlab chiqarishning xaridorga, xaridorning esa, ishlab chiqarishga estetik ta’sirini ta’minlaydi.
Shuni unutmaslik lozimki, har qanday konstruksiyachi-injener dizayner bo‘lolmaydi. Injener-konstruktor, deylik, mashinani loyihalashtirar ekan, dastlab uning motoridan tortib, kuzovigacha bo‘lgan qismlari loyihasini chizadi va shundan keyingina ularni bir-biri bilan bog‘lab yaxlit mashina shakliga keltiradi. Natijada har bir qism alohida «o‘z hayotiga» ega bo‘ladi. YA’ni, mashina zamonaviylashtirilganida (modernizatsiya qilinganida) muayyan detallarni so‘nggi loyiha asosida, alohida-alohida almashtirish jarayoni ro‘y beradi. Dizaynchi-injener esa, mashinani go‘zallik va ulug‘vorlik qonuniyatlariga asoslanib, birdaniga muayyan yaxlitlik tarzida tasavvur qiladi. Bu yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa-da, o‘zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi. Shunday qilib, konstruktor-injener mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya’ni birinchi mutaxassis – texnik, ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg‘unligi tufayli zamonaviy xaridor talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-istamaymizmi, estetik ko‘rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Zotan, eslaylik, SHiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun – uning muayyan qismigagina ta’sir ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.
Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog‘liq ekan, degani emas. Unda ham san’atdagidek shakl va mazmun uyg‘unligi asosiy omil hisoblanadi. Bunday uyg‘unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi sifatida vujudga keladi. Masalan, «Zinger» rusumli tikuv dastgohi XX asr davomida rivojlanib, dastlabki qo‘pol ko‘rinishidan «xohlasang ham, xohlamasang ham ishlaging keladigan» darajada go‘zallashib, noziklashib, insonni o‘zida ishlashga chaqirib turadigan mashinaga aylandi. YOki o‘zimizdagi
«Daewoo» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Matiz» avtomobiliga e’tibor qiling. U dizayn nuqtai nazaridan o‘zidan avvalgi kichik mashinalardan, xususan, «Tiko»dan
keskin farqlanadi. Uning yo‘lda engil borishi kishida xuddi suzib ketayotgandek tassurot uyg‘otadi, asosiy chiroqlari
(faralari) ana shu taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko‘zlariga o‘xshaydi, oldindagi pastki ikki chiroq esa, sizga bodomqovoq – SHarq go‘zallariga yarashib turadigan qiyiq ko‘zlarni eslatadi. Bunda avtomobilning tashqi ko‘rinishi bilan mohiyati nihoyatda muvaffaqiyatli moslashtirilgan:
«Matiz» – baliqdek silliq olg‘a intiladigan, «epchil», go‘zal, SHarqda ishlangan, sharqona mashina.
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni odamiylashtirib, o‘zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va erishmoqdamiz; hozir qalamimizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan tortib, ko‘ylagimizgacha – hammasi bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy san’atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa, – dizaynligicha qoladi. Sababi shuki, hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg‘onga, xontaxtaga yoki naqshin qutichaga o‘z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya’ni hunarmand-usta yasagan o‘nta mis laganda ustaning o‘n xil ruhiy holatini, kechinmalarini ilg‘ash mumkin. Dizaynda esa, o‘n minglab yoki yuz minglab ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizatsiya qilinishi mumkin, lekin unda ham yana bir xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‘ladi, usta esa, doimo yangi narsa yasaydi va mana shu yangilik rangbaranglik, individuallik hunar mahsulini san’at darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Bundan tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida olib qaraydi va ishlab chiqaradi. YA’ni unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo va «bir qo‘lning» mehnati. Dizaynda esa, ashyolar
«turli qo‘l» ishlagan qismlarni bir mutaxassisning – dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‘zini butunisicha namoyon qiladi. SHu sababli, hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. SHunga qaramay, dizayn va dizaynerning ijodiy mehnati Er yuzida tobora ko‘payib borayotgan inson zotining zamonaviy iqtisodiy-maishiy hamda estetik ehtiyojini, ma’naviy talablarini qondirishi bilan muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa, dizayn nazariyasi sifatida estetikaning o‘ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida yana boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha kabi atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin tabiatni yoki sportni estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika sohasi deyish ham qiyin. Chunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning
«katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz.
Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab turadi56. Ulardan qutulish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi
san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik nazariyalar tashkil etadi. Ular – tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha nazardan o‘tkazamiz.
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni tez- tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir- oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining) o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir. Biz esa, tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz.
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda «Ona-tabiat» deb ataymiz. Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo‘ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim «onamiz» qo‘yniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, go‘zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so‘ng yana hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni tushunmaymiz, uni bilmaymiz. SHu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun «falonchining tabiati o‘zi shunaqa», yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat olami kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni, odammi, u – sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligi orqali erishish mumkin. CHunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi.
Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, «biz uchun ham» deb tushunishimiz lozim.
Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyati mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.57 Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo‘ydik. Hozirgi kunda shu narsa aniq bo‘ldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas.
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri idrok eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun insondan keyin eng boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan tabiat estetik qadriyat sifatida ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’atda aks etgan tabiat o‘zining g‘oyaviy-badiiyligi, abadiylikning o‘chmas lahzasi, takrorlanmas go‘zallik yoki ulug‘vorlik, ba’zan esa, fojiaviylik sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat faqat go‘zallik va ulug‘vorlikni ifodalaydi, g‘oyaviy-badiiy urg‘uga ega emas, hissiyotlarimizga san’atdagidek kuchli ta’sir ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning butun go‘zalligini aks ettirish imkoni yo‘q. Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom bo‘yog‘i bosa olmaydi, ranglarning barchasini aks ettiraman desa, rassomning rangtasviri bir-biri bilan nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga aylanmaydi. Rassom bizga faqat o‘tloqning bir parchasini, o‘zi «tanlab olgan” qisminigina, «tanlangan» ranglarnigina ko‘rsatishi mumkin. YOki musiqa san’atiga aylangan tabiatni, deylik, Sayfi Jalilning dutorda ijro etilgan «To‘rg‘ay» kuyini bir-ikki, boringki, o‘n-o‘n besh marta eshitsangiz, huzur qilasiz, estetik zavq olasiz, biroq uni har kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik buyuk san’at asari bo‘lmasin, joningizga tegadi. Jonli to‘rg‘ayning sayraganini esa, yillar davomida har kuni eshitsangiz ham, har gal zavq olasiz. SHu sababli estetikada tabiatni ham nosan’at, ham san’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va janrlarida o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni
«o‘rganish», «tushunish» barcha san’at turlariga xos. Masalan, badiiy adabiyotda hikoyadan – romangacha, she’rdan – dostongacha tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish mumkin emas. O‘rik daraxtining to‘rt fasldagi holati, ko‘klamdagi gullagan, yozda barg yozib, meva qilgan, kuzdagi oltin rangiga kirgan, qishda yalang‘och, shoxlari nayzaga o‘xshagan ko‘rinishlari badiiy adabiyotda ham, rassomlikda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbek xalq kuyi
«CHo‘li iroq»da fojiaviylikni, Betxovenning «Oydin sonati»sida inson qalbi evrilishlarining, xayolga cho‘mgan quvonchning ifodasini ilg‘aymiz. Me’morlikda yaproqlarning peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, haykaltaroshlikdagi go‘zal kiyikning tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy asarni go‘zallashtirib, ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini «ekologik estetika» doirasiga tiqib qo‘yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, degan gaplar asossiz. U bugungi kunda san’atdan keyingi eng qamrovli tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan, muhimlardan muhimroq estetik nazariya turidir, uning «hurmatini joyiga qo‘yish” vaqti allaqachon kelgan.
Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgi davrlarga qaraganda ancha olisdan o‘rab turgan biologik muhitning hayotimizni go‘zallashtirishdagi, umuman, estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni «tabiiylashtirish» vositasi sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan noosferani – texnikaviy muhitni muntazam «insoniylashtirib» borish muammolarini o‘rganadi.
Inson doimiy ravishda ravnaq topib boradigan mavjudot, uzoq davom etgan insoniy taraqqiyotning mahsuli, ya’ni, tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam deb atalsa-da, bir-biridan farq qiladi. Zamonaviy odam aqlan, axloqan nisbatan yuksak darajaga ko‘tarilgan, jismonan esa, – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan inson yaratgan. SHu o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan: «YAratilgan yaratganiga o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda inson tafakkuri, uning jisman va axloqan taraqqiyotidan ilgarilab ketdi. CHunki tafakkur, vujud va axloqdan farqli o‘laroq, narsalarga aylanish xususiyatiga ega. Narsaga aylangan tafakkur tinimsiz ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni taqozo etadi, u esa, o‘z navbatida yana yangi narsani yaratadi va shu tarzda tafakkur olg‘a qarab boraveradi. Bu, biz, odatda, hisobga olmaydigan qonuniyat. CHunki tafakkurning nima ekani, u qanday qilib moddiy jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum, vaholanki u biologik hodisa emas. «Tafakkur energiya shakli emas, – deydi akademik V.I.Vernadskiy. – Qanday qilib u moddiy jarayonlarni o‘zgartira oladi? Bu savolga ilm hozircha javob topgan emas»58. Nima bo‘lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab taraqqiy qilib borishi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu ravnaqning sur’ati biz yaratgan texnika vositalarini tezkorlik bilan o‘zgarib, qulaylashib, go‘zallashib borishini ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning roli katta.
Dizayn (inglizchada loyiha, chizma degani) XX asrning boshlarida «xunuk buyum yaxshi sotilmaydi» degan iqtisodiy talab asosida G‘arbdagi sanoat ishlab chiqarishiga kirib keldi. Gap shundaki, inson bilan texnikaning eskicha shaklidagi o‘zaro aloqasi endilikda yaxshi samara bermay qo‘ygan edi. Unda inson texnologik rejimga moslashgan holda, tezlik, aniqlik, mustahkamlik kabi texnologik mezonlar asosida ishlaydigan ishchi sifatida baholanardi. Bu nafaqat insonparvarlik, balki texnikaviy ravnaq nuqtai nazaridan ham nomaqbul edi. SHu bois texnikani insoniylashtirish zaruriyati tug‘ildi. Endi ishchi yo xizmatchining shaxsiy qiziqishi, ijodiylik kasb etgani holda, faqat mehnat natijasi bilan cheklanmasdan, mehnat jarayoni va uning mazmuniga ko‘chib o‘tishi lozim bo‘lib qoldi. Bu – mehnatning estetik tabiat kasb etishi va insoniylashuvi demakdir. SHunday qilib, texnikani va ishlab chiqarish muhitini insoniylashtirish mehnatni faqat zaruriyat deb emas, balki ehtiyoj darajasida tushunishga olib keldi; texnikani insoniylashtirish muhitni insonga moslashtirishi barobarida, uni estetik tarzda tashkil etishni ham o‘z ichiga oladigan bo‘ldi.
Dizaynning zaruriyatga aylanishi nafaqat zamonaviy ilmiy-texnikaviy ravnaqqa, balki ommaviy ishlab chiqarish va umummadaniyat darajasining yuksakligiga ham bog‘liq. Bunday sharoitda xaridor o‘zining erkin tanlov imkoniyati bilan ishlab chiqarish taklif qilgan mahsulotni rad etishi va o‘z ehtiyojiga javob beradigan tovarni yuqori baholashi mumkin. YA’ni, xaridor o‘z didiga mos narsani tanlaydi; xarid jarayoni «boriga baraka» tarzidagi tavakkalchilik holatiga emas, balki tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo‘lishi uchun tovarning shakli muhim ahamiyatga molik. Tabiiyki, birinchi navbatda go‘zal va ulug‘vor ko‘rinishga ega narsalargina jamiyatning e’tiborini qozonadi. SHunda tovarning umummezonga javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro‘y beradi va u ishlab chiqarishning xaridorga, xaridorning esa, ishlab chiqarishga estetik ta’sirini ta’minlaydi.
SHuni unutmaslik lozimki, har qanday konstruksiyachi-injener dizayner bo‘lolmaydi. Injener-konstruktor, deylik, mashinani loyihalashtirar ekan, dastlab uning motoridan tortib, kuzovigacha bo‘lgan qismlari loyihasini chizadi va shundan keyingina ularni bir-biri bilan bog‘lab yaxlit mashina shakliga keltiradi. Natijada har bir qism alohida «o‘z hayotiga» ega bo‘ladi. YA’ni, mashina zamonaviylashtirilganida (modernizatsiya qilinganida) muayyan detallarni so‘nggi loyiha asosida, alohida-alohida almashtirish jarayoni ro‘y beradi. Dizaynchi-injener esa, mashinani go‘zallik va ulug‘vorlik qonuniyatlariga asoslanib, birdaniga muayyan yaxlitlik tarzida tasavvur qiladi. Bu yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa-da, o‘zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi. SHunday qilib, konstruktor-injener mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya’ni birinchi mutaxassis – texnik, ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg‘unligi tufayli zamonaviy xaridor talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-istamaymizmi, estetik ko‘rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Zotan, eslaylik, Shiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun – uning muayyan qismigagina ta’sir ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.
Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog‘liq ekan, degani emas. Unda ham san’atdagidek shakl va mazmun uyg‘unligi asosiy omil hisoblanadi. Bunday uyg‘unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi sifatida vujudga keladi. Masalan, «Zinger» rusumli tikuv dastgohi XX asr davomida rivojlanib, dastlabki qo‘pol ko‘rinishidan «xohlasang ham, xohlamasang ham ishlaging keladigan» darajada go‘zallashib, noziklashib, insonni o‘zida ishlashga chaqirib turadigan mashinaga aylandi. Yoki o‘zimizdagi
«Daewoo» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Matiz» avtomobiliga e’tibor qiling. U dizayn nuqtai nazaridan o‘zidan avvalgi kichik mashinalardan, xususan, «Tiko»dan keskin farqlanadi. Uning yo‘lda engil borishi kishida xuddi suzib ketayotgandek tassurot uyg‘otadi, asosiy chiroqlari (faralari) ana shu taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko‘zlariga o‘xshaydi, oldindagi pastki ikki chiroq esa, sizga bodomqovoq – SHarq go‘zallariga yarashib turadigan qiyiq ko‘zlarni eslatadi. Bunda avtomobilning tashqi ko‘rinishi bilan mohiyati nihoyatda muvaffaqiyatli moslashtirilgan: «Matiz» – baliqdek silliq olg‘a intiladigan, «epchil», go‘zal, SHarqda ishlangan, sharqona mashina.
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni odamiylashtirib, o‘zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va erishmoqdamiz; hozir qalamimizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan tortib, ko‘ylagimizgacha – hammasi bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy san’atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa, – dizaynligicha qoladi. Sababi shuki, hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg‘onga, xontaxtaga yoki naqshin qutichaga o‘z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya’ni hunarmand-usta yasagan o‘nta mis laganda ustaning o‘n xil ruhiy holatini, kechinmalarini ilg‘ash mumkin. Dizaynda esa, o‘n minglab yoki yuz minglab ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizatsiya qilinishi mumkin, lekin unda ham yana bir xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‘ladi, usta esa, doimo yangi narsa yasaydi va mana shu yangilik rangbaranglik, individuallik hunar mahsulini san’at darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Bundan tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida olib qaraydi va ishlab chiqaradi. YA’ni unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo va «bir qo‘lning» mehnati. Dizaynda esa, ashyolar «turli qo‘l» ishlagan qismlarni bir mutaxassisning – dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‘zini butunisicha namoyon qiladi. SHu sababli, hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. SHunga qaramay, dizayn va dizaynerning ijodiy mehnati Er yuzida tobora ko‘payib borayotgan inson zotining zamonaviy iqtisodiy-maishiy hamda estetik ehtiyojini, ma’naviy talablarini qondirishi bilan muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa, dizayn nazariyasi sifatida estetikaning o‘ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi.
San’at – estetik faoliyatning o‘ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko‘zgu. Sehri shundaki, san’at asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o‘z dunyosini qadriyatlar prizmasi orqali ko‘radi; o‘zining qandayligini va qaerdaligini, yutuqlarini va nuqsonlarini, aqlini va hissiyotlarini aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va zamondagi voqelik vositasida go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik, kulgililik, xunuklik, tubanlik v.b. estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at qadriyatlarning qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko‘rsatib beradi, bir odam yoki bir necha odam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi, ularning uyg‘unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o‘rgatadi, go‘zallikka da’vat etadi, ma’naviy yuksaltiradi. SHu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o‘tilgan birorta ham davr yo‘q.
Faylasuf-nafosatshunoslar o‘rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo‘lib kelgan. San’atning kelib chiqishi deganda ko‘pchilik g‘orlarning tosh davrlariga ibtidoiy davrlarda chizilgan ov manzalari va ov hayvonlarining tasvirini nazarda tutadi. Vaholanki gap bu erda san’atning qanday paydo bo‘lganligi emas, balki nimadan paydo bo‘lganligi to‘g‘risida borishi kerak. Ba’zilar uni taqliddan, bosh: erotik hissiyotlardan, kimlardir o‘yindan, kimdir mehnatdan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Bunday nazariyalar va konsepsiyalar anchagina, lekin ular orasidagi ikkitasining tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan biri – insonni hayvonlik darajasidan odamlik pog‘onasiga ko‘targan narsa mehnat, san’at ham mehnatdan, insonning olamni o‘zgartirishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan, san’at faqat ijtimoiy hodisa degan moddiyatchilar ilgari surgan qarash. Ikkinchisi – san’at insonga berilgan ilohiy zavqning, ma’naviy olamning o‘yin orqali namoyon bo‘lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi. Biz ana shu ikkinchi qarash tarafdorimiz. Buning sababi shuki, mehnat, qanchalik qadrlamaylik, qanchalik sharaflamaylik, u – majburiyat bilan bog‘liq, maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa, o‘yin esa har qanday majburiyatdan yiroq, maqsadga muvofiqlik bilan shartlanadigan individualijtimoiy hodisa. Demak, mehnat –zaruriyat, o‘yin – erkinlik. Inson mohiyatan erkin va erkinlikka intilib yashaydigan mavjudot sifatida o‘z erkinligini eng avvalo o‘yinda namoyon qiladi. O‘yinsiz insonning yashashi mumkin emas, usiz inson hayoti jahannam. Bu o‘rinda yana bir bor SHillerning mashhur fikrini keltirish o‘rinli: «Inson faqat tom ma’noda inson bo‘lgandagina o‘ynaydi va o‘ynayotgan paytdagina to‘liq insonga aylanadi.
O‘yin nazariyasining XX asrda eng yirik namoyandasi niderlandlik faylasuf – nafosatshunos YOxon Huyzinga o‘zining «Homo ludens» (O‘ynayotgan odam) asarida o‘yin umumbashariy madaniyat vujudga kelishining va taraqqiy topishining sharti degan g‘oyani ilgari suradi. SHopenhauer uchun «ixtiyor atamasi qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, Huyzinga uchun «o‘yin» tushunchasi shunday qamrovli, o‘yin hayvonot olamida ham, insoniyat jamiyatida ham ibtidolar ibtidosi: «Huquq, go‘zallik, haqiqat, ezgulik, ruh, Xudo singari deyarli barcha mavhum tushunchalarni inkor etish mumkin, - deb yozadi faylasuf. – Jiddiylikni inkor etsa bo‘ladi.
O‘yinni esa – yo‘q». Boshqa bir o‘rinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «o‘yin erkindir, o‘yin erkinlikdir», degan fikrini bildiradi.
SHuni aytish kerakki, hayvonot olamidagi o‘yinning insoniyat jamiyatidagi o‘yindan farqi bor. Insonning o‘yini esa, ma’naviy hodisa, to‘g‘rirog‘i, ijtimoiylashgan ma’naviyat, u eng avvalo estetik ehtiyojni qondirishga qaratilgan.O‘yinning inson hayotidagi barcha sohalarda ishtirok etishini, uning rang-barangligi, qamrovligi, universalligini va erkinlik bilan bog‘liqligini o‘zbek tilidagi «o‘yini o‘zagidan yasalgan so‘zlarining ko‘pma’noliligida, ham ko‘rishimiz mumkin. SHu o‘zakdan yasalgan so‘z va iboralardan bir nechasini keltiramiz: shaxmat o‘yini; so‘z o‘yini;
«siyosatchining» o‘yini, aktyor o‘yini; «o‘rtaga, chiqib o‘ynab ketdi», «yuragi o‘ynab ketdi»,
«ko‘zi o‘ynab ketdi»; «dorbozlar yaxshi o‘yin ko‘rsatadi»; «Salim kechagi to‘yda toza o‘yin ko‘rsatdi». v.h.
Ma’lumki, hech qanday o‘yin jarayoni bir kishi ishtirokida ma’noga ega bo‘lmaydi, u o‘yin emas. O‘yinning, o‘yin bo‘lishi uchun kamida ikki odam kerak. CHunki unda inson o‘zini, biror bir sohadagi mahoratini boshqalarga ko‘rsatadi, o‘z imkoniyatlarini o‘zgalarga namoyish etadi. Demak, o‘yin-jamoaviylik bilan o‘yin; bir o‘zi uchun o‘ynagan odam esa, odatda aqldan ozgan hisoblanadi. San’at ham shunday: u yo o‘quvchiga, yo tinglovchiga, yo tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘ladi, bu – san’atning yashash sharti.
O‘yin beg‘arazlikni talab qiladi, g‘arazli manfaat aralashdimi, demak, o‘yin – yo‘qqa chiqadi, hatto, yuzaki qaraganda, maqsadga yo‘naltirilgan sport o‘yinlarida ham muhimi hisob emas, o‘yin ko‘rsatish. Masalan, «Paxtakor» yutqazsa ham, lekin yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, yigitlar baraka topishsin!» yoki «Hisob 3 : 1 bo‘lgani bilan, afsuski, o‘yin yaxshi bo‘lmadi», degan tomoshabinlarning gaplariga e’tibor qiling. Unda o‘yindagi hisobdan emas, o‘yinning o‘yinligidan qoniqish hosil qilish, ya’ni manfaat emas, beg‘arazlik birinchi o‘rinda turganini ko‘ramiz.
Bundan tashqari, o‘yinning inson uchun yana bir zaruriy jihati, unda odam real hayotda topolmagan narsasini topadi, bir muddat bo‘lsa-da tasavvurdagi o‘zi uchun o‘ylab topgan yangi reallikdagidan go‘zalroq, ulug‘vorroq hayotda yashaydi. Ana shunday o‘yin – badiiy asarning shaklida ham, mazmunida ham erkin va beg‘araz ifoda topadi. Ijodkor o‘yin qoidalariga – badiiy asar talablariga bo‘ysunishi shart, uning biror-bir narsani me’yoridan ortiq asar hujayrasiga tiqishtirishi o‘yinni – asarni buzadi. SHunday qilib, san’at o‘yinning ijtimoiylashgan shakli – tasavvur o‘yini, tafakkur o‘yini, so‘z o‘yini, rang o‘yini, ohang o‘yini va tavush o‘yini.
Unda insonning barcha a’zolari yagona hissiy-intellektual yaxlitlik sifatida o‘ynaydi. Mehnat san’atning estetik faoliyat ekani bilan bog‘liq, ya’ni o‘yinga tayyorgarlik va uni amalga oshirish jarayoni mehnatni, ijodiy mehnatni taqozo etadi, u iste’dod bilan yonma-yon faoliyat ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |