Estetikaning



Yüklə 489,5 Kb.
səhifə8/21
tarix26.11.2023
ölçüsü489,5 Kb.
#135469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

Haqqoniylik tamoyili. U san’at asarida in’ikos etayotgan inson xatti-harakatlarining, ilg‘or g‘oyalarning, badiiy usullarning, butun ifodaviy-tasviriy vositalarning bir-biri bilan uyg‘un, maqsadga muvofiq tarzda berilishini ta’minlaydi. Zero umumiylikni – xususiylikda aks ettirish, makon, zamon va inson yaxlitligini badiiy qiyofalarga ko‘chirish san’atkor uchun eng murakkab ish. Bunda iste’dod, xayolot, tasavvur va mahorat katta rol o‘ynaydi. Asardagi har bir epizod, har bir rang, har bir misra, har bir tovush idrok etuvchini ishontirishi, unda shubha uyg‘otmasligi kerak. San’atkor uni, qadimgi yunonlar ta’biri bilan aytganda, «go‘zal yolg‘onga» ishontirishi, ro‘y bermagan, lekin ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqelikni ro‘y bergan deb idrok etishga «majbur qilishi» lozim. SHu sababli haqqoniylikni faqat real hayotga yaqinlik – hayotiylik bilan izohlash uni jo‘nlashtirish demakdir. Haqqoniylik tamoyiliga amal qilinmasa, asarlar juda oz muddat yashaydi, haqqoniylikning yo‘qligi sxematizm va soxtalikni barqaror etadi.
Xalqchillik tamoyili. San’at asari xalq uchun yaratiladi. Lekin xalq degani, bu – aholi emas, aholining fikrlaydigan, milliy qadriyatlarga befarq qaramaydigan, afkor, tinglay olish, tomosha qila bilish va o‘qish qobiliyatiga ega qismi. Asardagi xalqchillik ana shu ko‘pchilikning shodligu qayg‘usini, dardlarini, intilishlarini, muammolarini qay darajada tushunarli tarzda ifodalay olishi bilan belgilanadi. Xaqiqiy san’at asari «qoralar» (omma) uchun ham, «saralar» (elita) uchun ham yaratilmaydi, tabaqaviylik, mahalliychilik, millatchilik singari salbiy yo‘nalmalardan yiroq bo‘ladi, boshqacha qilib aytganda, podsholar haqidagi asarni – fuqarolar, fuqarolar haqidagi asarni - podsholar tushunganida, unday asarni xalqchil deyish mumkin. Masalan, Navoiyning «Farhod va SHirin», «Sab’ai sayyor» dostonlari podsholaru malikalar haqida, lekin xalqqa tushunarli. CHunki ular xalqning vakillari sifatida badiiy qiyofaga ega qahramonlardir. YOki Sulaymon YUdakovning «Maysaraning ishi» operasi xalq orasida shuhrat qozongani hech kimga sir emas. Bu asar orqali, bizda yosirabroq qaraladigan, opera san’ati ham ruhimizga singib ketdi. Xalqchillikda muhimi – san’atkor tomonidan xalq ruhini anglay bilish va uni in’ikos ettira olish, millatni millat qilgan qadriyatlar mohiyatini badiiy qiyofalar orqali aks ettirish. Xalqchillik tamoyilining yana bir muhim jihati shuki, san’at asari u – tarixiymi, zamonaviymi, – xalqning orzu-ideallarini ifodalashi, ya’ni kechani yoki bugunni emas, ertani kuylashi lozim, xalqdan ortda qolmasligi, u bilan yonma-yon ham turmasligi, balki undan va zamondan bir qadam oldin yurishi kerak. San’atning asosiy vazifalari
Biz imkon qadar tahlildan o‘tkazgan san’atning xususiyatlari va tamoyillari ma’lum ma’noda uning asosiy vazifalarini ham belgilab beradi. Endi ana shu vazifalarni qisqacha ko‘rib o‘tishga harakat qilamiz.

Yüklə 489,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin