Etnomadaniyat


-mavzu: O‘ZBEK XALQI MODDIY MADANIYATIDA QADIMIY DINIY TASAVVURLAR VA QARASHLARNING ARXAIK IZLARI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə19/21
tarix25.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#134678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
O‘ZBEK XALQI MODDIY MADANIYATIDA QADIMIY DINIY TASAVVURLAR VA QARASHLARNING ARXAIK IZLARI

10-mavzu: O‘ZBEK XALQI MODDIY MADANIYATIDA QADIMIY DINIY TASAVVURLAR VA QARASHLARNING ARXAIK IZLARI
REJA:
1. Moddiy madaniyatning yetnologik yo‘nalishda tadqiq yetilishi.
2. Moddiy madaniyat namunalarida aks yetuvchi ramz, belgilar va ular bilan bog‘liq tasavvurlar, ye’tiqodiy qarashlar.
3. Moddiy madaniyat namunalarining inson bilan aloqadorligi.
4. Yetnologiya sohasini rivojlantirish muammolari
1-masalaning bayoni: Yetnologik yo`nalishda bajarilgan tadqiqotlarda moddiy madaniyat (turar joylar, kiyimlar, taqinchoqlar, oziq ovqatlar)ni odatda grafik tasvirlar, planlar, chertyojlar, rasmlar, fotosuratlar yordamida batafsil tavsiflash va ilmiy tahlil qilish o‘ziga xos an`anaga aylangan. Lekin aslida ushbu ma`lumotlar yetnologik tadqiqotlarning bosh maqsadi yemas, balki asosiy maqsadni isbotlashga ko‘maklashuvchi tavsifiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Moddiy madaniyatning yetnologik yo`nalishda tadqiq yeqilishda ko‘zlangan asosiy maqsad o‘rganilayotgan ob`yektning xalq ijtimoiy turmush-tarzi bilan aloqadorligini yoritishdan iborat. Chunki an`anaviy moddiy madaniyat namunalari insoniyat mehnati va yehtiyoji asosida yaratilsa-da, lekin uning ongli tafakkuri natijasi o‘laroq u yoki bu ko‘rinishni oladi. Shubhasiz, bu o‘rinda moddiy madaniyat na`mnunalarida aks yetuvchi ramz, belgi g‘oya ko‘rinishida ham qiziqarli bo‘lib, bu bevosita u bilan bog‘liq tasavvurlar, ye`iqodiy qarashlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb yetadi. Boshqacha tarzda aytadigan bo‘lsak, yetnologlar uchun moddiy madaniyat namunalarining tavsifi yemas, balki ularning inson bilan aloqadorligi qiziqarli hisoblanadi.
Tarixdan ma`lumki, turar-joylar inson uchun makon, boshpana tarzda foydalana boshlangan davrlardan boshlab u bilan bog‘liq ilk tassavurlar ham shakllana boshlagan. Qadimgi uy-joylarning yeng muhim xususiyatlaridan biri - uning o‘ziga xos xavfvsizlik xalqasiga yega yekanligidir. Insoniyatning ilk ajdodlari uy-joylarni yovuz kuchlar xurujidan muhofaza qiladigan o‘ziga xos yopiq makon deb xisoblangan va u bilan bog‘liq ilohiy tushunchalar tarqalgan.
O‘zbeklar orasida ham boshqa ko‘plab xalqlarda bo‘lgani singari uy qurish ishlari dastlab uy poydevorini qurishdan boshlangan. Xalqona tasavvurga ko‘ra, poydevorni qurishga haftaning xayrli va omadli kunlarida kirishilgan. Farg‘ona vodiysi o‘zbeklari orasida dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari uy qurilishidagi dastlabki ishlar boshlangan. Chunki aynan mazkur kunlar xosiyatli kunlar hisoblangan.
Yangi uyni qurish jarayonida uning dastlabki yog‘ochlari ko‘tarilgandan so‘ng uy to‘sini yoki xarisini ko‘tarishda ajoyib bir udum bajarilgan. Odatda, usta sinch uylarning to‘sin yoki xarisini o‘rnatish chog‘ida uy yegasidan biror bir narsa (odatda ko‘ylak, qiyiq va shu kabilar)ni yehson qilishni so‘ragan. Bu narsa aholi orasida keskilik deb atalgan. Agar ustaga keskilik berilmasa, keyinchalik u(usta)ning ishi yurishmay, og‘ir kasalga chalinar yekan. Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, har bir hunarmandchilik sohasining o‘z asoschisi (piru murshidi) bo‘lgani kabi, ustachilikning ham asoschisi - piri bo‘lgan. To‘sin (yoki xari) ko‘tarish paytida beriladigan keskilik o‘sha pirning haqqi uchun ustaga berilgan. Usta yesa o‘zi ishlab pul topayotgan ushbu hunar asoschisining haqqiga duoi fotiha qilib turishi lozim bo‘lgan.
Farg‘ona vodiysining azaliy o‘troq o‘zbek va tojik xalqlari orasida uyning ayrim qismlari-to‘sin, ustun, yeshiklarini qo‘yilishida qator ramziy ma`nolarga yega bo‘lgan va aynan mazkur qismlar bilan bog‘liq qator diniy-semantik urf-odatlarga amal qilingan. Jumladan, vodiy o‘zbeklarida ham, respublikamizning boshqa mintaqalarida bo‘lgani singari, xona shiftiga qo‘yiladigan to‘sinlar soni doimo toq, ya`ni 5, 7, 9, 11 tadan bo‘lib, xona turi va hajmini belgilovchi o‘lchov bo‘lib kelgan. Xalqona qarashlarga ko‘ra, ayrim joylarda to‘sinlardan bittasini, ya`ni juft bo‘lmagani Allohga bag‘ishlangan deyilsa, boshqa joylarda bitta to‘sin vazifasini xonadon yerkagi o‘tagan, deb tushinishgan. Shu o‘rinda uy to‘sini bilan bog‘liq Xorazmda o‘ziga xos ramziy odatga amal qilinganligini ta`kidlab o‘tish joiz. Taniqli yetnograf olima M.V. Sazonovaning yozishicha, Xorazmning ayrim tumanlarida biror xonadonda ketma-ket o‘lim bo‘lsa, shu oila a`zolaridan qolganlarining umrini saqlab qolish uchun xonaning o‘lim sodir bo‘lgan qismidagi tomning ikki to‘sinini yoki tomning to‘g‘ri kelgan joyidan ikkita to‘sinni, ayrim tumanlarda yesa shiftning barcha to‘sinlari butunlay almashtirilgan. Yangi qurilayotgan uyning devorini ko‘tarish, tom yopish bilan bog‘liq ishlar, shuningdek, ayni vaqtda ko‘plab ishchi kuchini talab yetadigan ishlarda mahalla yerkaklari ishtirokida maxsus hashar uyushtirilgan. Yangi uyni o‘urilishida hashar tashkillashtirish odati ilmiy yetnografik adabiyotlarda birmuncha yaxshi yoritilgan. Shu bois biz bu o‘rinda ushbu odat to‘g‘risida batafsil to‘xtalmagan holda hasharning vodiyga xos lokal xususiyatlarigagina to‘xtalib o‘tishga harakat qildik. Namangan viloyati Xo‘jamushkent qishlog‘ida yashovchi o‘zbeklarda bu tadbir «hokandozon» deyilgan. Hokondozon ko‘pincha uyning tomini yopish paytida uyushtirilgan bo‘lib, mahalla yerkaklari va yigitlari uyning tomini yopish jarayonida maxsus belgilangan kunda hashar o‘tkaziladigan uyga yig‘ilishgan va uyning tomiga qoplarda tuproq olib chiqqanlar. Hashardagi yeng katta qop polvon qop deyilgan. Mazkur qopni ko‘tarib tuproq olib chiqan odamga sovg‘a tariqasida uy yegasi tomonidan belbog‘ berilgan.
Uy-joylar bilan bog‘liq urf-odat va rasm-rusmlarning talay qismi yangi uy tiklab bo‘linganidan so‘ng ham o‘tkazilgan. Chortoq tumani Qoramurt o‘zbeklarida yangi uyga dushanba va juma kunlari ko‘chib kirish xayrli deyilgan.
Yangi qurilgan uyga ko‘chib kirish jarayonida ham ko‘plab magik urf-odat va marosimlar bajarilgan. Namangan viloyati Chortoq tumani Oqsuv G‘ovozon qishlog‘i o‘zbeklarida yangi uyga ko‘chganda «ushbu uyda yashovchilarning kelgusidagi hayotlari misoli do‘lanaday mustahkam bo‘lsin», deb uyning to‘rt burchagiga do‘lana shoxi qoqib qo‘yish odati bo‘lgan. Shuningdek, ushbu uy doimo rizqli barakali bo‘lsin, degan niyatda Yangiqo‘rg‘on tumani Oqsuv G‘ovozon qishlog‘ida uyga dastlab tuz olib kirilgan. Andijon viloyati Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlog‘ida yashovchi o‘zbek turklarda yangi uyga ko‘chib kirishda uyga doimo xizmat qilsin, degan niyatda ushbu uyga birinchi marta kapgir-cho‘mich olib kirilgan. Qolaversa, uy yegalarining o‘zlari uydagi dastlabki kechasini yolg‘iz o‘tkazmagan. Ular bilan birga doimo keksa yoshli qariyalar birga tunaganlar. Ushbu uyda to‘kin-sochinchilik bo‘lsin, degan niyatda xudoyi sumalak qilinib, qo‘ni-qo‘shnilar va qarindosh-urug‘larga tarqatilgan. Umuman olganda, ushbu afsungarlik ko‘rinishidagi marosim­lar­dan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida mazkur uyda yashovchi oilaning farovon hayot kechirishidir.
Xullas, yangi uyga ko‘chib kelish bilan bog‘liq yuqoridagi urf-odatlarga magik qarashlar asos bo‘lgan. Uyning to‘rt burchagiga do‘lana qoqib qo‘yishda o‘xshash afsungarlik, ya`ni do‘lanaga xos xususiyatlar magik yo`l bilan ushbu uy a`zolariga o‘tishi hamda kapkir-cho‘michni uyga birinchi bo‘lib olib kirilishida yesa ushbu xonadonni rizqli bo‘lishiga qaratilgan magiq niyat asos bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisida o‘xshash afsungarlik serpushtlilik afsungarligi bilan o‘zaro qorishgan holda uchraydi. Keksalarning serfarzandlilik xususiyati hamda tuz va sumalakning odamlar tasavvvuridagi rizq-baraka ramziga oid xususiyatlari kelgusida mazkur oilaga ham doimo hamroh bo‘lsin, degan niyat aynan mazkur urfni bajarilishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab yemas.
O‘zbeklarda uyning turli joylari, ayniqsa, ostonasi, o‘chog‘i yeng muqaddas joylardan biri hisoblangan va u bilan bog‘liq qator diniy-afsungarlik urf-odatlari hamda irimlari bajarilgan. Bu o‘rinda, avvalo shuni ham ta`kidlash kerakki, halqning kundalik turmush tarzida ostona bilan bog‘liq qator naqllar ham mavjud. Chunonchi «Ostonada turmushga chiqmagan qiz o‘tirsa baxsiz bo‘ladi», «ostonda turib bo‘lmaydi, chunki biror bir kishisidan judo bo‘lgan odam ostonada turadi», «ostonada quloch kerib turib bo‘lmaydi, baraka to‘siladi», «ostonada turgan holda salomlashilsa, o‘rtaga sovuqlik tushadi», degan naqllar bugungi kungacha xalqimizda saqlanib kelmoqda va ular hozirda ham omma orasida o‘z ahamiyatini yo`qotgan yemas. Qolaversa o‘zbek xalqi lirikasida ham ostona obrazi muhim ahamiyat kasb yetgan va hatto bu obraz maxsus tadqiq ham qilingan.
2-masalaning bayoni: Tarixdan ma`lumki, kiyimlar insoniyat turmush-tarzi taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq tarzda yuzaga kelgan. Qolaversa insoniyat tarixidagi ilk yeng muhim ixtirolardan biri aynan kiyimni ixtiro qilinganidir. Chunki insoniyatni hayvonot olamidan uning tafakkur qobilayati ajratib tursa, ushbu taffakkurning bir mevasi libosdir. Qolaversa aynan kiyim insonlarni hayvonot olamidan ajratuvchi muhim tashqi alomatlardan biridir.
An`anaviy milliy kiyimlarning shakllanish tarixiga nazar tashlar yekanmiz
bir necha ming yillar mobaynida uning qator muhim funksiyalari tarkib topganligini ko‘rish mumkin. Kiyimning birinchi va asosiy vazifasi -tanani sovuqdan va tabiatdagi turli boshqa noqulay vaziyatlardan va ta`sirlardan himoyalash bo‘lgan bo‘lsa kiyimlar taraqqiy yetib borishi va unga tashqi (tabiiy) muhit, xo‘jalik mashg‘uloti, ye`tiqodiy qarashlar, ijtimoiy, madaniy yo`nalishlardagi o‘zgarishlar, milliy va diniy qarashlarning bevosita ta`siri natijasida ikkinchi muhim vazifasi, ya`ni jinsiy va ijtimoiy bo‘luvchi hamda marosimiy - ye`tiqodiy vazifasi ham paydo bo‘lgan. Qadimgi davrga xos mifologik tasavvurlarga ko‘ra har bir soha va predmetni o‘ziga xos va mos ma`budasi bo‘lgan bo‘lib, Shumer-akkadlarning mifologik qarashlariga ko‘ra kiyim-kechaklar ma`budasi Uyti nomli iloh bo‘lgan. Hozirgi kunga qadar yetnologiya, san`atshunoslik, arxeologiya, madaniyatshunoslik kabi yo`nalishlarda o‘zbek milliy kiyimlari tarixi, yevolyutsiyasi, transformatsiyasi va mahalliy lokal xususiyatlarni o‘rganish borasida ma`lum ijobiy yutuklarga yerishilgan.
Farg‘ona vodiysi o‘zbeklari orasida ham asrlar mobaynida o‘ziga xos kiyinish madaniyati va an`analari shaklangan bo‘lib, bu an`analarda vodiy aholisining bir necha ming yillik milliy va diniy qadriyatlari ham o‘z aksini topgan. Kiyimlar va ularning ayrim qismlari bilan bog‘liq ye`tiqodiy qarashlar hamda urf-odatlarni tahlili qilishdan avval aynan kiyimlarni bichib-tikish bilan bog‘liq diniy-afsungarlik ahamiyatiga yega bo‘lgan ba`zi rasm-rasumlarga to‘xtalib o‘sak.
Vodiy o‘zbeklari orasida asrlar davomida saqlanib kelayotgan asriy an`anaga ko‘ra kiyimlarni bichib-tikishda bichiqchilar matoni qaychi bilan kesishmagan, balki qo‘l bilan yirtib, ayrim qiyiq joylarini pichoq bilan kesishgan. Kiyimlar asosan bo‘y, yeng va yon qiyiqlardan iborat bo‘lib, oldinlari aksariyati qo‘lda tikilgan. Bichiqchi va tikuvchilar u yoki bu kiyimlik uchun olinadigan matodan iloji boricha qiyqim chiqarmaslikka harakat qilishgan. Chunki qadimgi matolarning yeni shuni taqoza yetgan. Shu bilan birga, qadimgi urf-odatlarga ko‘ra, kiyim bichishda yoki uning qiyqimlariga yomon ko‘zli yoki «nazari bor» kishilarning nigohi tushsa, o‘sha kiyimni kiygan kishi kasallanadi, hattoki vafot yetishi ham mumkin, degan ye`tiqodlar mavjud bo‘lgan.
Kiyimlar yuqorida ta`kidlab o‘tilgan funksiyalardan tashqari insonning bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishini, ya`ni initsion ahamiyat ham kasb yetgan. O‘z navbatida bu bilan bog‘liq qator urf-odatlar bajarilgan. Jumladan, bola tug‘ilganda chaqoloqqa, nikox marosimida bo‘lg‘usi kelinga va motamda marxumga maxsus ko‘ylak kiydirilgan va bu ko‘ylaklar o‘ziga xos umumiyliklarga yega bo‘lgan. Quyida biz bu o‘xshashliklarga birmuncha batafsilroq to‘xtalib o‘tishga harakat qilamiz.
Nikoh marosimida ham kelin maxsus tikilgan oq rangdagi kelinlik libosini kiygan. Xalqimizda oq rang poklik, pokizalik ramzi hisoblanishi bilan birga ramziy ma`noda bo‘lg‘usi kelinni qizlik olamidan «ayollar» dunyosiga o‘tayotganligini anglatgan.
Markaziy Osiyo xalqlarida bo‘lgani singari o‘zbeklarda ham marhumga maxsus libos-kafan kiydirilib dorulbaqodan dorulfanoga kuzatiladi. Kafan asosan oq bo‘z matodan tayyorlanadi. Kafan o‘ralayotganda avval chap, so‘ng o‘ng tomonidan boshlab o‘raladi, o‘ng tomon ustida bo‘lishiga alohida ye`tibor qilinadi. Demak biz ushbu fikr-mulohazalardan shunday xulosoga kelish mumkinki, o‘zbeklarda inson hayotining muhim uch bosqichida ham maxsus libos kiydirilgan. Ikkinchidan, ushbu xar uch libos doimo oq rangda bo‘lgan va uning ham pastki qismi umuman qaytarilmagan. Uchinchidan, chaqaloqqa va kelinga hamda mayitga kiydiriladigan birinchi kiyim doimo marosimiy tarzda kiydirilgan. Demak, chaqaloqqa va kelinga hamda mayitga kiydiriladigan ushbu kiyimlarni insonni bir bosqichdan ikkichi bosqichga o‘tayotganini ramziy ifodalovchi kiyim deb aytish mumkin. Darvoqe, bu borada ayollarning ro‘mollari ham ranggi, holatiga ko‘ra ularning yoshi, oiladagi o‘rniga ko‘ra ham o‘ziga xos tarzda o‘zgarib borgan. Qizlar turmush qurganda, juvonlar birinchi farzand ko‘rganda, o‘g‘lini xatna qildirganda va nevaralik bo‘lishganda bosh kiyim holati va rangini o‘zgartirishgan. O‘z navbatida bu jarayon, ya`ni yangi ijtimoiy guruhiga o‘tishi bilan bog‘liq qator holatlar urf-odatlar tarzida aks yetgan. Qadimgi odatga ko‘ra, qizlar turmushga chiqqanlarida nikoh kunlari yoki to‘ydan so‘ng uchinchi kuni qizlik ko‘ylaklarini xotinlik ko‘ylaklariga almashtirgan.
Vodiy o‘zbeklarining an`anaviy kiyimlarini ilmiy asosda tahlil qilish jarayonida biz milliy kiyimlar va ularning ayrim qismlari, jumladan, ko‘ylaklarga tikiladigan turli kashtalar, chiroz­lar ham kiyim yegasini yomon ko‘zlardan asraydi degan magik tasavvurlar asosida shaklanganligiga amin bo‘ldik. Darhaqiqat, qadimgi odamlar tasavvurida kiyimning va zeb-ziynatning magik qudrati, uni yovuz ruhlardan himoya fazilatlariga yega bo‘lib, bu borada ilmiy yetnografik adabiyotlarda ham ayrim mulohazalar bildirilgan. Shuningdek marosimiy kiyimlarda raqamlarlar magiyasiga bo‘lgan ye`tiqod ham yaqqol aks yetgan. Jumladan, nikoh to‘yi marosimlari uchun tikib kiyiladigan kiyimlar doimo juft qilingan. O‘z navbatida motam uchun qilinadigan kiyimlar toq bo‘lgan bo‘lib, ushbu amallar raqam magiyasi bilan bog‘liqdir.
Vodiy qipchoqlarida yosh bolalarni turli balo ( qazolardan yomon niyatli kishilar nigohidan saqlash maqsadida atrofdagi qo‘shnilardan yoki uyning o‘zidan turli mato bo‘laklari yiqqan va matolar qiyqimidan quroqi ko‘ylaklar tikib kiydirish rasm bo‘lgan. Shuningdek bunday «quroqi»dan yangi kelin-kuyovlar uchun yostiqlar ham tikilgan. Xalqona qarashga ko‘ra «quroq» yomon ko‘zlardan saqlovchi himoya vositasi hisoblangan. Qadimgi davrlardan saqlanib kelayotgan tasavvurga ko‘ra o‘zgalarning muvofaqqiyatini, yaxshi narsalarga xasad bilan qaraydigan shaxslarni ko‘zi, ko‘rish iqtidori bor deyiladi. Shuning uchun ham xalq tomonidan ularga nisbatan xalq tomonidan ularga nisbatan «ko‘zlik» iborasi ishlatiladi.
Xalqimizda kiyimlarning ayrim qismlari bilan bog‘liq ye`tiqodiy qarashlar ham mavjud. Avvalo bu o‘rinda Farg‘ona vodiysidagi o‘zbeklarida ham boshqa mintaqalarda yashovchi o‘zbeklar singari an`anaviy milliy kiyim tarzda yozda ( do‘ppi yaktak, belbog‘, ishton, chorig‘, qishda yesa ( telpak, chopon, belbog‘, shim, maxsi-kovush kiyganligini ta`kidlab o‘tish joiz. yerkaklarga xos muhim kiyim-kechak yelementlaridan xisoblanadigan belbog‘ va do‘ppilar ham milliy kiyimlar tasnifida o‘z o‘rniga va marosimiy ma`nosiga yega bo‘lgan kiyimlar hisoblangan.
Turkiy xalqlar orasida ham qadimda belbog‘ an`anaviy milliy kiyimning muxim bir qismini tashkil yetish bilan birga belbog‘ yegasining jamiyatda tutgan o‘rnini ham anglatib turgan. Kishining belidagi belbog‘iga qarab oldingilar uning qancha davlat va mol dunyo yegasi yekanligini anglay bilganlar va qancha belbog‘ning ko‘pligi uning mol dunyosining shunchalik ko‘pligidan dalolat bergan.
3-masalaning bayoni: Umuman olganda, insoniyatning bir necha ming yillik tarixi davomida turli-tuman madaniyatlar mavjud bo‘lgan. Har bir madaniyat, shubhasiz, ma’lum bir yetnos yoki yetnik jamoa ta’sirida shakllanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qadimiy diniy ye’tiqodlar, marosimlar hukmron sinflar yoki biror-bir shaxs tomonidan o‘ylab topilmagan, balki o‘tmishning o‘ziga xos tarixiy burilish davrida – insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida yangi ma’naviy va ruhiy zaru­rat, fikriy va hissiy izlanishlar yehtiyojiga javob sifatida paydo bo‘lgan. Bu moddiy madaniyat namunalari bevosita inson bilan aloqador bo‘lgan. Qolaversa qadimiy diniy ye’tiqodlar o‘zining qadimiy ildiziga yega; ularda tabiat va jamiyat, makon va zamon to‘g‘risidagi qadimiy tasavvurlar hamda ularga ta’sir qilish yo‘llari aks yetgan. Mintaqaga islom kirib kelishi bilan ular butkul unutilib yo‘q bo‘lib ketmagan, balki, islomiy an’analar va rasm-rusumlarga moslashib, o‘zaro uyg‘unlikda yangicha marosimiy-dunyoqarash simbiziozini tashkil qilgan va to bugungi kunga qadar qorishgan tarzda “xalqona islom” ko‘rinishda saqlanib kelmoqda. O‘z navbatida shuni ta’kidlash kerakki, “xalqona islom” nafaqat shariat qoidalari, balki islomgacha bo‘lgan qadimiy diniy ye’tiqodlar va tasavvurlarni ham mujassamlashtirgan sinkretizmdan iborat.
Insoniyatning ilk diniy ye’tiqodlaridan biri fanda totemizm nomi bilan mashhurdir. Totemizm ye’tiqodi dunyoning turli mintaqalarida turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib, turkiy xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi totemistik qarashlari asosan ikki yo‘nalishda taraqqiy yetgan. Bulardan biri qondosh ajdod boshi – bobokalon totemlar, boshqasi yesa kishilarga homiy do‘st jonivor va o‘simliklardan iborat bo‘lgan.
Totemizmga daxldor fikrlarni to‘ldirish va dalillashda ibtidoiy zamonga oid turli hayvonlar tasvirlari alohida ahamiyat kasb yetgan. Bu borada akademik S.P. Tolstov ko‘pgina arxeologik ashyolar va tarixiy manbalar asosida Sharq xalqlari, xususan, turkiy qavmlar hayotida ot, ilon, ho‘kiz va boshqa hayvonlar totemiga sig‘inish hamda ularni ilohiylashtirish hollari tarixiy haqiqat yekanligini ye’tirof yetadi. Tarixiy yetnografik va arxeologik manbalardan ma’lumki, qadimgi turkiylar turmush tarzida bo‘ri, ot, burgut, baliq, ilon, daraxt kabi totemlarga sig‘inilgan. O‘zbek yetnosining muhim komponentlaridan biri – qipchoqlar orasida ot totemi bilan bog‘liq to‘rt ayg‘ir, samanotli, qorabaytal, qulon kabi bir qator urug‘lar bo‘lgan. Ot qadimda qipchoqlar va ularning ba’­zi bir urug‘larida urug‘ ajdodi – totemi hisoblangan. Ot totemiga bo‘lgan ye’tiqod izlari o‘zbeklar an’anaviy turmush tarzida bola tug‘ilishdan tortib to motamgacha bo‘lgan marosimlarda hanuzgacha saqlanib qolganligini qator yetnografik materiallar ham tasdiqlaydi.
Umuman olganda, totemistik ye’tiqodiy qarashlar va ular bilan bog‘liq urf-odatlar tahlili shundan dalolat beradiki, totemizm ye’tiqodining asosiy mazmun-mohiyatida nafaqat biror-bir jonzotni ilohiylashtirish, yoki u bilan g‘ayriilohiy tarzda shajaraviy bog‘lanish, shu bilan birga inson va tabiat, insoniyat va hayvonot olami o‘rtasidagi munosabat, hayvonot olamiga bo‘lgan taqlid va hurmat va Etnomadaniyatning ayrim ko‘rinishlari hamda dunyoqarash tizimini ko‘rish mumkin.
So‘nggi yillarda olib borilayotgan yetnografik ilmiy izlanishlar, xususan birgina Farg‘ona vodiysi shomon-baxshilari faoliyatini tadqiq qilish asnosida quyidagi yetnokal xususiyatlar a) vodiy shomonlariga xos lokal xususiyat ular tomonidan “ko‘chirma”, “haqi­qat”, “bandi-bast”, “issiq-sovuq” kabi irim-sirim va urf-odatlarini bajarishida; b) mahalliy shomon baxshilarning shomonlik marosimlari, seanslari va psixoterapevtlik vazifalarini faqat kunduz kuni, ya’ni quyosh botgunga qadar bo‘lgan paytda o‘tkazishida; v) ularning asosiy atributlari doira, tasbeh, turli diniy kitoblar, tol novdasi bo‘lganligida aniqlandi.
4-masalaning bayoni: Har bir milliy-yetnik madaniyat o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajrab turadi va o‘ziga xoslik turli-tuman narsalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Xar bir yetnik madaniyat o‘ziga xos mantiqqa yega va aynan mazkur mantiq asosida mazkur madaniyatga xos asosiy o‘zgarmas va ikkinchi darajali o‘zgaruvchan xususiyatlarni izohlash mumkin.
An’anaviy milliy madaniyatni yaxlit va ko‘p qirrali hodisa sifatida o‘rganish, uning to‘zilishi, asosiy ko‘rinishlari, shakllarini aniqlash muhim ahamiyatga yega. Shu bois biz Etnomadaniyat yevolyutsiyasi va umumqabul qilingan madaniyat tasnifidan kelib chiqib, xalq madaniyatining asosiy sohalariga to‘xtalib o‘tamiz. Holbuki, Etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bo‘lgan an’anaviy xalq madaniyat tizimining tarkibiy qismida: xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq ye’tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o‘yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaligi, milliy liboslar, xalq me’morchiligi, xalq amaliy san’ati, xalq tabobati, xalq turmush madaniyati kabi ko‘plab sohalarni ajratsa bo‘ladi.
O‘tgan XX asrning oxirgi choragida yetnologiyada yangicha yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi mazkur fan doirasida bajarilayotgan tadqiqotlarni ham tubdan ham mazmunan ham mohiyatan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Aynan shu davrdan boshlab tadqiqotchilar tomonidan an’anaviy ko‘rinishni olgan uzoq yurtlardagi o‘ziga xos yegzogamik madaniyatlar yemas, balki, zamonaviy jamiyatlarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratila boshlandi. Natijada qator yangi nazariyalar va maktablar paydo bo‘ldi va tadqiqotchilar tomonidan yetnologiyaning o‘ziga xos yangi yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar bajarila boshlandi. Jumladan, Farbiy Yevropa yetnologiyasida ijtimoiy yetnologiya, huquqiy yetnologiya, siyosiy yetnologiya, diniy yetnologiya, xo‘jalik (iqtisodiy) yetnologiyasi shakllandi va istiqbolli rivojlanib bormoqda. Umuman olganda yetnologiya sohasida shu kunlarda tadqiqot olib boruvchi yoki ushbu fanga qiziquvchi kishilar:
— insoniyat o‘zini o‘rab turgan tevarak atrofni qanday tarzda tasavvur yetadi?
— odamlar tasavvurida moddiy olamdagi predmetlar qanday ma’no kasb yetadi?
— ushbu qarashlarning o‘zgarish jarayoni qanday kechadi?
— madaniyatlararo munosabatlar an’anaviy va zamonaviy madaniyatlarga qanday ta’sir o‘tkazadi?
— dunyoning yetnik manzarasi o‘zida nimani aks yettiradi va bu manzaraning o‘zgarishi qanday mexanizmlar asosida o‘zgaradi?
— u yoki bu madaniyat vakillari dunyodagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga qay tarzda moslashadi va o‘z navbatida u yashayotgan jamiyatning moslashishi qanday prinsiplarga asoslanadi?
— zamonaviy industrial jamiyatda milliy-yetnik madaniyatlarning roli va o‘rni qanday?
— xar qanday holatda yetnos vakillari tafakkurida nima o‘zgarmaydi, yoki nima butkul unutilishi, yoinki o‘zgarishi mumkin va o‘z navbatida bu jarayon qanday kechadi?
— madaniyatlarning o‘zining ichidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro aloqalar qay tarzda yuz beradi,
— yetnik madaniyatda barcha tizimni mustahkam ushlab turuvchi va jamiyat hayotida sodir bo‘ladigan qizg‘in o‘zgarishlar jarayonida himoya qiluvchi mustahkam o‘zgarmas qism mavjud-mi? – degan savollarga javob izlaydilar.
Shubhasiz mazkur muammolarning aksariyati oxirgi o‘n yilliklardagina yetnologlarning tadqiqot muammosiga aylandi, – deb aytish mumkin. Bu borada ayniqsa G‘arb mamlakatlarida so‘nggi o‘n yilliklarda yetnologiya fani «postmodernizm» falsafasiga asoslangan bo‘lib, bunda bevosita ijtimoiy guruhlar orasidagi yetnoslararo jarayonlarni tadqiq qilish asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, lokal va global jarayonlarni tadqiq qilishda tadqiqotchilar tomonidan tadqiqiy tanlanish, ya’ni jamiyat hayotidagi barcha jarayonlarni yemas, balki yetnos va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yeng muhim deb hisoblangan qarashlargina tadqiq qilinmoqda. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, bajarilayotgan so‘nggi tadqiqotlarda asosiy e’tibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari, ya’ni uning yerda paydo bo‘lgandan to hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy yo‘linining global miqyosdagi tavsifiga yemas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga qaratilmoqda.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
moddiy madaniyatning yetnologik yo‘nalishda tadqiq yetilishi, qadimiy diniy tasavvurlar­ va ye’tiqodiy qarashlarning arxaik izlari xalq ijtimoiy turmush-tarzi, an`anaviy moddiy madaniyat namunalari, moddiy madaniyat na`munalarida aks yetuvchi ramz, belgilar, xalqona tasavvur, uy-joylar bilan bog‘liq urf-odat va rasm-rusmlar, muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolar bilan bog‘liq marosimlar va tasavvurlar.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Moddiy madaniyatning yetnologik yo‘nalishda tadqiq yetilishini izohlab bering...
2. Moddiy madaniyat namunalarida aks yetuvchi ramz, belgilar va ular bilan bog‘liq tasavvurlar, ye’tiqodiy qarashlar haqida nimalarni bilasiz?
3. Moddiy madaniyat namunalarining inson bilan qanday aloqadorligi bor?
4. Xalq ijtimoiy turmush-tarzi, an`anaviy moddiy madaniyat namunalariga misol keltiring...
5. Moddiy madaniyat na`munalarida aks yetuvchi qanday ramz, belgilarni
bilasiz?
6. Uy-joylar bilan bog‘liq qanday urf-odat va rasm-rusmlarni bilasiz?
7. Bugungi kunda xalqimiz orasida muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolar bilan bog‘liq qanday marosimlar va tasavvurlar saqlanib qolgan?
8. Chaqaloq bilan bog‘liq rasm-rusumlarga misollar keltiring...

Mavzuga oid adabiyotlar:


O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni. 1997 yil 29 avgust. / “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” – T.: “Sharq” nashriyoti, 1998 yil.
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
Abdullayev M. Abdullayev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998 y.
Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y.
Ashirov A. Atadjanov Sh. Yetnologiya. T. 2007 y.
Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy ye`tiqod va marosimlari. T. 2007 y.
Abdullayev M. Madaniyatshunoslik. Farg‘ona. 1998 y.
Murodov. M. Qorabayev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2000.

Yelektron ta’lim resurslari:


www. tdpu. uz
www. Ziyonet. uz
www. yedu. uz
www. ma’naviyat. uz
www.bilim.uz.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin