1-masalaning bayoni: Bugungi kunda turmush tarzimizni ijtimoiy-madaniy faoliyat yutuqlarisiz tasavvur yetib bo‘lmaydi. Buning boisi o‘zbek xalqi uzoq o‘tmishdan boshlab ma’naviy madaniyatni yuksaltirishda yetarlicha faoliyat ko‘rsatib kelgan. Kishilik tarixida yaratilgan va ma’lum taraqqiyot bosqichlarni o‘z boshidan kechirgan buyuk siymolar xamda ota-bobolarimiz, ma’naviy madaniyat yutuqlarini oltin meros sifatida kelajak avlodlarga qoldirib ketganlar. Albatta bunday vorisiylik o‘z navbatida yosh avlodning ijtimoiy ongida xurmat, yehtirom shukuxini tashkil yetsa, bu muqqadas qadriyatni ijtimoiy xayotda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarga qaramay, bu merosdan mukammal foydalanishni, uni yanada taraqqiy yetishi uchun barcha imkoniyatlarimizni amalda qo‘llashlikni taqozo yetadi.
O‘zbekiston Resublikasi Vazirlar Maxkamasining "Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi xuzurida "Oltin meros" xalqaro xayriya jamg‘armasini qo‘llab-qo‘ltiqlash to‘g‘risida" gi Qarorida o‘tmish milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy yettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-ma’rifiy merosini ko‘z qorachig‘iday asrab-avvaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan xissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib yetish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muxabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirib borish kerakligi xaqida aniq ko‘rsatmalar beriladi. Shunday yekan xozirgi jamiyatimiz xayotida sodir bo‘layotgan jadal o‘zgarishlar xar birimizdan davr bilan hamnafas bo‘lib faoliyat ko‘rsatishga, O‘zbekiston mustaqilligini mustaxkamlashga, istiqlol yo‘lida buyuk davlat bar’o yetish ishida safarbarlikni qo‘ldan bermaslikka da’vat yetadi.
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti tomonidan jamiyatimiz xayotida tubdan o‘zgarishlarni amalda bajarishga qaratilgan isloxotlar yo‘lidagi Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari, "Ta’lim to‘g‘risidagi qonun" asoslari xamda O‘zbekiston Resublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis yetilgan qaror, buyruq xamda yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash masalasidagi meyoriy xujjatlar o‘rganib chiqildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Resublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari. Asosiy qoidalari. Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori" kabi xujjatlarni bajarishga xarakat qilindi. Entomadaniyat asoslarini o‘rganish va ularga tayangan xolda kundalik o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash uchun zarurat bo‘lgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning xozirgi kunimizgacha chop yetilib talaba yoshlarimizga yetib bormaganligi kundalik muammoga aylanib qolmoqda. To‘g‘ri, xalqimizning tarixiy shakllanishi, uning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot bosqichlari, milliy madaniyatimizning o‘tmishda qo‘lga kiritgan yutuqlari, yelat, qavm, millat tushunchalarini yoshlarimiz ongiga tushuntirish borasida birqancha diqqatga sazavorli ishlar bajarilgan. Jumladan, milliy madaniyatimizning serqirra tomonlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy-ommabo‘ monografiya va risolalar, ilmiy maqola xamda amaliyotda qo‘llashlikka qaratilgan qo‘llanmalar chop yetilgan. Shunga qaramay Etnomadaniyat fani yuzasidan maxsus tayinlangan darslik yoki qo‘llanma yo‘qligi barchamizga ma’lum.
Mustaqillik sharofati xalqimiz taqdirini yuksaltirdi, ko‘p millatli xalqimiz o‘z qadri va insoniy xuquqlarini yegalladi, shu bilan birga uzoq muddatli meyorlarning bo‘zilishi, millatimiz va xalqimiz tabiatiga xos to‘g‘ri tushunchalarning to‘talishiga chek qo‘yildi. Xar bir narsa o‘z nomi bilan atalmoqda, iymon, ye’tiqod, millat, Vatan kabi tushunchalar barchamizning ongimizda, ruhimizda va vujudimizda qaynoq buloq bo‘lib joylandi.
Madaniyatimizning milliyligi mustahkamlandi, asriy qadriyatlarimiz qaytadan tiklanib madaniyatimiz o‘zining tabiiy tarixiy-milliy, diniy va falsafiy negizlarini mustahkamladi. Yurtboshimiz va hukumatimiz yuritayotgan oqilona siyosat, ayniqsa ma’naviy merosimizni o‘rganish faxr-iftixor ishiga aylanganligi, buyuk allomalarimiz va tarixiy shaxslarimiz nomlari, milliy-madaniy merosning qayta tiklanayotganligi, ona tilimizga, dinimizga munosabat o‘zgarganligi ma’naviyatimizning yuksalishiga kuch-quvvat baxsh yetib, jamiyatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun zamin bo‘ldi. Milliy istiqlol g‘oyasi o‘zining tarixiy omillariga yerishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi №PQ-3160 sonli qarorida ta’kidlanganidek, “bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo yetmoqda”.
Mustaqillikka yerishganimizdan keyin jamiyatimiz ijtimoiy hayotining turli jabhalarida, shiddatli tarzda ro‘y berayotgan ulkan taraqqiyot va yuksalish barchamizda xalqimizning o‘tmish madaniyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirmoqda. Bunday harakat o‘tmishda sodir bo‘lgan madaniy taraqqiyotni to‘laqonlik bilan tushunib o‘rganishga da’vat yetadi. Shu bilan birga bu murrakab jarayonni jamiyatimizning bugungi kundagi tub o‘zgarishlariga aynan ta’sir yetib kelayotganligini ko‘ramiz. Nihoyat, o‘tmishda yashab o‘tgan ajdodlarimizning ijtimoiy-ma’naviy dunyosini o‘rganib ularning nazariy hamda amaliy tajribalarini hozirgi zamon talablari darajasida hayotga tadbiq yetish, yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sodiq ravishda elparvar, vatanparvar yetib tarbiyalash barkamol avlodni voyaga yetkazish vazifasi yotganligini tushunib yetdik. Shu bilan bir vaqtda o‘tmishdagi milliy madaniyatimizning shakllanib, ma’lum sifatlarda taraqqiy yetib kelganligini mukammal o‘rganmay turib hozirgi kunimizda mustaqillik madaniyatimizni taraqqiy yettirib bo‘lmasligini chuqur xis yetmog‘imiz kerak. Tarix - ijtimoiy xayot xamda inson tafakkuri maxsulidir. Shunday yekan o‘tmishda yuz bergan har bir xodisa ma’lum ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muxit ta’sirida yuz berganligini ko‘ramiz. Unga nazar solsak, asrlar silsilasini varaqlash jarayonida xar birimizdan alohida ziyraklik va zukkolik bilan ish ko‘rishlik talab yetiladi. Natijada voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat qo‘yinki, xar bir davrning o‘ziga xos shukuxi-yu tashvishlari, sevin-chu iztiroblari ko‘zga yaxlitligicha tashlanganligining guvohi bo‘lasiz. Bunday xol kishini fikrlashga, o‘tmishni idrok qilib kelajakni aql yo‘rig‘i bilan belgilashga chorlaydi. Tarixning tafakkur maxsuli va ulug‘ murabbiyligi, uning muqaddas hamda oliy qadriyat yekanligini o‘tmish ajdodlarimiz isbotlab keldilar. Jonajon tariximiz Mustaqillik davrida yana ham oliymaqom mavqe’ va nufuzga yega bo‘ldi.
2-masalaning bayoni: Fanning maqsad va vazifalari. Oliy o‘quv yurtlarida o‘tildigan Entomadaniyat fani yuqorida dasturulamal sifatida qo‘yilgan ulkan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Bu fan asoslarini insonshunoslik fanlariga tayangan holda o‘rganamiz. Yoshlarning umuminsoniy dunyoqarshlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini yuzaga chiqarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tadbiq yetib, yoshlarni Istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash vazifasi yotadi.
Demak, Etnomadaniyat fani asoslariga kirish uchun biz xalqimizning uzoq o‘tmish tarixiga e’tibor berishimiz zaruratdir. Etnomadaniyat atamasi ikki iboradan tashkil bo‘lib: yetno va madaniyat so‘zlari qo‘shilmasidir. Yetno -yunon so‘zi-yelat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma’lum bir yelat yoki xalqqa bo‘lgan ishora, ko‘rsatuv. Bu ibora biror xalqning kelib chiqishi (yetnogenez)ni ifodalaydi. Bunday tarzda biz o‘zbek xalqining kelib chiqishi, uning yetnogenezi (urug‘chilik, nasl) ni tushunishimiz kerak. Shu bilan bir vaqtda yetno iborasi ko‘chilik ilmiy -nazariy manbaalarda: Yetnografiya -xalqlarning kelib chiqishi, turmushi, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganadigan fan sifatida bo‘lib biror xalqning turmushi, madaniyati va urf-odatlariga xos bo‘lgan xususiyatlarini ham ko‘rsatadi. Yetnonim tushunchasi ham mavjud, bu xalq nomi yoki xalq nomini ifodalovchi so‘z sifatidagi atamadir. Bu so‘zni yanada mukammallashtirish maqsadida Yetnonimka iborasi ham ishlatilib leksikologiyaning xalq, qabila hamda urug‘chilik nomlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘limiga aytiladi. Yetnograf iborasini ham biz kundalik o‘quv jarayonida qo‘llaymiz va bu iborada biz yetnografiya fani bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadigan mutaxassisni tushunamiz. E’tiboringizni yetnografiya va folklor faniga qaratib u:
1. Xalqlarning kelib chiqishi, turmushi, moddiy va ma’naviy madaniyatini;
2. Og‘zaki, yozma hamda musiqiy ijodini o‘rganadigan fan yekanligini tushunamiz.
Shunday qilib, biz yuqoridagi ta’riflarga qaritilgan barcha ilmiy- tarixiy asoslarga tayangan holda Har bir yangi avlod moddiy va ma’naviy madaniyat negizini xar gal yangitdan yaratmasligi mumkin. Shu bilan birga ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni o‘z yehtiyojimiz va sharoitimizga qarab dunyoqarashimiz, jamiyatimiz va xalqimiz manfaatlariga mos keladigan, bugun va kelajak uchun xizmat qilishi mumkin bo‘lgan qismini qabul qilamiz.SHo‘rolar o‘z niyatlarini barcha xalq va yelatlarga singdirish borasida bir qancha g‘ayriilmiy "qonunlar" yaratganlar. Shulardan biri: "Sharq – G‘arbdan sira oldin turishi mumkin yemas, jahon sivilizatsiyasi G‘arbdan boshlangan, G‘arb insoniyat madaniyatining ilk beshigi" dir.- Bu soxtalikning yana bir isboti shundan iboratki, sho‘rolar Markaziy Osiyoning g‘ururi va shavkati hisoblanmish Samarqand shaxrining yilnomasi maxsus tarzda qisqartirilib ko‘rsatilgan. Aslida yesa hamisha navqiron "Samarqand sayqali ruyi zamin ast!" xitobimizni yangratib aytamiz-ki "Samarqand 3800 yoshda" Bu sana buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida to‘laqonlik bilan isbotlangan. Beruniyning yozishicha, Samarqand Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) Turonga kelishidan 1500 yil avval ham navqiron shahar bo‘lgan yekan.
Xulosa qilib quydagilarni aytish mumkin: Etnomadaniyat fani asoslariga kirish jarayonida,
-fanning tarixiy-ilmiy moxiyatini o‘rganish;
-universitetda o‘tiladigan barcha ijtimoiy hamda insonshunoslik fanlarni o‘zlashtirishni takomillashtirish;
-fanning nazariy hamda amaliy bo‘limlarini mukammal o‘rganish;
-bo‘lg‘usi mutaxassis kadrlarning ma’naviy dunyosini shakllantirish, ma’naviy – ma’rifiy faoliyatni yuzaga chiqarishning omillarini ilmiy jihatdan tadqiq yetish;
-yuksak ye’tiqodga munosib qilib tarbiyalash;
- o‘tmish ajdodlarimizning ravnaq togan tarixiy merosini mukammal o‘rganishga qaratilgandir.
Etnomadaniyat fani Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy va madaniy tarixini o‘rganishning ba’zi masalalari, qadimiy ma’naviyat va madaniyat yodgorliklari, islomiy tafakkur muammolari, temuriylar davrida ma’naviy-madaniy hayot, Markaziy Osiyo xalqlarining birinchi va ikkinchi Uyg‘onish davrlariga xos bo‘lgan ilmiy-madaniy merosini, o‘zbek va o‘zbek xalqining kelib chiqishi tub negizlarini, bu xalqning jahon va boshqa xalqlardan farq qiluvchi xususiyatlarini, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarini, oila, maxalla turmush madaniyatini, Turkistonda ma’rifatchilik madaniyati, jadidchilik harakatinig mohiyati va buyuk siymolar ijodi, tarixiy ajdodlarimizning mumtoz merosini o‘rganishga sharoit yaratadi. Bu borada biz e’tiborimizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida ta’kidlanganquyidagi fikrlariga qaratamiz:
Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va yelat vakillari o‘zaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar yerkin faoliyat yuritmoqda.
Jamiyatimizda hukm surayotgan o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va ye’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta’minlash e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Ularning o‘rtasiga nifoq soladigan yekstremistik va radikal g‘oyalarni tarqatishga O‘zbekistonda mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu so‘zlardan tegishli saboq olib oldimizda turgan o‘ta mas’uliyatli vaziflarni bajarishga qaratilgan ilmiy hamda amaliy ishlar Siz va biz uchun ishonchli va sharaflidir.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:
Qadriyatlar, iymon, ma’naviyat, Etnomadaniyat, madaniyat, antik madaniyat, yetnonim, yetnonimka, yetnograf, folklor.