Etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari Reja



Yüklə 27,14 Kb.
səhifə2/3
tarix17.03.2023
ölçüsü27,14 Kb.
#124195
1   2   3
1.Etnopsixologiya fanining predmeti, maqsadi vazifalari

Ijtimoiy psixologiya – kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifiy, shaxsning ruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari ijtimoiy psixologiyada voqelik falsafiy nuqtai nazardan o‘rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etika, kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos bo‘lib xizmat qilgan. 19-a. ning 2-yarmida uni fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar bo‘lgan. Jahon jamoatchiligi tomonidan ijtimoiy psixologiya 1908 y. dan fan sifatida tan olingan. 2-jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va boshqa(lar) mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazila boshlandi. Ayniqsa, AQSHda Kotorning o‘tkazgan tajribasi, E. Meyoning izlanishlari psixologiya bu sohasi tarixida muhim rol o‘ynadi. Bu tadqiqotlarga kichik guruhlar asosiy ob’ekt qilib olingan, tajribalar esa lab. sharoitida o‘tkazilgan. Bu yo‘nalish fan sifatida muloqot, muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, shaxsiy va guruhiy o‘zaro ta’sir, guruhlarning ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy holatlar va harakatlar, ijtimoiy va milliy ong, mentalitet, milliy qiyofa, xarakter, ta’b, an’ana, odat, marosim va boshqa(lar)ni tekshiradi. Ijtimoiy psixologiya bir necha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi: etnopsixologiya, din psixologiyasi, oila psixologiyasi, boshqaruv (menejment) va marketing psixologiyasi, kichik va katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, reklama psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi, amaliy ijtimoiy psixologiya kabilar. O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar, asosan, mustaqillik davrida yo‘lga qo‘yila boshlandi. Bu ishlar zaminida ijtimoiy psixologiya sohalaridan biri – «Oila psixologiyasi» ilmiy maktabi vujudga keldi. O‘zbek oilasining ijtimoiy psixologik, etnopsixlogik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan «Oila psixologiyasi» darsligi yaratildi. Mamlakatda Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi faoliyat ko‘rsatadi.

Yüklə 27,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin