Evolutsion ta\'limotning o`simliklar va hayvonlar fiziologiyasini tadbiq etilishi.
Avstraliya biogeografik viloyatiga Avstraliyadan tashqari Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi. Bu viloyatda boshqa biogeografik viloyatlarda uchramaydigan sutemizuvchilar sin-fining tuban vakillari tuxum qo'yib ko'payuvchi — o'rdakburun, yexidna, qopchiqli hayvonlardan — kenguru, qopchiqli krot, qopchiqli tiyin, qopchiqli bo'ri, qopchiqli ayiq tarqalgan.
Yo'ldoshli sutemizuvchilar nihoyatda kam. Ular sichqonsimon kemiruvchilar, ko'rshapalaklar, dingo itidan iborat bo'lib. keyingi ikki hayvon turi o'zga qit'alardan o'tgan deb taxmin qilinadi. Avstraliyadagi nihoyatda rang-barang qushlardan — jannat qushlari, kapachi qushlar. Lira qushi, qanotsiz kivi-kivi, tuyaqushlardan — yirik gav-dali emu tarqalgan. Sudralib yuruvchilardan tuzilishi jihatdan paleozoy erasidagi sudralib yuruvchilarga nihoyatda o'xshash bo'lgan yangi Zelandiya gatteriyasi uchray-di (40-rasm). O'rmonlarda ekvaliptlar, janubiy qoraqayin, daraxtsimon paporotniklarni ko'rish mumkin.