Neotropik biogeografik viloyati Janubiy va Markaziy Amerika va Meksikaning tropik qismi, Karib arxipelagidan iborat.
Mazkur viloyatda sutemizuvchilardan — gajak dumli maymun, gajak dumli ayiq, pampas mushugi, skuns, dengiz cho'chqasi, Janubiy Amerika tulkisi, tuban vakillar-dan — opossum, zirxiilardan — chumolixo'r, yalqov, qushlardan — kalibralar, yapaloq qush, tasqaralar, tuyaqush nandu, sudralib yuruvchilardan — alligatorlar, kaltakesak iguan, daraxtda yashovchi ilonlar uchraydi.
Hindomalay biogeografik viloyati Hindiston, Hindixitoy, Seylon, Yava-sumatra, Barneo, Tayvan, Filippin orollaridan tashkil topgan.
Barcha orollarda o'rmonlar nihoyatda ko'p. Faqat Hindistonning g'arbiy qismi cho'l zonasidan iborat. Hayvonlar orasida odamsimon maymun — oranguton, gibbon, chala maymunlar — tupaylar, kengtovonlilar, hind fili, yo'lbars, jirafalar, bambuk ayig'i, bug'ular, antilopalar, tapir, nosaroglar, qushlardan — yowoyi bankiv tovuqlari, qirg'ovullar, to'tilar, tovuslar, sudralib yuruvchilardan — zaharli ilonlar, har xil kaltakesaklar, timsohlar ko'zga tashlanadi. O'rmonlarda bambuk, banyan, qora daraxt va boshqa o'simliklar o'sadi.
Xabashiston biogeografik viloyati Afrikaning Markaziy Janubiy qismini, Madakaskarni egallagan.
Bu viloyatning o'ziga xos hayvonot dunyosi gorilla, shimpanze, martishkalar, lemurlar, arslonlar, fillar, begemotlar, oq va qora ikki shoxli nosaroglar, jirafalar, zebralar, giyena itlaridan iborat bo'lib. ularning aksariyati boshqa biogeografik viloyat-larda uchramaydi. Qushlardan — bulduruqlar, Afrika tuyaqushlari, kotib qushlar, to'tilar, sesarkalar, nektar yig'uvchilar, sudralib yuruvchilardan — Afrika timsohi, echkiemarlar, kaltakesaklar, agamalar, xameleonlar keng tarqalgan (39-rasm).
Afrikaning g'arbiy va tog'li joylari tropik o'rmonlar, qolgan qismi esa savannalar-dan iborat. Ularda baobob, qizil daraxt. palmalar, akatsiyalar, paporotniklar va daraxt-larda o'suvchi o'simliklar — epifitlar keng o'rin olgan.
Dostları ilə paylaş: |