Evristik о‘qitish texnologiyasi mazmuni



Yüklə 273,5 Kb.
səhifə4/6
tarix14.12.2022
ölçüsü273,5 Kb.
#121015
1   2   3   4   5   6
Evristik о‘qitish texnologiyasining mazmuni va mohiyati.Everistek o’qitish texnalogiyasining chizmachilik darslaridagi o’rni

Evristik didaktika.


Evristik ta’lim konseptsiyasi (biror narsa haqidagi asosiy fikr). Evristik ta’lim mazmuni-о‘quvchining shaxsiy imkoniyatini uning kо‘p qirrali barcha ta’limiy sohadagi faoliyatida amalga oshirish hisoblanadi.
Evristik didaktika. Evristik ta’limdagi nazariya va texnologiya evristik didaktika deyiladi. Evristika – о‘qitish nazariyasi, maqsadi, prinsiplari va bunday ta’limotning mazmuni hamda texnalogiyasi о‘quvchi va о‘qituvchida mahsulot (о‘quvchining ijodiy ishning natijasi mahsuli) yaratish, о‘rganayotgan sohasida olgan bilim va faoliyatidagi individuallikni ta’minlaydi.
Evristik kо‘rinishdagi ta’limda asosiy masala, о‘quvchiga о‘zining individual harakat yо‘lini, insoniyatning yutuqlariga mos keladigan va ularning о‘sishini ta’minlaydigan sifatlarni tarbiyalash hisoblanadi. Bu yerda: hozirdagi ijod oqali kelajakni qurish va oldingilarni о‘zlashtirish shiori amal qiladi.
Evristik ta’lim modeli. О‘quvchining evristik yondashishda olgan ta’limi modeli – “Men” degan shaxsdan sohaning boshlang‘ich nuqtasidan kengayib, asta-sekin tashqi dunyoni о‘quvchining individual ichki dunyosi о‘zaro muloqat orqali egallay boshlaydi. Tashqi dunyo о‘zining mazmuni (ta’limiga) ega, ichki dunyo ham.
Evristik о‘qitish hamrohlik harakterga ega. О‘qituvchi har bir о‘quvchining ta’lim sohasini egallashiga keng imkoniyat yaratib beradi. О‘quvchi о‘zining shaxsiy ijodiyotida maxsus yaratilgan evristik ta’lim vaziyatida, ular faoliyatida madaniyatli namunaviy hayot tarzini namoyish etish bilan birga о‘zining individuallik ichki dunyosini ta’limiy imkoniyatini rivojlantiradi.
Insonda yashirinib yotgan bilimlarni chiqarish uchun ta’limning barcha metod va metodologiyasidan foydalaniladi. Bunday holatda о‘quvchiga о‘zining о‘rganayotgan predmetining harakat yо‘lini tuzib chiqish, nafaqat bilim va shaxsiy shug‘ullanishning maqsadi, о‘zining о‘qitish rejasini, mavzularni о‘rganish usullari, ta’limiy natijalarni baholash shakllari loyihalanib chiqiladi.



Yüklə 273,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin