Evristik о‘qitish texnologiyasi mazmuni



Yüklə 273,5 Kb.
səhifə6/6
tarix14.12.2022
ölçüsü273,5 Kb.
#121015
1   2   3   4   5   6
Evristik о‘qitish texnologiyasining mazmuni va mohiyati.Everistek o’qitish texnalogiyasining chizmachilik darslaridagi o’rni

chizma



chizma
Yana bir misol. Ikki elementli modelning kо‘rinishlari berilgan bо‘lib, modelning ustidagi elementi xuddi shunday shakl va о‘lchamdagi chuqurchaga ostki asos qismi hisobiga almashtirilgan kо‘rinishi loyihalansin.
О‘qituvchi modelning kо‘rinishlarini og‘zaki yoki yozma tafsifi orqali tushuntirib, ijodiy harakat yо‘lini kо‘rsatadi. Ikki elementli shaklni berilgandan boshqacharoq, о‘quvchining estetik didiga mos keladigan variantini о‘zi tanlashi mumkinligini eslatib о‘tiladi.
Vazifani bajarish jarayonida о‘qituvchi о‘quvchilarga yо‘naltiruvchi – avval, umumiy keyin bevosita mavzuga yaqin evristik savollar berib, о‘quvchilarning refleksivtik hamda individuallik qobiliyatlarini ravshanlanishiga yordam berib turadi. Bunday yondashishda har bir о‘quvchi о‘zining oldingi olgan bilimlari asosida yangi ijodiy qarashlar orqali о‘zlarining shaxsiy fikrlarini berilgan fazifani loyihalash yordamida namoyon etadi.
Pedagogika oliy о‘quv yurtlarida muhandislik grafikasi (chizmachilik) darslarida talabalarga konstruktorlik masalalari: texnik detallarni shakllantirish, detallarga о‘lchamlar qо‘yish texnalogiyasi, qо‘yim va о‘tqazishlar, detallarga ishlov berish usullari texnalogiyasi, mashina detallarining texnalogiyalikligi, detallarni о‘zaro biriktirish usullari, inversiya, qо‘yilgan vazifani turlicha yechish, mashinalarni loyihalashning asoslari kabi nazariy bilimlardan keyin amaliy mashg‘ulotlarda berilgan sxema-chizma bо‘yicha loyihalash (konstruksiyalash) kabi turli kо‘rinishdagi masalalar bajariladi.
Masalan, detallarni qisib turuvchi vintli moslamada kamchilik mavjud. Detalni chiqarib olish uchun vintni kо‘p marta aylantirishga tо‘g‘ri keladi. Moslamaning konstruksiyasiga shunday о‘zgartirish kiritish kerakki, vintning bir yoki bir yarim marta aylanishidan sо‘ng detal osongina chiqib ketsin. Ushbu jarayon loyihalansin.
Yoki moslamaning yig‘ish chizmasi berilgan. Undagi val aylanma harakat qilganda detal yuqorilama va qaytma harakat qilsin kabi qо‘shimcha loyihalashga mо‘ljallangan masalalarni tashkil etadi.
Bunday masalalarni qayta loyihalash jarayonida evristik о‘qitish texnalogiyasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Talabalarga ushbu metodning qonun-qoidalariga binoan vaqti-vaqti bilan о‘qitish shakliga binoan umumiy maqsadli yо‘naltiruvchi savollar hamda о‘qitish metodiga binoan aqliy hujum uyushtirish lozim.
Qо‘llanilayotgan о‘qitishning shakli va metodi orqali talabalarda ijodiy rivojlanishni kuzatish mumkin.
Talabalarning har biriga individual vazifalar berilib, ularda shaxsiylik hissi uyg‘otiladi. Berilgan masalalarning individuallikligi talabada о‘z-о‘zini ijodiy rivojlanish, shaxsiy g‘oyalarni rо‘yobga chiqarish, turli gipoteza, loyihalash ishlarini bajarishni о‘zlashtirishga imkon yaratiladi
Yüklə 273,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin