A ustuni 1 qatordagi yacheykaga biror so’z kiriting va Enter tugmasini bosing.
Sichqoncha kursorini yana A1 yacheykasi ustiga olib kelib chap tugmasini bir marta bosing.
Sichqoncha kursorini formulalar qatorida bir marta bosing. So’zni tahrirlang va Enter tugmasini bosing.
3 qadamni qaytaring. Yacheykaning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosing. Yacheykada matn kursori paydo bo’ladi.
Matnni tahrirlang va yana Enter tugmasini bosing.
Sichqoncha kursorini V ustunining nomi ustiga olib keling va chap tugmasini bir marta bosing. Ustun belgilanadi.
Sichqoncha kursorini 2-qatorning nomi ustiga olib keling va chap tugmasini bir marta bosing. Qator belgilanadi.
Sichqoncha kursorini A ustun nomining chap tomonida joylashgan tugma (rasmdagi 1 tugma) ustiga olib keling va chap tugmasini bir marta bosing. Butun varaq belgilanadi.
1
2-topshiriq C3 yacheykani joriy qiling. Formulalar satrida yacheyka adresi qanday o’zgarishiini kuzating..
Vertikal aylantirish lineykasi yordamida jadvalning 50-satrini joriy qiling.