Umumiy o‘quv soati - 42 Shu jumladan : Ma'ruza - 8 Amaliy mashg‘ulotlar - 20 Mustaqil ish soati - 14 Toshkent – 2013
Tuzuvchilar:
Visogorseva O.N.
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.
Adilov Sh.Q.
Xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti
Retsenzentlar:
Hamraev A.A.
TTA 2-UASh va endokrinologiya kafedrasi mudiri, t.f.d.
Agzamova Sh.A.
ToshPTI ambulator tibbiyoti va reabilitologiya kafedrasi dotsenti
Fanning ishchi dasturi “Kasbiy ta'lim”, “Davolash ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tuzilgan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan, 2013 yil «_________»dagi «____»-sonli majlis bayoni bilan ma'qullangan.
1. Kirish Fizioterapiya fani fizik omillarning xususiyatlarini, organizmga ta'sir etish mexanizmini, turli kasalliklarda davolash-profilaktika, asoratlarning oldini olish va organizmning qarshiligini oshirish maqsadida qo‘llanilishini, turli kasalliklarda reabilitatsiya dasturlarini va davolash kompleksini tuzib organizmni sog‘lomlashtirishda oqilona foydalanishni o‘rgatadi.
1.1. O‘qitish maqsadi va vazifalari O‘qitish maqsadi: Shifoxona, shifomaskan (sanatoriy) va ambulator sharoitlarda turli kasalliklarni davolashda fizioterapiya usullarini qo‘llash, profilaktika maqsadida va chiniqish jarayonida tabiiy va sun'iy omillarini qo‘llash, turli kasalliklarda bemorlarni qayta tiklash va reabilitatsiya bosqichlarida fizioterapevtik usullarini to‘g‘ri tavsiya qilish va umumiy davolash kompleksida qo‘llash.
O‘qitish vazifalari: -shifoxona amaliyotida davolashning fizikaviy usullaridan mohirona foydalanishni talabalarga o‘rgatish;
-davolashda muayyan tabiiy va fizikaviy omillarni qo‘llash uslublarini o‘zlashtirish;
-kasallik jarayonini surunkali shaklga o‘tish yo‘lining oldini olish va kasallik asoratlarini fizikaviy usullar yordamida bartaraf etish;
-kasalliklarni oldini olishda va organizmni sog‘lomlashtirishda fizikaviy usullarni tug‘ri qo‘llash.