Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar: “Issiq kartoshka” metodi. Bu metod talabalarni tez fikrlashga o‘rgatadi. Bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
O‘yin uchun kerak:
Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami.
To‘p “ kartoshka” , “mosh”.
Ishni olib borish:
O‘qituvchi ishtirokchilarga orqa tomoni bilan o‘tiradi va qarsak chaladi yoki qalam bilan qattiq uradi. Ishtirokchilar to‘pni bir-biriga uzatadilar, qarsak to‘xtaganida kimda to‘p qolib ketsa, shu ishtirokchi javob beradi. Agar javob noto‘g‘ri bo‘lsa, boshqa ishtirokchi javob berishi mumkin. Bu jarayon barcha ishtirokchi javob bergunicha davom etadi.
Savollar:
Infraqizil nurlarni 5 ta fiziologik ta'sirini sanang?
Infraqizil nurlarning 4 ta manbalari?
Infraqizil nurlar va ultrabinafsha nurlarining ta'siridan hosil bo‘lgan belgilarni bir-biridan farqlari?
Lazer nurlarining o‘ziga xosligi?
Ultrabinafsha nurlariga qarshi ko‘rsatmalar?
Vaziyatli masala: 1. Bemor A. 44 yosh tashxisi: Bronxial astma. Bosqich-III. Remissiya davri. Shikoyati: yo‘tal, vaqti bilan bo‘g‘ilish xurujlariga , tez charchab qolishga.
Tana harorati 36,6 oS. Puls 90/min, ritmik. AQB 120/90 mm.sim. ust. Nur muolajasi bering.
J: Solyuks lampasi.
2. Bemor D. 58 yosh tashxisi: Osteoartroz: gonoartroz, sekin rivojlanuvchi kechishi, BFe-II, RB II.Fizioterapevtik muolaja bering.
J: Lazer terapiya tizza bo‘g‘imiga, yorug‘lik vannasi.
3.Bemor K. 28yosh tashxisi: O‘pkani o‘ng pastki bo‘lak pnevmoniyasi.UTTni to‘g‘ri buyuring.
J: O‘ng o‘pkani pastki bo‘lak sohasiga (yalig‘lanish o‘chog‘iga). Kontakt to‘g‘ridan to‘g‘ri, labil usulda,o‘zgarmas rejimda. Intensivligi 0,1-0,6 Vt/sm, eksp. 5minut, har kuni 5-10 muolaja.
Tahliliy qism baholash mezoni:(organayzer):