2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 5 soat.(225min)
| |
|
Talabalar soni 8-9
| | |
3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:
|
Talabalarni doimiy va impulsli toklar ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab galvanizatsiya va elektroforez muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish,elektrouyqu muolajasini uning ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirish, kichik kuchli va past chastotali impulsli toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;
|
4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:
(mashg‘ulot rejasi)
|
Kirish
Asosiy qism
Yakuniy-xulosa qiluvchi qism
|
5.O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :
- turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;
- davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni xisobga olishni o‘rgatish;
-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;
-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan tanishtirish
-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofi-laktik muolajalarni qo‘llashni o‘rgatish;
|
6. O‘quv faoliyatini natijalari:
- doimiy va impulsli tok muolajalar ta'sir mexanizimini,ular uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, muolajalarda qo‘llaniladigan apparatlarni aytib beradilar;
- muolajalarga ko‘rsatmalarni belgilashadi;
- FT xonasini jihozlashni bilishadi;
-fizioterapevtik muolaja usullarini mustaqil bajarishadi;
-fizioterapevtik muolajalarga retseptlarni aniq va to‘g‘ri yozishadi;
- bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab galvanizatsiya va elektroforez muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rganishadi;
- elektrouyqu muolajasini uning ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirishadi;
- kichik kuchli va past chastotali impulsli toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rganishadi;
|
| |