Ultrafonoforez - ultratovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim yog‘li muhitda o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari ( maz, gel) kirgiziladi.
Yorug‘lik bilan davolash − tibbiyot amaliyotida kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida infraqizil, qizil (ko‘rinuvchi) va ultrabinafsha nurlari keng qo‘llaniladi. Yorug‘lik oqimida ularning to‘lqin uzunligi har xildir, ya'ni infraqizil nurlarniki 400 mkm – 760 nm, ko‘rinuvchi nurlarniki 760 nm – 400 nmgacha, ultrabinafsha nurlarniki 400 nm – 180 nmgacha.
Lazeroterapiya – bu monoxromatik (optik spektrda bir to‘lqin uzunligi bo‘lgan diaazon bo‘ladi), kogerent (nurlanish elektromagnit tebranish chastotali bilan mos tushadi) infra qizil nurlar.
Gidroterapiya – chuchuk suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi. Suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi.
Gidroaeroionoterapiya- bu o’zida musbat yoki manfiy elektr zaryadlarini tutuvchi kombinirlangan havo molekulalari hamda suv molekulalarini (gidroaeroionlar) davo maqsadida qo’llash usulidir.Havoning ionizatsiyalashuvi quyosh radiatsiyasi kosmik nurlar, elektr zaryadlar, yerdagi radioaktiv vositalar, havo massalarining faol harakatlari natijasida, hamda daryo, dengiz va okeanlarning qirg‘oqlaridagi suv bug’lanishlari ta'siri ostida yuzaga keladi.
Aeroterapiyabu o‘zida musbat yoki manfiy elektr zaryadlarini tutuvchi atmosfera havosining zarrachalarini (aeroionlar) davo maqsadida qo‘llash usulidir.
Aerozolterapiya – dori moddalarini ingalyatsiya usuli yordamida organizmga yuborishdir.
Baroterapiya − baroterapiya usuli yordamida barometrik bosimning 1 atmosferadan past bo‘lgan manfiy bosimi va 1 atmosferagacha bo‘lgan bosimlar bilan davolash jarayonida qo‘llaniladi. Baroterapiya mahalliy va umumiy usullarda o‘tkaziladi.
Balneoterapiya mineral suvning maxsus usullar yordamida davolash, kasallikning oldini olish va tibbiy reabilitatsiya maqsadida qo‘llanilishiga suv bilan davolash deyiladi.