O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI «XALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA» KAFEDRASI “TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Professor Teshaev O.R._________ «____» ______________20____yil
MA'RUZA MAVZUSI: ELEKTR TOKI BILAN DAVOLASH (DOIMIY VA IMPULSLI TOKLAR). SUN'IY FAKTORLAR O‘QITISH TEXNOLOGIYASI (davolash va tibbiy-pedagogika fakultetlarining 4 kurs talabalari uchun)
Ma'ruzachi: dotsent Adilov Sh.Q. katta o‘qituvchi Badalova G.N.
MAVZUSI: ELEKTR TOKI BILAN DAVOLASH (DOIMIY VA IMPULSLI TOKLAR). SUN'IY FAKTORLAR O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Talabalar soni
Vaqt – 90 daqiqa
O‘quv darsining shakli
Ma'ruza
Ma'ruza rejasi
1.Elektrouyqu, DDT, SMT muolajalarida qo‘l-laniladigan fizik omillarga xarakteristika, qo‘llanish usullari va ta'siri .
2.Darsonvalizatsiya, franklinizatsiya usulida qo‘llaniladigan omilga xarakteristika, uning organizmga fiziologik ta'siri.
3.UVCh terapiya usulining organizmga ko‘rsta-digan fiziologik va shifobaxsh ta'siri.
4.Induktotermiyaning organizmga ko‘rsatadigan fiziologik va shifobaxsh ta'siri.
5.Mikroto‘lqin terapiyasining fizikaviy xususiyati, organizmga ko‘rsatadigan fiziologik va shifobaxsh ta'siri.
Ma'ruza maqsadi: Talabalarni odam organizmiga doimiy impulsli tok, o‘zgaruvchan tok va yuqori chastotali maydonlarning ta'siri, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, qo‘llanish usullari bilan tanishtirish.
O‘qituvchi vazifalari: 1.Elektr toki bilan davo-lash (doimiy va impulsli) bo‘yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish va mustaxkamlash.
2.Talabalarga sun'iy fizik omillar va ularning ta'sir mexanizmi haqida tushuntirish.
3.Talabalarda bemorlarga reabilitatsiya tadbirlar o‘tkazishda mustaqil asos-langan ko‘nikma qabul qilishni o‘rgatish.
4.Talabalarni turli fi-zioterapevtik muolaja-larni qo‘llanilish usullari bilan tanishtirish.
O‘qish jarayoning natijalari: Ma'ruzani eshitgach talabalar quyidagilarga javob bera olishadi: