F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə179/230
tarix04.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138156
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   230
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Tayanch iboralar
Abuliya (yunon. Abule - irodani inkor etmoq) - eng oddiy, osongina masalalar bo’yicha ham ma'lum qarorga kelish qobiliyati yo’qligida namoyon bo’ladigan o’ta irodasizlik.
Iroda erkinligi - falsafiy - ahloqiy kategoriyani ifoda etuvchi tushuncha. U o’z - o’zini aniqlash jarayonida kishi irodasining moslashishiga bog’liq.
Lokus nazorat (lot. lokus joy) - odamning o’z faoliyati natijalariga javobgarligini tashqi kuchlardan ko’rish (eksternal, tashqi lokus nazorati) yoki o’zining qobiliyatlarini intilishlardan ko’rish xislati (internal, ichki lokus nazorati).
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
1. Iroda haqida tushuncha.
2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.
3. Iroda nazariyalari.
4. Irodaviy akt va uning tuzilishi.
5. Shaxsning irodaviy sifatlari.
6. Irodani tarbiyalash.
7. Irodaning individual xususiyatlari.
Test topshiriqlari
1.Qaysi qatorda iroda tushunchasiga to’g’ri ta'rif berilgan?
A) maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan irodaviy zo’r berish B) muammoning hal etishning biror usulini tanlash V) ong tomonidan to’liq nazorat qilinmaydigan va beixtiyor tarzda bajariladigan harakatlar G) maqsadga erishish yo’lida turgan qarama qarshiliklarni bartarf qilish uchun zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan va ma'lum maqsadga yo’naltirilgan ongli harakatlar D) ichki va tashqi qiyinchiliklarni yengish uchun xatti-harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon bo’ladigan ruhiy aks ettirish shakli
2.Qaysi qatorda irodaviy harakat tushunchasining mazmuni keltirilgan?
A) maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan irodaviy zo’r berish B) muammoning hal etishning biror usulini tanlash V) ong tomonidan to’liq nazorat qilinmaydigan va beixtiyor tarzda bajariladigan harakatlar G) maqsadga erishish yo’lida turgan qarama-qarshiliklarni bartarf qilish uchun zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan va ma'lum maqsadga yo’naltirilgan ongli harakatlar D) ichki va tashqi qiyinchiliklarni yengish uchun xatti-harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon bo’ladigan ruhiy aks ettirish shakli

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin