F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Intellektual xatti-harakatlar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə22/230
tarix04.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138156
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   230
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Intellektual xatti-harakatlar
Hayvonlarning ko’pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib ketadi. Jumladan, rus psixologi N.N.Ladigina -Kots (1889-1963) ning tajribalarida Paris degan shimpanze ichiga xo’rak solingan naychani olishi bilanoq naychaning ichiga kiritish uchun yaroqli bo’lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli belgilarni-narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarini yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqar, buklangan simlarni to’g’irlar, xullas maymunlar "qurol" yashar edi.
Biroq yuksak taraqqiy etgan maymunlardan "qurol yasash" faoliya-tining ahamiyatini oshirib yuborish yaramaydi. E.G.Vasuro, N.NLadigina-Kotslar o’tkazgan tajribalaridan ma'lumki, shimpanzelar aynan bir xildagi vaziyatda, ya'ni maqsadga erishish uchun ikkita tayoqni birlashtirish zarur bo’lgan paytda o’zlarini yo’qotib qo’yishadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya'ni shoxlarni g’ajish, payraxalarni ajratish maymunning tabiatda bajaradigan harakatlaridir. Lekin maymunlar tabiiy sharoitlarda tayoqlarni bir-biriga ulab ish ko’rmaydi.
Psixikaning muhit va a'zolar tuzilishiga bog’liqligi
Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differensiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. O’z-o’zini boshqarish oddiy ta'sirlanuvchanlikdan boshlanib, o’zining yuksak taraqqiyotiga erishadi.
Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo’lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta'siridan shunchalik ozod bo’ladi. Muhitdagi haroratning o’zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaksiyalar tezligi ham o’zgaradi, harorat ko’tarilsa, reaksiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaksiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo’ladi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o’zgarishi bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chishga majbur bo’ladi. Masalan: kemiruvchilar yerni chuqur kavlab ichkariga kirib ketadi. Bunda instinkt ta'sir qiladi. Yozning issiq kunida fil o’ziga suv sepib turadi.
Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo’lgan bog’liqlikdan batamom qutula olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir.
Aks ettirishning adekvat (mos) bo’lishi, avvalo psixikaning moddiy asosi, sezgi a'zolari va asab tizimining tuzilishiga bog’liqdir. Reseptor ma'lum bir turdagi qo’zg’atuvchilar ta'siriga qanchalik to’g’ri reaksiya qilsa, organizmning reaksiyasi ham shunchalik adekvat, ya'ni mos bo’ladi.
Reseptorlarning taraqqiyoti ma'lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog’liq. Sezgi a'zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To’rsimon asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlar asosan tashqi ta'sirotlarga tug’ma ravishda javob qaytaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi.
Taraqqiyotning navbatdagi pog’onasida asab tizimida bir qator sifat o’zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining ko’proq miqdordagi qo’zg’atuvchilarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatini beradi. Chunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o’zgarmaydigan doimiy narsa emas.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin