F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya


Faoliyatning individual uslubi va temperament



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə197/230
tarix04.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#138156
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   230
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya

Faoliyatning individual uslubi va temperament
Faoliyatning individual uslubi insonda o’zidan o’zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog’cha yoshidan e'tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamenti faoliyatning individual uslubini tarkib optiradi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganda shaxs uchun o’ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo’llari individual tizimi tushuniladi.
Temperament xususiyatlarining o’ziga xos yig’indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish jarayonlarida faolligining individual uslubi jarayonida namoyon bo’ladi.
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga emas, balki boshqa sabablarga, shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarga ham bog’liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug’ma xususiyatlari va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin. Faoliyatning individual uslubi asosini asab tizimi xususiyatlari yig’indisi tashkil qiladi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi ikki xil xususiyatlar mavjud.
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o’rnini to’ldiruvchi tajriba jarayonida shakllangan xususiyatlar.
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish imkonini beruvchi xususiyatlar.
Temperamentning xususiyati faollikning samaradorligida emas, balki usullarning o’ziga xosligidadir. Shu ma'noda Ye.A.Klimov tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko’ra, stanokchi, to’quvchilarning ishini kuzatish natijalari muhim sanalgan. Ma'lum bo’ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga erishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko’ra qarama-qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi, temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini bildiradigan tayyorlov ishlariga ko’p e'tibor berishi bilan ajralib turadi.
Faollikning individual uslubini V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar o’rganib, uning kishida darrov paydo bo’lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo’lishini ko’rsatishdi. Agar kishi o’z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga erishishiga yordam beradigan o’zining yo’llari va usularini faol izlasa, individual uslub yuzaga keladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Bunda mazkur faoliyatni bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo’lgan temperamentning har xil tiplarini birga qo’shilib ketishi aniq bo’ladi. Chunonchi, xolerik temperamentli kishining faoliyati sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan sherik bo’lib ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki melanxolik bilan birgalikda ishlagan hollarda ancha samarali bo’ladi. Bunday faktlar shuni ko’rsatadiki, temperamentning u yoki bu xususiyatlarining ahamiyatini ko’pgina faoliyat turlarini birgalikdagi xarakterini hisobga olmasdan baholab bo’lmaydi. o’z temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning o’rnini to’ldirish, faoliyatning individual uslubini shakllantirish bolalik yillaridan boshlanib, ta'lim va tarbiya ta'sirini negizida yuzaga keladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin